2-savolning bayoni:
Yunon va boshqa xalqlar sivilizatsiyasining kuchli ta’siriga
qaramasdan, Rim sivilizatsiyasi o’ziga xos xususiyatlarga ega edi:
rimliklar tafakkurining pragmatik usuli, rim huquqining mukammalligi,
aniq tarixiy dalillarga intilish, diniy tasavvurlarning sodda aniqligi va
hokazo.
Rim ma’naviy madaniyatida diniy qarashlar ham katta o’rinni
egallaydi. Ilk Rim diniga politeizm xosdir. Qadimiy rimliklar tasavvuri
bo’yicha har bir narsa va hodisa o’zining ruhiga, xudosiga ega bo’lgan.
Qadimiy Rim dinida xudolar qiyofasiz (antromorf) bo’lgan, shu sababli
Qadimiy Rimda uzoq vaqtlar xudolarning tasviri bo’lmagan.
Ular keyinchalik etrusk va Yunon dinlari ta’siri ostida paydo
bo’lgan. Oilaviy va urug’ e’tiqodlari (sanamlari) sezilarli o’rinni
egallagan. Oila va xonadonning homiylari mehribon ruhlar – penatlar
va larlar bo’lgan bo’lsa, vafot etgan ajdodlarning jonlari mehribon
xudolar – manlar bo’lgan. Rim dinining marosimiga oid tomonlari juda
sinchkovlik bilan, birma – bir ishlab chiqilgan, shu sababli kohinlik va
kohinlar kollegiyalari keng rivojlangan. Ulardan eng qadimiylari
quyidagilar edi: pontifiklar, (ular diniy marosimlarni o’tkazilishi
ustidan oliy nazoratni amalga oshirar edi), avgurlar va gauspiklar
(folbin kohinlar bo’lib, ular qushlarning parvozi va hayvonlarning ichki
a’zolariga ko’ra fol qaraganlar), vestalkalar (ayol xudo Vestaning ayol
kohinlari, ular davlat va oila o’chog’ining homiylari bo’lishgan).
Qadimiy Rim xudolaridan biri Yanus edi, u dastlab eshiklar
xudosi, keyinchalik har qanday boshlanishning xudosi, Yupiterning
ajdodi hisoblangan. Rimliklarning bosh xudosi Yupiter, Mars – bahorgi
o’simliklar xudosi, keyinchalik urush xudosi, Kvirin esa uning
qiyofadoshi bo’lib hisoblangan. Etrusklar, keyinchalik esa yunonlar
ta’siri ostida Rim panteoni kengaygan, unda Yunona (Gera), Minerva
(Afina), Saturn (Kronos), keyinchalik Serera (Demetra) Merkuriy
(Germes), Appalon va boshqalar paydo bo’lgan. Rim panteoni hech
qachon yopiq bo’lmagan, rimliklar o’z qo’shinlari va hattoki
122
dushmanlarining xudolarini ham o’z tomonlariga og’dirib olishga tez –
tez intilib turganlar.
Qadimiy Rimda falsafa va huquq ham rivojlangan. Ilk Rim
respublikasi davrida, urug’chilik qoldiqlarini o’zida saqlab qolgan,
yopiq agrar jamoa uchun xarakterli bo’lgan o’ziga xos mafkura
shakllangan.
Ilk
Rim
Respublikasi
mafkurasi
konservatizm,
an’analariga sodiqlik, har qanday yangiliklarga dushmanlik bilan
qarash kabi xususiyatlarga xos bo’lgan. Rim jamiyati taraqqiyotining
o’ziga xos mahsulotlaridan biri bu huquq bo’lib, uni batafsil ishlab
chiqishi eramizdan oldingi V – IV asrlarda boshlangan. Bu huquqning
dastlabki elementlari podsholik davrida paydo bo’lgan bo’lsada, ammo
asosiy tushunchalar ilk respublika davrida formulirovka qilingan edi.
Boshlang’ich nuqta vazifasini, tarixchi olimlar fikricha “XII
jadval qonunlari” o’tagan, bunga komitsiyalar tomonidan qabul
qilingan qonunlar qo’shilib boravergan.
M.a. VII asrdan to yangi eraning V asriga qadar bo’lgan o’n ikki
asr mobaynida italiyaliklar san’ati va badiiy madaniyati o’zining
gullagan davrini boshidan kechirdi. Italiyaliklar qadimgi Gretsiya
san’ati va madaniyatiga zo’r hurmat bilan qaradilar. Uni ijodiy
o’zlashtirdilar, nazariyasini yangi ilmiy bilimlar bilan boyitdilar.
Rimliklar yunonlar singari fizika, matematika, dengizda suzish,
astronomiya, gidrotexnika va agronomiya fanlariga juda qiziqqanlar.
Faqat rimliklar bu sohalarda nazariy tadqiqot ishlariga emas, ularning
ilmiy yutuqlarini amalga tatbiq qilish bilan ko’proq qiziqqanlar. Ular
savdo arifmetikasi, me’morchilik, gidrotexnika va agronomiyadan
dastlabki qo’llanmalar yaratganlar. Rim ilmiy tafakkurining amaliy
xarakteri Katon Katta bilan Varron asarlarida ayniqsa yorqin aks
etgandir.
Rim
davlatining
qudratini
mafkuraviy
jihatdan
mustahkamlash ehtiyoji yilnomachilarning dastlabki tarixiy-adabiy
asarlarni yaratishiga sabab bo’lgan.
Rim me’morchiligining ahvoli ijtimoiy munosabatlarning
murakkablashishi bilan, urbanistik jarayonlarning rivojlanishi bilan,
shahar aholisi talablarining o’sishi bilan bog’liq edi. Rim me’morchiligi
yunon va etrusk ta’siri ostida rivojlangan. Rim me’morligida I asrning
oxiri va II asr boshlarida eng katta me’morlik komplekslari yaratildi,
ko’p qavatli binolar vujudga keldi va shahar qiyofasini belgiladi.
Yuliylar, Flaviylar, Severlar kabi imperatorlar davrida qurilgan
g’oyatda katta saroylar, zafar ustunlari shu davr ideologiyasini badiiy
123
ifodalovchi yodgorlik sifatida xarakterlidir. Shunday me’morlik
kompozitsiyalaridan biri 81-yilda qurilgan Tit me’morial zafar arkidir.
Qadimgi Rimning eng katta binolaridan biri Kolizey amfiteatridir.
Planda Kolizey gigant oval bo’lib, uning asosi 188x156 m,
devorlarning balandligi 48,5 m ga yaqin. Gladiatorlar jangi uchun
mo’ljallangan bu binoga bir vaqtning o’zida 55 ming tomoshabin kira
olgan. Rim me’morligining yana muhim yodgorligi «hamma
xudolarning qasri» — Panteon hisoblanadi. Me’mor Apollodor
Damashqiy tomonidan 118—125 yillarda qurilgan bu bino antik
dunyoning eng katta gumbazli binosidir.
Rim me’morligida paydo bo’lgai yangi tiplardan biri termalar —
(suv saroylari)dir. Iliq va sovuq suvli hovuzlar, gimnastika zallari,
oromgoxlar, kutubxona bo’lgan 2—3 ming kishiga mo’ljallangan
bunday suv saroylari bezagiga aloxida e’tibor berilgan. Imperator
Karakalla davridagi terma (211—216 yillarda qurilgan), ayniqsa, katta
va hashamatli bo’lgan (11 gektar).
Uzoq davom etgan qonli fuqarolar urushi, o’zaro nizolardan so’ng
yuzaga kelgan tinchlik va barqaror holat madaniy taraqqiyot uchun
qulay sharoit yaratdi. Shu tufayli m.a. I asrning so’nggi o’n yilliklari –
rim madaniyati va san’atining gullab-yashnash davri bo’ldi. Bu
davrdagi adabiyot buyuk namoyandalarning – Vergiliy, Goratsiy va
Ovidiyning nomlari bilan bog’liq. Tarix sohasida bu davrda Tit Liviy,
me’morchilikda mashhur nazariyachi Vitruviy faoliyat yuritgan. Shuni
qayd etib o’tish kerakki, Avgust davri rim adabiyoti uchun eng yuksak
ijodiy yutuqlar davri bo’lgan bo’lsa, tasviriy san’at sohasidagi buyuk
yodgorliklar keyinroq, I asrning ikkinchi yarmi - II asrning birinchi
yarmida yaratilgan.
Imperiyaning birinchi asrlari ma’naviy hayotining yana bir o’ziga
xos jihatlaridan biri falsafaga ommaviy qiziqish edi. Bu davrda yangi
falsafiy tizimlar paydo bo’lmadi: o’sha davrdagi ko’zga ko’ringan
faylasuflar - Seneka, Epiktet, Plutarxlar eklektiklar edi. Biroq sayoq
faylasuflarning ta’sirida falsafaga qiziqish tobora ommalashdi. Bu
davrda falsafiy qiziqish metafizika va boshqa falsafiy sohalardan
etikaga ko’chgan edi.
Shunday qilib, Rim sivilizatsiyasi dunyoga davlatchilik
printsiplarini, imperiya g’oyasini, huquqlar tizimini, fuqaro ideali va
fuqarolik qadriyatlari tizimini, butun o’rta asrlar davomida ma’rifatli
Yevropa qo’llagan lotin tilini, me’morchilik uslublarini va h.k berdi.
124
Qadimgi Rim sivilizatsiyasi jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga ulkan
ta’sir ko’rsatdi.
Dostları ilə paylaş: |