маъруза соат



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/49
tarix23.03.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#89371
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   49
l -b -qodirova-jahon-sivilizatsiyalari

 
3-savolning bayoni: 
XVIII asrdan sivilizatsion jarayon rivojida alohida davr - industrial 
sivilizatsiyaning yuzaga kelish davri boshlandi. Agrar iqtisoddan 
industrial iqtisodga o’tish ikki bosqichda sodir bo’ldi – manufaktura va 
fabrika bosqichi. 
Manufaktura bosqichi XVII asrning ikkinchi yarmi – XVIII asr 
boshida nihoyatda taraqqiy etdi. Fabrika bosqichi manufakturadan yirik 
mashina ishlab chiqarishiga o’tishni bildirib, sanoat inqilobi deb nom 
oldi. Sanoat to’ntarishini amalga oshirish uchun bir necha omillar zarur 
edi: xom ashyoning, erkin ishchi kuchi va tadbirkorlar qo’lida 
kapitalning mavjudligi. Sanoat inqilobi barcha mamlakatda deyarli bir 
xilda sodir bo’ldi. Sivilizatsiya taraqqiyotining industrial bosqichida 
texnika, texnik jarayon asosiy qadriyatga aylandi.
Texnik jarayonning rivojlanish sur’atini amaliy maqsadlarga 
yo’naltirilgan mashina industriyasi bilan fan o’rtasidagi qizg’in aloqa 
belgilab berardi. Dastlab energiyaning yangi manbalari va uni qo’llash 


144 
usullari izlab topildi. XIX asrning bug’ asri deb nom olishi bejiz emas 
edi. Biroq bu asrni birday temir davri yoki elektr davri deb ham atash 
mumkin. Elektrdan keng foydalanila boshlandi. Elektrkavsharlash, 
elektroximiya, elektrometallurgiya vujudga keldi, ko’chalarda ilk 
tramvaylar qatnay boshladi. Ichki yonuv dvigateli paydo bo’ldi, uning 
eng maqbul varianti nemis injeneri Rudolf Dizel tomonidan 1897 yilda 
taklif etilgan edi.
Ishlab chiqarishni tashkil etishda ham katta o’zgarishlar sodir 
bo’ldi. Ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiyotiga kapitalistik 
monopoliyalar (kartel, sindikat, trest, konsernlar) katta ta’sir ko’rsata 
boshladi. Ishlab chiqarishning monopoliyalashishi ijobiy xususiyatlar 
bilan bir qatorda qator salbiy xususiyatlarga ham ega edi: bir guruh 
kishilarning 
qo’lida 
moliya 
hokimiyatining 
to’planishi 
va 
oligarxlarning mamlakat ichki hamda tashqi siyosatiga ta’sir o’tkaza 
olishi. 
XIX asr oxiriga kelib uchta tarkibiy qism: yirik mashina 
industriyasi, zamonaviy transport, jahon bozorini o’z ichiga olgan 
jahon xo’jaligi tizimi shakllandi. Dastlab Angliya qiyofasidagi yagona 
markazga ega bo’lgan evrotsentrik jahon xo’jaligi ikki markazli 
xo’jalikka (Yevropa va AQSh) aylandi. 
Industrial sivilizatsiyaning o’ziga xos jihatlaridan biri mehnat 
xarakterining, insonning ishlab chiqarishdagi rolining hamda insonning 
o’z faoliyatiga munosabatining o’zgarishidir. Yangi ishlab chiqarish bir 
tomondan insoning ijodiy imkoniyatlarini safarbar etishni talab qilsa, 
ikkinchi tomondan, uzluksiz, ommaviy ishlab chiqarish ishchini 
mashinaning yordamchi muruvvatiga aylantirardi. Insonning tabiatga 
munosabati ham o’zgardi. Bu, xususan, ingliz iqtisodchisi Tomas 
Maltusning (1766- 1834) ta’limotida o’z aksini topdi. U o’zinnig 
«Nufus qonuni to’g’risida tajribalar» asarida (1798 y) jamiyatdagi 
ijtimoiy-iqtisodiy ziddiyatlarning ildizlari aholi o’sishi (geometrik 
progressiyada) bilan oziq-ovqat taklifi (arifmetik progressiyada) 
o’rtasidagi o’sish sur’atining farqida deb ko’rsatadi. Aholi o’sishini 
ijobiy (ya’ni o’limni ko’paytirish orqali) — urushlar, epidemiyalar va b. 
yoki salbiy (tug’ilishni cheklash orqali) — ahloqiy cheklashlar, kech 
nikohga kirish va boshqalar yo’llar orqali nazorat qilish mumkin.
Industrial sivilizatsiyaning vujudga kelishi davrida aholi soni 
shiddat bilan o’sib bordi. 1700 yilda dunyo aholisi soni 610 mln. 
kishini, 1800 yilda 905 mln. kishini tashkil etgan bo’lsa, 1900 yilga 
kelib bu raqam 1 mlrd. 630ga yetdi. Shahar aholisi soni ham tez 


145 
ko’paya bordi. Agar 1800 yilda atigi 3% aholi shaharda yashagan 
bo’lsa, 1900 yilga kelib bu raqam 13,6% ni tashkil yetdi. Bu 
ko’rsatkich Yevropada ayniqsa yuqori edi, masalan, Angliyada 1891 
yilda 71% aholi shaharlarda yashagan. Ilk millioner shaharlar (London, 
Parij) paydo bo’ldi. 1900 yilga kelganda millioner shaharlar soni 13 
taga yetdi. Bir vaqtning o’zida migratsiya faolligi o’sib bordi. XIX 
asrda aholining ijtimoiy tarkibi ham o’zgardi. Sanoat to’ntarishining 
muhim ijtimoiy natijasi sifatida burjuaziya sinfi mustahkamlandi va 
ishchilar sinfi paydo bo’ldi. 
G’arbiy Yevropa davlatlarining ko’pchiligida millatlarning 
shakllanishi nihoyasiga yetdi. Millatlarning shakllanishi xalqlarning 
o’zligini anglashini o’sishi bilan bog’liq edi. 
Yevropa davlatlarining davlat tuzumida qator sezilarli o’zgarishlar 
sodir bo’ldi. Absolyut monarxiyalar deyarli yo’q bo’ldi. Juda oz 
mamlakatlar XX asrga monarxiya sifatida qadam qo’ydi. Angliya 
konstitutsion monarxiya namunasi bo’lib qoldi.
Industrial davrning ko’plab siyosiy o’zgarishlari inqiloblar va 
Napoleon urushlari bilan bog’liq edi. XIX asr ijtimoiy inqiloblar davri 
bo’ldi. Inqiloblarda yetakchilik roli Fransiyaga tegishli edi. Fransiyada 
1789 yilgi inqilobdan so’ng yana 1830, 1848 va 1871 yillarda 
inqiloblar sodir bo’ldi. 1848 yilda Germaniyada inqilob bo’lib o’tdi, 
qator inqiloblar Italiya va Ispaniyada sodir bo’ldi.
Yevropa mamlakatlarida kapitalizmning taraqqiyoti bir tekisda 
kechgani yo’q. Bu davrda G’arbda ilk iqtisodiy buhronlar boshlandi. 
Eski va yangi kapitalizm mamlakatlarining kapitalistik taraqqiyot 
an’analarida sezilardi farqlar mavjud edi.
XIX asr va XX asr boshlarida Yevropa tarixidagi o’zgarishlar va 
ziddiyatlar bu davrdagi ma’naviy madaniyatga o’z ta’sirini 
o’tkazmasdan qolmadi. XIX asr ma’naviy madaniyat taraqqiyotida 
alohida davr bo’ldi. Insonlarning dunyoqarashida insonga va uning 
cheksiz kuchi, energiyasi, ongiga bo’lgan chegarasiz ishonch o’rnini 
asta-sekinlik bilan dunyo va insonni cheksiz rang-barang olamning bir 
zarrasi sifatida tushunish egallay bordi. Ijtimoiy kuchlarning o’zaro 
kurashining rivojlanishi esa turli g’oyaviy badiiy oqimlarni vujudga 
keltirdi: romantizm, realizm, impressionizm va h.k. 
Romantizm jahon madaniyatiga juda ko’plab mashhur nomlarni 
berdi: bular adabiyotda E.T.A. Gofman, V. Vordsvort, V. Skott, Dj. 
Bayron, P.B. Shelli. V. Bleyk, V. Gyugo; musiqada F. Shubert, K. 
Veber, R. Vagner, G. Berlioz, N. Paganini, F. List, F. Shopen; tasviriy 


146 
san’atda E. Delakrua, T. Jeriko, Dj. Konstebl, U. Terner va boshqalar 
edi.
Industrial davrning timsoli sifatida realizm ham rivoj topdi. Onore 
de balzak, Stendal, U.Tekkerey kabilarning ijodida bu ayniqsa yaqqol 
namoyon bo’ldi. Impressionistlar – Klod Mone (1840-1926), Ogyust
Renuar (1841-1919), Edgar Dega (1834-1917), Kamil Pissarro (1830-
1903), lar nafaqat asriy badiiy an’analarga qarshi chiqdilar, balki 
ma’nisiz rasmiyatchilik, sovuq afsonaviylik va ularga zamondosh 
akademik maktabning rangsiz palitrasiga qarshi chiqqan edilar. 
Shu bilan birga voqelikka va insonga jiddiy e’tibor chuqur 
pessimistik qarashlarni ham vujudga keltirdi. Buni A.Shopengauer, 
hayot falsafasining asoschisi F.Nitsshe hayoti va ijodida yaqqol 
kuzatish mumkin.
XIX asr insonning o’zi haqidagi qarashlarida ham burilish yasadi.
Bunda Ch.Darvinning evolyutsion nazariyasi va Z.Freyd tomonidan 
ishlab chiqilgan inson konsepsiyasi, uning psixoanaliz haqidagi 
ta’limoti katta rol o’ynadi. 
Shuningdek, XIX asr faoliyat davri, siyosiy liberalizmning keng 
tarqalishi (D. Bentam, D. Mill, G. Spenser, A. de Tokvil), sotsial-
utopstik (Klod Anri de Sen-Simon, Sharl Fure, Robert Ouen, Sen-
Simon), marksistik g’oyalarning (K.Marks, F.Engels) paydo bo’lish 
davri ham bo’ldi.
XVIII asrda Shimoliy Amerika xaritasida jiddiy o’zgarishlar sodir 
bo’ldi. Ingliz koloniyalarining mustaqillik uchun kurashi 1776 yilda 13 
ta shtatdan iborat Amerika Qo’shma Shtatlarining vujudga kelishi bilan 
yakun topdi. XIX asrning birinchi yarmida AQShning hududi shiddat 
bilan kengayib bordi. 1861 yilga kelib uning shtatlari soni 40 taga 
yetdi. Bu hududiy ekspansiya turlicha usullarda olib borildi. Masalan, 
AQSh Alyaskani 1867 yilda Rossiyadan atigi 7,2 mln. dollar (11 mln. 
rubl oltin) ga sotib olgan edi. XX asr boshiga kelib AQSh davlat 
hududining shakllanishi nihoyasiga yetdi.
Amalda burjua inqilobi vazifasini bajargan mustaqillik uchun 
urushdan so’ng AQSh iqtisodiyoti Yevropaning hech qaysi davlatida 
kuzatilmagan sur’atda o’sa boshladi. XIX asr o’rtalariga kelib AQSh 
sanoat ishlab chiqarish hajmi jihatidan dunyoda to’rtinchi o’ringa 
chiqib oldi. Bunday yuksak sur’atda o’sish bir qator sabablarga ega edi.
AQShda 
sanoatlashgan 
shimol 
va 
qulchilikka 
asolangan 
plantatorlik qishloq xo’jaligi hududi bo’lgan janub taraqqiyoti 
o’rtasidagi farq sezilarli edi Shimol va Janub o’rtasidagi ziddiyat 


147 
shimolliklarning g’alabasi bilan tugagan 1861-1865 yillardagi fuqarolar 
urushiga olib keldi. Fuqarolar urushi davrida qabul qilingan ikki muhim 
qonun: qulchilikning bekor qilinishi va gomstedlar haqidagi qonunlar 
AQSh qishloq xo’jaligi taraqiyotining fermerlik yo’lini belgilab berdi. 
Fuqarolar urushidan so’ng AQSh yangi iqtisodiy o’sish davriga kirdi. 
Iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy jarayonlar fonida amerika millatining 
shakllanishi ham sodir bo’ldi.
AQSh madaniyati Yevropa ta’siri ostida shakllandi, ammo tez 
o’tmasdan o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ldi. Ayniqsa shahar 
qurilishi va me’morchilik o’ziga xos yo’ldan taraqqiy yetdi. Kollejlar, 
Garvard, Yel, Pensilvaniya, Prinston va Kaliforniya universitetlari kabi 
o’quv maskanlari ta’lim va madaniyat markazlariga aylandi. Masalan, 
Bostonda 1636 yilda asos solingan Garvard universitetida 30 ta Nobel 
laureati va 6 ta AQSh prezidetini tahsil olgan.
1787 yilda Filadelfiya shahrida yig’ilgan Konstituttsion konvent 
ishida 55 kishi ishtirok etdi va unda AQSh Konstituttsiyasi qabul 
qilinib, respublika tuzimi o’rnatildi.
AQSh butun dunyoda demokratiya timsoliga aylandi. Biroq AQSh 
demokratiyasi ham o’ziga xos ziddiyatlarga ega. Uning dunyo 
rahnamoligiga intilishi esa dunyoning ikki qutbga bo’linib ketishi, 
dunyoning turli burchaklarida urush o’choqlarining yuzaga kelishiga 
olib kelgan omillardan biri bo’ldi.
XX asr industrial sivilizatsiyasiga ta’rif berish uchun unga ko’proq 
“inqiroz” so’zi mos keladi. Asr boshida sodir bo’lgan sanoat inqirozi, 
1907 yilgi inqiroz, 38 davlat ishtirok etgan birinchi jahon urushi, 
Rossiyadagi inqilob, davlat-monopolistik kapitalizmi sharoitida tez-tez 
sodir bo’lib turgan iqtisodiy inqirozlar, xususan 1929-1933 yilardagi 
jahon iqtisodiy inqirozi fikrimiz dalilidir.
Barcha mamlakatlarning hukumatlari inqirozlar bilan kurashga 
kirishdi, unga qarshilik ko’rsatish yo’llarini izlay boshlashdi. 
Inqirozdan chiqish yo’llaridan uchtasini ajratib ko’rsatish mumkin: 
AQSh prezidenti F.Ruzveltning yangi kurs siyosatida o’z aksini topgan 
liberal-islohotchilik yo’li; Skandinaviya davlatlari va Fransiya uchun 
xarakterli bo’lgan ijtimoiy-islohotchilik yo’li; Germaniyada to’la va 
izchil qo’lanilgan totalitar variant.
Industrial sivilizatsiya mafkura inqiroziga duch keldi. Bu inqiroz 
Italiyada vujudga kelib, Germaniyada keng tus olgan fashizm g’oyasida 
o’zining yorqin aksini topdi. Bu inqirozlarning hammasi insoniyat 
tarixidagi eng keng miqyosli va vayronkor Ikkinchi jahon urushiga olib 


148 
keldi. 72 davlat ishtirok etgan ikkinchi jahon urushini XX asr birinchi 
yarmidagi inqirozlar zanjirining eng yuqori nuqtasi, eng yirik, global 
sivilizatsion inqiroz sifatida baholash mumkin.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi inqirozlar (1974-75 yy, 1980-82 
yy.) texnik-iqtisodiy rivojlanish darajalari o’xshash bo’lgan va milliy 
iqtisodiyotlari o’zaro bog’liq bo’lgan barcha Yevropa davlatlariga 
birdek ta’sir ko’rsatdi. Ikki tizimning o’zaro kurashi, mustamlakachilik 
tizimining emirilishi bu inqirozlarni yanada chuqurlashtirdi.
XX asrda Industrial sivilizatsiya taraqqiyotiga uchinchi fan-texnika 
inqilobi ulkan ta’sir ko’rsatdi. Fanning bevosita ishlab chiqarish 
kuchiga aylanishi industrial sivilizatsiyani xarakterlovchi xususiyatdir. 
Fan-texnika taraqqiyotida sovuq urush ham alohida rol o’ynadi. Bu 
inqilob jamiyatning ijtimoiy tuzilmasida katta o’zgarishlarga olib keldi. 
Shahar aholisi o’sdi, nomoddiy ishlab chiqarish sohasida xizmat 
qiluvchilar soni ko’paydi, ishchilar malakasi oshdi, ta’lim sohasida 
jiddiy o’zgarishlar sodir bo’ldi. Mehnat sharoitlari, mehnatga haq 
to’lash o’zgardi, insonlarning turmush darajasi yuksaldi. Shu bilan 
birga fan-texnika inqilobi qator salbiy jihatlarni ham yuzaga keltirdi, 
xususan ishsizlik. Faqatgina fan-texnika inqilobi yangiliklari va 
ijtimoiy-siyosiy islohotlarni uyg’unlashtirish orqali ko’pgina malakatlar 
aholining moddiy to’kisligi hamda demokratik erkinliklarning yuksak 
darajasini ta’minlashga muvaffaq bo’ldi.
Fan-texnikaning shiddat bilan rivojlanishi ma’naviy sohada 
ziddiyatlar va inqirozli hodisalarni kuchaytirdi. Bu ziddiyatlar XX asr 
adabiyoti, san’atida o’z aksini topdi va ekzistentsializm (J.P. Sartr i A. 
Kamyu), modernizm (D. Djoys, F. Kafka, M. Prust, T. Eliot), 
abstraktsionizm (K. Malevich, V.Kandinskiy), postimperissionizm 
(A.Matiss, P.Pikasso), ekspressionizm (G.Gross), syurrealizm (S.Dali), 
giperrealizm kabi g’oyaviy-badiiy oqimlarda namoyon bo’ldi.
Ilk bor 1895 yilning 28 dekabrida Parijda aka-uka Lyumerlar 
tomonidan namoyish etilgan kinematograf industrial davr kishilari 
ma’naviy olamining o’ziga xos ko’zgusi bo’ldi.
Fan va texnika taraqqiyoti natijasida ommaviy madaniyatning 
ahamiyati oshib bordi. Zamonaviy madaniyatning xolisona tahlili shuni 
ko’rsatadiki. ma’naviy madaniyat ko’proq ommaviylik mazmunini kasb 
etib boradi. Ommaviy madaniyatning manzarasi quyidagicha: u millati, 
yoshi, yashash joyi, ijtimoiy xususiyatlariga bog’liq bo’lmagan 
ommaviy istemolchilarga ega bo’ladi; bu madaniyat namunalarini 
yaratish jarayonining o’zi ommaviy xususiyat kasb etib, industriyaning 


149 
maxsus ko’rinishini o’zida namoyon qiladi. Ommaviy madaniyat 
umumiy 
iste’molchilik 
extiyoji 
bilan 
bog’liq. 
Ommaviy 
kommunikatsiya vositalarining rivojlanishi - matbuot, radio, kino, kitob 
chop etish va nusxa ko’chirish-bularning barchasi jamoatchilik fikriga 
tasir o’tkazish, ommaviy madaniyatning tezlik bilan rivojlanishiga 
sabab bo’ldi.
XX asrning so’nggi choragida industrial sivilizatsiyadan 
postindustrial sivilizatsiyaga o’tish boshlandi. XX asr davomida 
shakllangan kapitalizm-sotsializm muammosida tarix uchinchi yo’lni, 
industrial jamiyatni tanladi. 
Postindustrial jamiyatga o’tish uchinchi fan-texnika inqilobining 
XX asrning 70-yillarida boshlangan ikkinchi bosqichi bilan bog’liq. 
Mikroelektronika, biotexnologiya va informatika sohalaridagi sifat 
o’zgarishlari bosqichi bo’lgan bu davr insoniyat tarixidagi temir 
davriga yakun yasadi. Butunlay yangi texnologiyalar, yangi materiallar, 
aloqa va kommunikatsiya vositalari yaratildi. Ekologik muammolarning 
keskinlashishi global miqyos kasb etdi, biroq bir vaqtning o’zida ularni 
hal etishning yangi imkoniyatlari ochildi. Ishlab chiqarishni tashkil 
etish shakllari tubdan o’zgardi. Yirik gigantlar o’rnini kichik va o’rta 
korxonalar, tadbirkorlar egalay boshladi.
Shu bilan birga postindustrial jamiyatning shakllanishi murakkab 
integratsion, dezintegratsion jarayonlar fonida bormoqdaki, ular XX va 
XXI asrlar chegarasidagi sivilizatsion rivojlanishning asosiy 
an’analarini aks ettiradi.
Rivojlanib borayotgan postindustrial jamiyatning o’ziga xos 
xususiyatlaridan biri iqtisodiyotning internatsionallashuvidir. Jadal 
davom etayotgan integratsiya jarayonlari iqtisodiyotning ochiq 
bo’lishiga olib keldi, transmilliy va ko’pmillatli korporatsiyalar paydo 
bo’ldi. Ushbu ko’p tarmoqli xalqaro korxonalar ishlab chiqarishni turli 
mamlakatlarda optimal ravishda joylashtirish hisobiga yuksak iqtisodiy 
samaradorlikka erishmoqdalar. Tovar va kapitallar, ishchi kuchi dunyo 
bozorlarining 
mislsiz 
kengayishi 
bilan 
bir 
qatorda 
xalqaro 
korxonalarning 
va 
birlashmalarning 
rivojlanishi 
informatsiya 
bozorlarining (nou-xau, patenlar, litsenziyalar) va ilmiy-texnikaviy 
xizmatlarning (injeniring, lizing)shakllanishiga olib keldi.
Industrial va postindustrial sivilizatsiyalar chegarasida milliy 
xo’jaliklarning davlatlararo integratsiyalashuvi jarayoni kuchaydi. Bu 
kabi integratsiyalarning eng rivojlangan shakli Yevropa Ittifoqidir. 


150 
Integratsion jarayonlarni Shimoliy Amerika davlatlari, Osiyo-Tinch 
okean regioni va boshqa hududlarda ham kuzatish mumkin.
Sivilizatsion 
jarayonlarining 
yetakchi 
an’anasi 
sifatida 
integratsiya jahon xo’jaligining yetakchi uchta markazi - AQSh, 
G’arbiy Yevropa va Yaponiya o’rtasidagi keskin raqobat kurashi bilan 
birgalikda kechmoqda.

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin