128
Ko’pchilik
olimlarning fikricha, Rossiya sivilizatsiyasi yunon-rim
divilizatsiyasining bir tarmog’i hisoblanadi. Shuningdek, Rossiya
sivilizatsiyasi uchun vizantiyaliklarning roli salmoqlidir.
Qadimgi Rus sivilizatsiyasi VII-IX asrlarda shakllandi. Osiyo va
Yevropa chegaralarida vujudga kelgan Rus sivilizatsiyasi G’arb va
Sharq qirralarini o’zida mujassamlab, o’ziga
xos Evroosiyo
sivilizatsiyasiga aylandi.
Ba’zi olimlar qadimgi Rus sivilizatsiyasining vujudga kelishini VI
asrda sharqiy slavyanlarda ilk davlat birlashmalarining vujudga
kelishidan, boshqa bir guruh olimlar
IX asrda davlatning vujudga
kelishidan, ayrimlar 988 yilda Rusning cho’qintirilishidan boshlashadi.
O’troq rus qabilalari asosida shakllangan va turli davrlarda turlicha
nomlangan
davlatda
rivojlangan
Rus
sivilizatsiyasi
quyidagi
bosqichlarni bosib o’tgan: ibtidoiy urug’chilik tuzumi (Kichik Rus,
Rus yerlari, IX asrga qadar), feodalizm (Rus yerlari, Buyuk Rus,
Russiya, Rossiya imperiyasi, IX asr o’rtalaridan – XIX asr boshigacha),
kapitalizm (Rossiya, Rossiya imperiyasi, XIX – XX asr boshlari),
sotsializm (Sovet
Ittifoqi, XX asr boshlari – XX asr oxirlari) va nihoyat
XX asr oxiridan Rossiya Federatsiyasi.
Rus tsivilizaiyasi o’ziga xos tabiiy-geografik omil asosida tarkib
topgan. To’rtta dengiz (Oq, Boltiq, Qora, Kaspiy), uchta tog’ (Karpat,
Kavkaz, Ural) bilan o’ralgan Sharqiy Yevropa
tekisligi ming yillar
avval sovuq iqlimga ega bo’lib, o’rmonlar bilan qoplangan bo’lgan.
Undan janubda boshlanadigan o’rmon-dasht zonasi dehqonchilik qilish
uchun qulay.
Sharqiy Yevropa daryolari savdo yo’li sifatida ham ahamiyatga ega
bo’lgan. 6 asrdan tarixshunoslikda “Varyaglardan yunonlarga boruvchi
yo’l” nomi bilan mashhur bo’lgan suv yo’li ma’lum. Boltiq dengizidan
boshlanib, daryo va ko’llar orqali Qora dengizga boruvchi bu yo’l
sharqiy slavyanlarga yunon koloniyalari va ular orqali Vizantiya
sivilizatsiyasi bilan aloqada bo’lish bilan imkoniyatini bergan.
“Varyaglardan forslarga” olib boruvchi yana bir yo’l tufayli esa Volga
bo’ylab Kaspiy dengiziga chiqish, volga bulg’orlari va Xazar hoqonligi
orqali Eron bilan aloqa bog’lash mumkin bo’lgan.
Rus sivilizatsiyasi taraqqiyotida
diniy omil ham muhim rol
o’ynagan. Xristianlikning qabul qilinishi Svyatoslavichlar knyazlar
sulolasi hukmronligining mustahkamlanishiga,
Kiev Rusi davlatining
Yevropa davlatlari qatoriga qo’shilishiga, uning xalqaro mavqeining
mustahkamlanishiga olib keldi.