2-savolning bayoni:
Qadimgi Misr tarixi mil. av. IV ming yillikning II yarmidan
- davlat va sinfiy jamiyatning paydo bo’lishidan mil. av. VI asrda
Misrning Ahmoniylar davlatiga qo’shib olingan davrigacha bo’lgan
davrni o’z ichiga oladi. Qadimgi Misr tarixi quyidagi davrlarga
bo’linadi:
1. Sulolalargacha bo’lgan davr (m.a. IV ming yillik).
2. Ilk podsholik (m.a. XXX - XXVIII asrlar, I-II sulolalar).
3. Qadimgi podsholik davri (m.a. XXVIII-XXIII asrlar, III-IV
sulolalar).
4. O’rta podsholik davri (m.a. XXII-XVIII asrlar, XII sulola).
5. Yangi podsholik davri (m.a. XVI-XI asrlar, XVIII-XX sulolalar)
6. So’nggi podsholik (m.a. XI-V asrlar XXII -XXV sulolalar)
Tarixiy taraqqiyotning barcha bosqichlarida Misr sivilizatsiyasi
o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan. Ilk podsholik davrida
mamlakatni birlashtirish tugallangan va taxminan m.a. 3000 yilda Nil
vodiysida ko’proq ibtidoiy qabila ittifoqini eslatuvchi yagona davlat
vujudga kelgan. Bu voqea birinchi sulola asoschisi bo’lgan Menes
(Mina) nomi bilan bog’liq. U Yuqori va Quyi Misr tutashgan strategik
muhim nuqtada yangi poytaxt- mustahkamlangan shahar Memfis
shahriga asos soldi. Ilk podsholik davrida Misr I va II sulolalar
tomonidan boshqarilgan.
37
Ilk podsholik davrida sun’iy sug’orishning xo’jalik madaniyati
asosida Misr sivilizatsiyasining iqtisodiy va siyosiy tizimlari shakllana
boshlagan. Bu davr asosiy funktsiyasi Nil vodiysida sug’orish ishini
tashkil etish bo’lgan umummisr davlat aparatining shakllanish davri
edi. Yuqori mahsuldor bo’lgan qishloq xo’jaligi moddiy madaniyatning
taraqqiy etishiga asos bo’ldi. Hunarmandchilik rivoj topdi. Ilk
podsholik davridayoq misrliklar papirus tayyorlashni bilishgan. Bu
insoniyat tarixidagi maxsus yozuv uchun tayyorlangan ilk qog’oz edi.
Papirusning paydo bo’lishi sivilizatsiya rivojining asosiy omillaridan
biri bo’lgan yozuvning keng tarqalishiga turtki bo’ldi. Bu davrdayoq
Nil suvining sathidan tortib, ishlab chiqarilgan moddiy boyliklarning
taqsimlanishigacha hisob–kitob va nazorat qilish yaxshi yo’lga
qo’yilgan. Ilk podsholik davrida ish yuritish, ayniqsa hisob ishi
rivojlangan.
Qadimgi podsholik davri 500 yildan ortiq davom etdi ( m.a.2800-
2300 yy). Bu davrda Misr qo’shnilari bilan muvaffaqiyatli urushlar olib
borayotgan
yirik
markazlashgan
davlatga
aylandi,
Misr
sivilizatsiyasining ideallari va asosiy qadriyatlari shakllandi.
Mamlakatning mustahkam yaxlitligi uning iqtisodiy gullab-
yashnashiga asos bo’ldi. Qadimgi podsholik davri iqtisodida oliy
amaldorlar xo’jaligi katta rol o’ynagan. Podsho va ibodatxona
xo’jaliklari ham amaldorlar xo’jaligiga o’xshash bo’lgan. Ularni
birlashtirgan xususiyat ko’psonli xizmatchilar ustidan o’rnatilgan
kuchli nazorat, mehnat va uning natijasini qattiq hisob-kitob qilish
bo’lgan.
Shakllangan Misr davlatining tepasida yunonlar fir’avn (misrcha
per-o – “ulug’ uy”, “katta xonadon” so’zidan kelib chiqqan) deb atagan
hukmdor turgan. Fir’avn odam qiyofasidagi xudo deb tasavvur
qilingan. U cheklanmagan iqtisodiy, siyosiy va oliy kohinlik
hokimiyatiga ega bo’lgan. Qadimgi podsholik davridagi Misr
sivilizatsiyasi Qadimgi Sharq despotiyasining noyob namunasidir.
Despotiyaning moddiy timsoli fir’avnlarning muhtasham dahmalari –
piramidalar bo’lgan.
Davlat boshqaruvi tizimi yakka hukmronlikka, cheklanmagan
hokimiyatga ega podshoning ilohiyligini targ’ib etuvchi diniy
mafkuraga asoslangan. Fir’avnning eng yaqin yordamchisi oliy
amaldor-chati (bosh vazir) bo’lgan. U bir vaqtning o’zida bosh sudya,
fir’avn nomidan mamlakat xo’jaligining umumiy nazoratini amalga
38
oshiruvchi, bir qator davlat amallarining egasi bo’lgan. Bu yuksak
amalni odatda podshoning o’g’li egallagan.
Davlat boshqaruvi uch bo’g’indan iborat bo’lgan: markaziy,
viloyat (nom), mahalliy (qishloq-jamoa). Nomlar boshqaruvi markaziy
boshqaruvning kichikroq ko’rinishidagi nusxasi bo’lgan. Ko’p hollarda
nomarxlar separatizmi mavjud bo’lgan.
M.a. III ming yillik o’rtalaridan zodagonlar hokimiyati
mustahkamlanib borgan. Markaziy hokimiyatning zaiflashuvi va
mahalliy zodagonlarning kuchayishi m.a. 2200 yilda Misrning mustaqil
nomlarga bo’linib ketishiga olib kelgan.
Tarqoqlik va nomlar o’rtasdagi kurash Misr sivilizatsiyasi
farovonligi va taraqqiyotining asosi bo’lgan sug’orish tizimi holatiga
salbiy ta’sir ko’rsatdi. Birlashish jarayoniga ikkita markaz boshchilik
qildi: shimoldagi Gerakleopol va janubdagi Fiva. Kurashda yakuniy
g’alabani Fiva podshosi Mentuxotep I qo’lga kiritdi va mamlakat
yaxlitligini tikladi. Ushbu hodisadan O’rta podsholik davri boshlandi
(m.a. 2050-1700 yy). Bu Misr sivilizatsiyasi tarixidagi murakkab, shu
bilan birga ahamiyatli davr edi.
Taxminan m.a. 2000 yilda Amenemxet I ning fir’avn bo’lishi
bilan O’rta podsholikning gullab-yashnash davri boshlandi.
Mamlakatni birlashtirishga va markaziy hokimiyatni kuchaytirishga
intilgan fir’avnlar nomarxlarni o’z ta’sir doiralariga olishga urindilar.
Amenemxet va Senusert nomlari bilan 8 ta fir’avn hukmronlik
qilgan bu davrda misrliklar o’z qo’shnilari bilan muvaffaqiyatli
urushlar olib bordilar, bronza quyish va shisha tayyorlashni
o’zlashtirdilar. Bu davrda hunarmandchilik, jumladan to’qimachilik
rivoj topdi. Yagona Misrning tashkil topishi tashqi savdoning yanada
taraqqiy etishiga olib keldi.
Misr moddiy boyligining asosiy yaratuvchisi bo’lgan mehnatkash
xalq “podsho odamlari” deb nomlangan. Ularning asosiy majburiyati
qaysi yer- mulkka biriktirilganidan qat’iy nazar o’z kasblari doirasidagi
ishni bajarish edi. Kasb va hunar bo’yicha taqsimlanish misrliklarning
ixtiyorida emas edi.
O’rta podsholik davrida mayda mulkdorlar qatlami – nejeslar
shakllana boshladi. Boyib ketgan nejeslar kohinlar va amaldorlar safiga
kira boshladilar. Fir’avnlar eski aslzodalarni mavqeini pasaytirishga
urunib, davlat mansablariga o’rta qatlam vakillarini tayinlay
boshladilar.
39
Misr sivilizatsiyasi Fayyum vohasidagi ulkan sug’orish ishlarini
yakunlagan va yunonlar Labirint deb nom bergan ulkan tosh imoratni
barpo etgan Amenemxet II davrida gullab – yashnadi.
M.a. 1700 yil atroflarida sharqdan Misrga Janubiy Suriya va
Shimoliy Arabiston qabilalarining ittifoqidan iborat giksoslar bostirib
keldi. Shimoliy Misrda o’rnashib olgan bosqinchi giksoslar misrliklarni
yilqichilik, jang aravasi, janglarda otliq qo’shindan foydalanish bilan
tanishtirdilar.
Giksoslarga qarshi kurashni tashkil etgan Fiva nomining
hukmdori Yaxmos nafaqat bosqinchilarni quvib chiqdi, balki
mamlakatni birlashtirdi. Shu tariqa m.a. 1600 yil atroflarida Misr
sivilizatsiyasi Yangi podsholik davriga qadam qo’ydi.
Yangi podsholik davrida (m.a. 1580-1085 yy) Misr iqtisodiy
ko’tarilishni boshidan kechirdi va Sharqiy O’rtayer dengizida hukmron
mavqeni qo’lga kiritdi. Temir paydo bo’ldi, ammo u hali noyob metall
sifatida qabul qilinardi. Yangi podsholik davrida metallurgiya taraqqiy
etdi, yangi texnika va texnologiyalar joriy etildi. Masalan, teri bosqon,
takomillashgan omoch, shaduf va h.k.
Yangi podsholikning iqtisodiy yuksalishi fir’avnlarning
bosqinchilik siyosati bilan bog’liq edi. Janglarda toblangan qo’shin
Misr podsholarining tayanchiga aylandi. Jangchilar davlat ta’minotida
edi.
Fir’avn Tutmos I Misrni o’sha davrdagi kuchli davlatga
aylantirdi. Tutmos II dan so’ng taxtni uning bevasi Xatshepsut egallab
oldi. Taxminan m.a. 1500 yilda Tutmos III taxtga o’tirib, Tutmos I
boshlagan yurishlarni g’olibona davom ettirdi.
Qaram yerlar va Misr aholisini talanishi natijasida hukmron
tabaqa, ayniqsa ko’p sonli yaxshi uyushgan kohinlar tabaqasi boyib
ketgan. XVIII sulola davrida Fivadagi Amon ibdoatxonasi nihoyatda
katta obro’ – e’tiborga ega bo’lgan. Mamlakatda Amon ibodatxonasi
kohinlarining mavqei kuchayib, ular Misr iqtisodiy va ijtimoiy-
siyosiy hayotiga kuchli ta’sir ko’rsata boshlaganlar. Bu holat davlat
hokimiyatiga katta muammolarni tug’dirgan. Natijada Amenxotep IV
diniy islohot o’tkazgan. Amenxotep IV (m.a 1372-1354 yy) davrida
“quyosh shu’lasi” xudosi Aton birinchi o’ringa qo’yila boshlangan. Bu
fir’avnning o’z nomini Exnaton deb o’zgartirishida ham o’z ifodasini
topgan. Shu bilan birga Exnaton Fiva kohinlari bilan uzil-kesil suratda
aloqani uzib, Fivadan go’zal saroy va ibodatxonalar bilan bezalgan
yangi poytaxt Axetaton (Aton shahri) ga butun saroy amaldorlari va
40
yangi quyosh xudosining kohinlari bilan birga ko’chib kelgan va Aton
Misrning yagona va oliy xudosi deb e’lon qilinadi. Exnaton Fiva
kohinlari va nomlardagi quldor zodagonlarni qudratini vaqtincha
bo’shashtirishga muvaffaq bo’lgan. Exnatondan keyin taxtga o’tirgan
fir’avnlar uning diniy siyosatini davom ettira olmaganlar. Ulardan biri
Tutanxaton Fiva kohinlariga yon berib, Amon e’tiqodini qaytadan
tiklashga va hatto o’z ismini ham shunga yarasha o’zgartirib
«Tutanxamon» deb atashga majbur bo’lgan.
Ramzese I va Ramzese II davrida davom etgan xettlar bilan
urushlar m.a 1292 yilda tinchilik sulhi tuzish bilan yakunlandi. Ammo
Ramzese II vorislari davrida Misr endi liviyalik qabilalar va dengiz
xalqlari hujumidan himoyalanishga majbur bo’ldi.
So’nggi davrda (m.a. XI-V asrlar) Misr sivilizatsiyasi og’ir
damlarni boshidan kechirdi. Misr tarixining So’nggi davridagi
beqarorlik temirning sekinlik bilan joriy etilishi, sudxo’rlikning avj
olishi, jamiyatning erkinlar va qullarga yanada qat’iy bo’linishi,
mamlakatning tarqoqligi, Liviyalik yollanma qo’shin harbiy
tabaqasining shakllanishi, kohinlik lavozimlari uchun keskin kurash,
janubdan efiopiyaliklar, sharqdan ossuriyaliklarning bosqini bilan
ifodalanadi. Shunga qaramasdan Misr sivilizatsiyasi o’z yutuqlari va
erishgan natijalarini saqlab qoldi.
Misrning ozod etilishi va qayta birlashishi Sais sulolasi asoschisi,
yunon va krit yollanma qo’shiniga tayangan Psammetix I davrida yuz
berdi. Misrliklarning Suriya va Falastindagi hukmronligi qisqa
muddatga tiklandi, Kipr, Samos, Kirena bilan iqtisodiy aloqalar
o’rnatildi. Ammo m.a. 525 yilda Misr forslar, m.a. 332 yilda
Makedoniyalik Iskandar tomonidan bosib olindi. Fir’avnlar davridagi
Misr sivilizatsiyasi davri tugadi. Yana markazlashgan yagona davlatga
aylangan Misr uchun uch asrlik Ptolomeylar davri, ellinizm davri,
siyosiy va iqtisodiy qudrat davri boshlandi. Ushbu sulolani
Makedonskiyning sarkardasi Ptolomey I boshlab berdi va Kleopatra
yakunladi. Ptolomeylar Misri uning davrida Rim tomonidan bosib
olindi va Rim provintsiyalaridan biriga aylantirildi.
Dostları ilə paylaş: |