130
ta’kidlaydi. Uning fikriga ko’ra Vizantiya bilan doimiy kurash bu
ittifoqning shakllanishiga sabab bo’lgan va sharqiy slavyan qabilalarini
birlashtirgan.
Rusning
Vizantiya bilan, u orqali yunon-rim madaniyati bilan
shuningdek varyaglar bilan o’zaro aloqalar ushbu sivilizatsiyaning
shakllanishida tashqi omil vazifasini bajargan.
Xalqlarning buyuk
ko’chishi natijasida V-VI asrlarda slavyanlarda urug’chilikka emas,
hududiy-siyosiy xarakterga ega jamoa shakllangan. VIII-IX asrlarda 12
ta qabila-knyazliklar ittifoqi vujudga kelgan.
Uzoq
vaqtgacha
Russda
yerga
xususiy
mulkchilikning
bo’lmaganligi ushbu sivilizatsiyaning yana bir o’ziga xos xussiyatini
shakllantirgan. Yana bir o’ziga xoslik sifatida Kiev Rusining yaxlit
markazlashgan davlat bo’lmaganligini ko’rsatib o’tish mumkin.
Mo’g’ul-tatar bosqini ham Rus sivilizatsiyasiga katta ta’sir ko’rsatdi.
Rus sivilizatsiyasining o’ziga xos qirralarining
shakllanishida bir
tomondan, Vizantiya xristian ma’naviy va moddiy madaniyati, ikkinchi
tomondan Rusda uzoq vaqt hukm surgan ma’jusiylik dinlari o’z
ta’sirini ko’rsatgan. Xristianlik qabul qilingandan so’ng ham
ma’jusiylik an’analari saqlanib qolgan.
Rus xalqi uch subetnik komponentlar aralashmasidan shakllangan:
dehqon-slavyanlar va baltlar, ovchi fin-ugor,
shuningdek germanlar,
ko’chmanchi turk va qisman shimoliy Kavkaz xalqlari. Bu turli
etnoslar diniy jihatdan ham rang-barang bo’lgan. Kiev knyazlari
ijtimoiy tuzilmalarning xilma-xilligi sharoitida son va madaniy jihatdan
ustun bo’lgan birorbir etnosga tayana olmagan.
Ryurikovlarda kuchli
harbiy-brokratik
tizimga
ham
ega
bo’lmagan. Shu sababli
birlashtiruvchi vosita rolini xristianlik o’ynagan.
Dostları ilə paylaş: