маъруза соат



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/49
tarix23.03.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#89371
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   49
l -b -qodirova-jahon-sivilizatsiyalari

 
Nazorat savollari: 
1. Hind sivilizatsiyasining jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo’shgan 
hissasiga baho bering. 
2. Hind madaniyatining rang-barangligi sabablarini izohlang. 
3. Hind falsafiy maktablari haqida ma’lumot bering. 
4. Qadimgi hind adabiyoti haqida nimalar bilasiz? 
12-mavzu: Yapon sivilizatsiyasi 
Asosiy savollar: 
1. Yaponiya sivilizatsiyasining yuzaga kelishi va rivojlanishi. 
2. Yaponiya madaniyati va uning o’ziga xosligi. 
1-savolning bayoni: 
Yaponiya orollarida mezolit va neolit davrida (m.a. VIII-I ming 
yilliklar) Dzyomon madaniyati tarqalgan. Bu davrda Yaponiyada 
yashagan ilk xalqlar protoayn xalqlari, shuningdek kelib chiqishi 
bo’lgan malayya-polineziyalik qabilalar bo’lgan deb taxmin qilinadi. 
M.a. I ming yillikning o’rtalarida Koreyaning janubiy qismidan 
protoyapon qabilalarining kirib kelishi kuchaygan. Xitoy tilidagi 
yodgorliklarda protoyaponlar «Va odamlari» deb tilga olinadi. Ular 
Yaponiya janubidagi xalqlarni assimilyatsilashtirishga muvaffaq 
bo’lgan. Yaponlar dunyoqarashining yetakchi belgilardan biri bo’lgan 
boshqa xalqlar bilan aloqalar tufayli kirib kelgan ko’nikma va 
bilimlarni o’zlashtirish qobiliyati juda erta shakllangan. Buni aynan shu 
assimilyatsilashish jarayonidan so’ng, m.a. IV-III asrlar chegarasida 
sug’orma sholichilik va metallga ishlov berish yuzaga kelishida ham 
ko’rish mumkin.


95 
M.a. III asrdan milodiy III asrgacha bo’lgan olti asrlik davr yapon 
tarixshunosligida “Yayoy” (ushbu madaniyatning birinchi yodgorligi 
topilgan Tokiodagi kvartal nomidan olingan ) davri deb ataladi. Yayoy 
madaniyati sug’orma dehqonchilik bilan shug’ullangan barqaror 
jamoalarning yaratilishi bilan xarakterlanadi. Temir va bronza 
Yaponiyaga deyarli bir vaqtda kirib kelgan. 
Davlatchilik Yaponiyada milodiy III-IV asrlarda yuzaga kelgan. 
Bu davrda Janubiy Kyusyu qabilalari ittifoqining markaziy Yaponiyaga 
bosqinchilik yurishlari sodir bo’ladi. Natijada markaziy Xonsyuda 
Yamato davlati shakllana boshlaydi.
Yapon sivilizatsiyasi taraqqiyotidagi Yamato davrining IV asrdan 
VI asrgacha bo’lgan davri tuzilishi va buyumlarida Koreya va 
Xitoyning kuchli ta’siri sezilib turadigan dafn qo’rg’onlari tufayli 
“qo’rg’onlar davri” (“kofun dziday”) deb ham ataladi. Bugungi 
kungacha 10 mingdan ortiq qo’rg’onlar topilgan bo’lib, ehtimol ular 
genetik jihatdan Kyusyu orolidagi dolmenlar bilan bog’liq bo’lgan. Shu 
bilan birga IV-VIII asrlar madaniyatini o’tgan davrlar madaniyatidan 
ajratib turadigan yana bir xususiyat mavjud. Bu davrda suvoriylik, otda 
yurish san’ati bilan bog’liq o’ziga xos an’analar yapon orollariga kirib
keladi. 
Qo’rg’ondan topilgan buyumlar orasida qadimgi ritual san’at 
namunasi – xaniva sopol haykalchalar alohida ahamiyatga ega. 
Qo’rg’on tipidagi inshootlarni barpo etish ajdodlarga sig’inish va 
Quyoshga topinish bilan bog’liq bo’lgan, bu bizgacha yetib kelgan ilk 
yapon yozuvi yodgorliklarida (“Kodziki”, “Nixon syoki”) ham o’z 
aksini topgan. 
Ajdodlarga sig’inish haqiqiy yapon dini – sintoizm uchun ham, 
demakki, butun Yaponiya madaniyati uchun katta ahamiyatga ega. 
Ajdodlarga sig’inish yapon sivilizatsiyasining tarixiy evolyutsiya 
jarayonida 
merosiylikni 
ta’minlaydigan 
yana 
bir 
qudratli 
harakatlantiruvchi kuchini tashkil etadi.
Davlat miqyosida ajdodlarga sig’inish hukmdor urug’ning ajdodi 
sanalgan Quyosh ilohasi Amaterasuga e’tiqod qilishda o’z aksini 
topgan. Ilk sintoizm panteoniga o’sha davrda yapon jamiyatining
ijtimoiy tuzilmasida yetakchi o’rin egallagan urug’lar ajdodlari ham 
kirgan. Ulardan tashqari yaponlar mahalliy ahamiyatga ega turli tabiat 
ilohalariga sig’inishgan.
VI asrda “tenno”imperator hokimiyati rasmiylashtirila boshlangan 
Yamato davlatida mustaqillikka intiluvchi kuchlar mavjudligiga 


96 
qaramasdan birmuncha siyosiy barqarorlikka erishilgan. Mafkuraviy 
tarqoqlikka barham berish uchun Yapon hukmdorlari buddizmga 
murojaat etganlar. Umumdavlat mafkurasining yaratilishiga qo’shgan 
hissasidan tashqari buddizm ta’limoti urug’ an’analariga bog’lanmagan 
va shu tufayli davlat munosabatlari tizimida faoliyat ko’rsatish uchun 
munosibroq bo’lgan shaxsning yangi tipini shakllantirdi. Buddizmning 
ijobiy ahloq me’yorlarining kuchayishida ham roli katta.
Buddizmning ashaddiy muxlisi bo’lgan imperator Setoku (474-622 
yy.) davrida Xitoy ta’siridan chiqishga harakat boshlangan. 
Yaponiyaning yaponcha Nixon (Nippon) - “quyosh chiqadigan 
mamlakat” degan nomi aynan Setoku nomi bilan bog’liq. 604 yilda
konfutsiylik davlatning mafkuraviy asosi qilib olinadi. 
710 yilga kelib doimiy poytaxt Naraning qurilishi yakunlangan. 
Taxminan 200 ming kishi istiqomat qilgan Nara o’sha vaqtda yagona 
shahar bo’lgan. Qishloq xo’jaligi, hunurmandchilik va ijtimoiy 
munosabatlarning taraqqiyot darajasi shaharlarning yuzaga kelishini 
talab qiluvchi bosqichda emas edi. VIII asrga kelib Yaponiyada tanga 
zarb qilina boshlangan.
VII asrning o’rtalarida boshlangan islohotlar Yaponiyani 
yarimyovvoyi qirollikdan “imperiya” ga aylantirishga xizmat qilishi 
lozim edi. 646 yilgi to’rt moddadan iborat farmonga ko’ra yerga 
davlatning egalik qilishi, mamlakat viloyatlar va uezdlarga bo’linishi, 
yerni qayta taqsimlash uchun xo’jaliklarning ro’yxatga olinishi, ilgarigi 
mehnat majburiyati bekor qilinishi va qishloq xo’jaligi hamda 
hunarmandchilik mahsulotlari bilan to’lanadigan soliq hajmining 
belgilanishi e’lon qilingan edi.
VII asrning ikknchi yarmida davlatning qonunchilik sohasidagi 
faol siyosatini kuzatish mumkin. Keyinchalik alohida farmonlar 
birlashtirilib, ularning asosida 701 yilda birinchi universal “Tayxoryo” 
qonunlari tuzildi. U bir qancha o’zgartirishlar va qo’shimchalar bilan 
butun o’rta asr davomida feodal qonunchilikka asos bo’lib xizmat qildi. 
“Tayxoryo” va “Yororyo” (757 y.) ga ko’ra, yapon davlatining 
ma’muriy – amaldorlar apparati murakkab va keng tarmoqli iyerarxik 
tizimni tashkil etgan. 
Yaponiya davlat tuzimining yana bir o’ziga xos xususiyati X 
asrda shakllangan harbiy-xizmatchilar tabaqasi - samuraylar edi. 
Samuraylarning alohida or-nomus kodeksi mavjud edi. Samuray 
jangchi (busido) yo’lidan borishi kerak bo’lgan. Maxsus mashqlar 
yordamida u o’zini to’liq boshqarishga erishgan. Samuray uch narsaga 


97 
ont ichgan: uy haqida, rafiqasi haqida va o’z hayoti haqida unutish. 
Uning yagona jinoyati xo’jayiniga xiyonat bo’lgan va bunday holatda 
samuray o’z joniga qasd qilishi (xarakiri) lozim bo’lgan. 
Samuraylarning tepasida syogun turgan. XII asrdan Yaponiyani rasman 
imperator boshqarsa-da, haqiqiy hokimiyat syogun qo’lida bo’lgan.
Yapon sivilizatsiyasining ajralgan (yakka)lik xususiyati tufayli 
Meydzi inqilobiga qadar deyarli o’zgarmasdan qolaverdi.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin