92
To’rt hayvon qurshovida yog holatida turgan erkak ma’bud
dunyoning to’rt tomonini hukmdori deb qaraladi.
Qadimgi Hindistonning ko’pgina asarlari
hozirgacha hinduizm
va buddizmning muqaddas kitoblari hisoblanadi. Yozma manbalar
bizgacha juda ko’plab yetib kelgan. Sanskrit tilini o’rganish qadimgi
til grammatik asarlariga, asosan Panini grammatikasiga (m.a.IV asr)
asoslanadi. Adabiyot asosan diniy madhiyalar (Rigveda” va boshqa
Vedalar) ritual sharhlar, nasihatlar to’plamidan iborat.
Ijtimoiy munosabatlarni o’rganish uchun asosiy manba bo’lib,
diniy-ahloqiy majburiyat-draxmalar («Manu qonunlari»), siyosat
san’ati
to’g’risidagi
(“Artxashastra”),
muhabbat
to’g’risidagi
(Kamasutra) maxsus traktatlardan foydalaniladi.
Tarixiy voqealar adabiyotda kam tilga olinadi. U ko’p hollarda
yarim afsonaviy qissalarda aks etadi. Yilnomalar eramizning I asrlarida
Tseylondagi budda ibodatxonalarida tuzilgan va boshqa
asosan budda
ta’limotiga oid siyosiy-xo’jalik hujjatlari bo’lgan. Davlat va xususiy
arxivlar yetib kelmagan. Hujjatlar palma daraxti barglari, po’stloq
yoki mato parchasi kabi mo’rt asosda yozilgani uchun saqlanmagan.
Bizgacha faqat eramizdan avvalgi III-II ming yilliklarga oid
o’qish qiyin bo’lgan Hind sivilizatsiyasiga oid muhrlardagi qisqa
yozuvlar va Ashoki davri (m.a. III asr) yozuvlarigina yetib kelgan.
Ashoka ediktlari deb atalmish bu yozuvlar diniy-ahloqiy nasiqatlarni
hamda buddizmning keng yoyilishini, shuningdek Ashokaning diniy
faoliyatini tasvirlaydi.
Bu yerda me’morchilik, haykaltaroshlik va rassomlik san’ati bir-
biri bilan uyg’unlashgan holda rivoj topgan. Adabiy manbalarga ko’ra
m.av.
birinchi ming yilliklarda, bu yerda dastlabki davlat paydo
bo’lgan davrda shu davlatlarda ajoyib, hashamatli yog’och
me’morchiligi ravnaq topgan.
Qadimgi Hindiston san’atining gullagan davri Ashoka
imperatorligi davrida (er.av.272-232) sodir bo’ldi. Ashoka hukmronlik
qilgan davrda buddizm keng yoyildi. Bu din ibodatxonalar qurilishiga,
tasviriy san’at namunalarining paydo bo’lishiga olib keldi. Buddaga
bag’ishlangan me’morchilik kompozitsiyalarida qadimgi hind
me’morchiligida mavjud an’analar, xalq mifologiyalari, Budda hayoti
va faoliyati bilan qo’shilib ketgan afsonalar o’z ifodasini topdi.
Qadimgi Hindistonda qurilish materiali sifatida asosan yog’och
ishlatilgan. Tosh va bronza haykaltaroshligi keyingi asrlardagina paydo
bo’lgan. Yana shuningdek, hind qadimiy obidalarini o’rganish asosan
93
XX asrda boshlandi. Faqat ozgina shaharlar, Moxenjodaro, Xarappa
katta maydonlarda qazib ochilgan.
Kundalik hayotda bo’ladigan ehtiyojlar hindlarni juda qadimgi
zamonlardayoq tabiatda bo’ladigan turli hodisalarni tartibli suratda
kuzatib borishga majbur etgan. Tibbiyot, astronomiya va matematika
sohasidagi dastlabki bilimlar ana shu tariqa vujudga kelgan.
Diniy-sehrgarlik dunyoqarashi hukmronlik qilgan davrda qadimgi
Sharqdagi boshqa xalqlarda bo’lgani kabi,
qadimgi hindlarda ham
fanning boshlang’ich shakllari diniy e’tiqodlar va tasavvurlar bilan
chirmashib ketgan. Shuning uchun tibbiyot fani to’g’risidagi eng
qadimgi ma’lumotlar diniy “Veda” to’plamlarida, jumladan,
“Rigveda”da madhiyalarida va “Atxarvaveda”da saqlanib qolganini
ko’ramiz.
Qurbonliklar qilishning vaqtini aniqlash uchun osmon jismlarining
harakatini kuzatish talab etilardi, bu astronomiya bilimlarining
rivojlanishiga olib keldi. Murakkab mehroblar, diniy inshootlarning
qurilishi esa geometriya fanining taraqqiyotida muhim omil bo’ldi.
Vaqt o’tishi bilan qadimgi azayimxon, bxishaj (jinlarni quvlovchi)
garchi o’zining qadimgi nomini saqlab qolgan bo’lsa-da,
sekin-asta
tabibga aylanadi. Vedalar tuzilayotgan davrdayoq hind tabiblari
anatomiyadan bir qadar xabardor bo’lganlar va ba’zi anatomik
atamalarni qo’llaganlar. Hali primitiv bo’lgan bu meditsinaning
taraqqiy eta borishi bilan, tabiblikning ba’zi bir ixtisoslari, chunonchi,
ichki kasalliklarni, ko’z kasalliklarini davolash, jarrohlik paydo bo’ladi.
Meditsina bilimlarining to’plana borishi eramiz boshlarida meditsina
sohasida dastlabki traktatlarning paydo bo’lishiga sabab bo’ldi.
Eramizgacha bo’lgan VIII-VII asrlarda Hindistonda Lokayati (faqat
shu lokayani tan oluvchi kishilarning qarashlari) falsafiy ta’limoti
shakllana boshlaydi. Bu ta’limot asoschisi Brixaspati va uning
izdoshlari yerdan boshqa tarzda hayotning bo’lishi mumkin emas,
degan fikrni olg’a surdilar.
Charveka nomi bilan ataladigan qadimgi hind falsafiy oqimi
tarafdorlari esa, dunyoni tabiat hodisalarini qanday bo’lsa o’shanday
tushuntirmoq kerak, degan talabni ilgari surgan edilar.
Ular
nuqtai nazaricha, butun olam olov, suv, havo, tuproq
yigindisidan iborat, inson ham ana shu to’rt unsur birikmasidan tashkil
topgan. Charvekalar dunyoni hech kim yaratgan emas, balki uning
zaminida moddiy elementlar birikishi yotadi, deb hisoblaydilar.
94
Hind xalqlari fan sohasida ham ulkan yutuqlarni qo’lga
kiritganlar. Masalan, matematika, astronomiya fanlari bo’yicha V
asrda mashhur olim Ar’iyabxattaxa harakatning nisbiyligi asosida
yerning o’z o’qi atrofida aylanishi va uning quyosh atrofida
aylanishini faraz qiladi. Matematikada
nolning kiritilishi, arab
raqamlari deb aytiladigan raqamlar Hindistondan kelib chiqdi.
Hindlar yuqori nav po’lat ishlashni o’zlashtiradilar. Metall
san’atining noyob namunasi sifatida Sandra temir ustuni (o’tgan bir
yarim ming yil davomida bu temir ustunda biror zang paydo
bo’lmagan, bu yodgorlik hozirgacha yetib kelgan).
Dostları ilə paylaş: