Nazorat uchun savollar:
1. Insoniyatning kelib chiqishi muammosiga sizning munosabatingiz?
25
2. Ibtidoiy insonlar ma’naviy dunyosining shakllanishiga ta’sir
ko’rsatgan omillar?
3. Neolit inqilobining sivilizatsiya poydevorining yaratilishida tutgan
o’rniga baho bering.
4. Nima uchun aynan eneolit davrida sivilizatsiyaga o’tish sodir bo’ldi?
3-mavzu. Ikki daryo oralig’ining (Mesopotamiya) qadimgi
sivilizatsiyasi
Asosiy savollar:
1. Mesopotamiya sivilizatsiyasining shakllanishi va taraqqiyoti
2. Qadimgi Mesopotomiya madaniyati.
1-savolning bayoni:
Dunyodagi eng qadimgi sivilizatsiyalardan biri Dajla va Frot
oralig’ida joylashgan Mesopotamiyada vujudga kelgan. Ushbu
sivilizatsiyaning shakllanishi qulay geografik sharoitlarda kechdi.
Ikkidaryo oralig’i sivilizatsiyasi yutuqlarining asosiy o’zagini
Xassun madaniyati (m.a. VI m.y.) tashkil etdi. Uning belgilari – ko’p
xonali paxsa imoratlar, metall buyumlarning paydo bo’lishi, naqsh
bilan bezatilgan sopol idishlar o’troq dehqonlar va chorvadorlar
turmush tarzidan dalolat beradi.
Dajlaning yuqori oqimida shakllangan Xalaf madaniyati (m.a. V
m.y) aylana shaklli paxsa imoratlari, yupqa devorli monoxrom va
polixrom sopol idishlari, ayollar haykalchalari bilan ajralib turadi.
Xalafliklarda hunarmandchilik dehqonchilikdan ajralib chiqqan,
ayirboshlash asosidagi savdo paydo bo’lgan.
Elamning tog’li hududlari va Shimoliy Mesopotamiya
qabilalarining ko’chib kelishi tufayli Mesopotamiya janubida m.a. V
m.y.da Ubayd madaniyati shakllangan va keng tarqalgan. Ushbu
madaniyatga monoxrom naqshli sopol idishlar, sopol o’roqlar va boshi
afsonaviy mahluqlar tarzida yasalgan ayol haykalchalari xos bo’lib,
aholining asosiy mashg’uloti qishloq xo’jaligidan iborat bo’lgan.
Ubaydliklar katta va murakkab sun’iy sug’orish tizimlari barpo eta
boshlashgan. Ishlab chiqarishning ixtisoslashuv jarayoni faol tarzda
borgan. Turarjoylardan tashqari mahobatli va diniy inshootlar barpo
etilgan. Hunarmandlar, savdogarlar, kohinlar ajralib chiqqan. Shunday
qilib, Ubayd davrida Shumer madaniyatining asoslari shakllangan.
M.a. IV ming yilliklarda janubiy Mesopotamiyada shumer
manzilgohlari paydo bo’lgan. Olimlarning fikricha, shumerlar janubiy
26
Mesopotamiyaning ilk aholisi bo’lmagan, chunki ular Frоt vа Dаjlаning
quyi оqimlаrini o’zlashtirgan davrda mavjud bo’lgan ko’plab
toponimik nomlar shumer tiliga oid emas. Bora-bora shumerlar butun
Mesopotamiyani (shimоldа –hоzirdа Bоg`dоd jоylаshgаn hududdаn,
jаnubdа – Fоrs qo`ltig`igаchа) egallashgan.
Shumеrlаrning ilk vatani hаnuz аniqlаnmаgаn. Shumеrlаr
an’anasiga ko’ra, ulаr Fоrs ko`rfаzidagi Dulmun оrоlidаn (hozirgi
Bahrayn) kеlishgan. Shumеrlаrning tili bоshqа tillаr bilаn аlоqаdа
bo`lmаgаn. Оlimlаrning shumеr tilining turkiy, kаvkаz, etrusk vа
bоshqа tillаr bilаn qаrindоshligini аniqlаshgа bo`lgаn urinishlаri ijоbiy
nаtijа bermadi.
Mesopotamiyaning shimoliy qismida m.a. III ming yillikning
birinchi yarmidan semitlar istiqomat qilgan. Ular qadimgi Old Osiyo va
Suriya dashtlarining chorvador qabilalari bo’lishgan. Mesopotamiyaga
kelib o’rnashgan qabilalar guruhining tili sharqiy semit yoki akkad tili
deb atalgan. Bir necha asrlar davomida semitlar shumerlar bilan yonma-
yon yashashgan, so’ngra ular janubga siljib, III ming yillik oxirida
butun janubiy Mesopotamiyani egallashgan. Shumer tili serharakat
chorvador akkadlar tili tomonidan siqib chiqarilgan. Turli tillarda
so’zlagan xalqlar o’rtasida etnik nizolar bo’lmagan. Qaysi tilda
so’zlashmasin, butun Mesopotamiya aholisi o’zlarini qora boshlilar
deb atashgan.
M.a. III ming yillik oxirida Mesopotamiyaga Suriya dashtlaridan
g’arbiy semit chorvador qabilalari kirib kela boshlagan. Ularni
bobilliklar amoriylar (аkkаdchа “Аmmuri”, “Suriya” yoki “g`аrb”) deb
atashgan. M.a. III ming yillikdan boshlab shimoliy Mesopotamiyada
kutiy yoki gutiy qabilalari istiqomat qilishgan. Qadimgi davrlardan bu
yerda xurrit qabilalari ham yashagan. Shimoliy Mesopotamiyada
xurritlar o’zlarining Mitanni davlatini barpo etishgan. G`аrbiy sеmit
guruhigа mаnsub kаssit qаbilаlаri shimоliy-g`аrbiy Erоndа, elаmlаrdаn
shimоldа yashagаn.
M.a. II ming yillikning ikkinchi yarmida Shimoliy Arabistondan
Suriya dashtlariga, Shimoliy Suriya va Mesopotamiyaga oromiy
qabilalarining kuchli to’lqini kirib keldi. M.а. Х аsrdа jаnubiy
Mеsоpоtаmiyagа оrоmiylаrgа qаrindоsh хаldеy qаbilаlаri kеlib
o`rnаshdi.
M.a.
IV
m.y.
ning
ikkinchi
yarmidan
Mesopotamiya
sivilizatsiyasining taraqqiyotida Uruk madaniyati (IV m.y. 2- yarmi –
III m.y.) deb nom olgan yangi davr boshlandi. Aynan shu davrda
27
Shumer
sivilizatsiyasining
iqtisodiy
va
madaniy
asoslarining
shakllanishi nihoyasiga yetdi.
M.a. IV ming yillikning oxirlarida Mesopotamiya janubida qator
shahar-davlatlar Eredu, Ur, Larsa, Uruk va Kish kabilar paydo bo’ldi.
Hunarmandchilik yuqori darajada rivojlandi. Metallurgiya sanoati
birinchi o’ringa chiqib oladi. Savdo hunarmandchilikdan ajralib
chiqadi. Yerni sotish va sotib olish boshlandi. Qulchilik munosabatlari
rivojlanadi. M.a. III ming yillik boshlaridan shumerlar jezni o’zlashtira
boshladilar. Shu davrdan arxeologlar Ilk sulola davrini (m.a. 2750-
2315-yillar atrofi) belgilaydilar. Shumer an’anasi esa mamlakat tarixini
“to’fon”gacha va “ to’fondan” keyingi davrga bo’ladi.
Shumer jamiyatida qullardan tashqari o’z yeri bo’lmagan yoki
yeridan ajralgan, boshqa jamoalardan kelganlar, kambag’al oilaning
kichik a’zosi ibodatxonaga bag’ishlangan qaram kishilar ko’p bo’lgan.
Bu qaram kishilar ibodatxona va xususiy xo’jaliklarda qullar qatorida
mehnat qilganlar. Ilk sulola davrida Shumer jamiyatining hukmron
qatlamini quldorlar tashkil qilgan. Bu qatlamga urug’ zodagonlari,
oliy kohinlar, ma’muriyat vakillari bo’lgan amaldorlar kirgan. Mayda
ishlab chiqaruvchilar qatlamini kichik yer uchastkasiga ega bo’lgan
hududiy va katta oilalarga birlashgan oddiy jamoachilar tashkil qilgan.
Shumer jamiyatida yer egaligi ikki qismdan -jamoa va ibodatxona
yerlaridan iborat bo’lgan. Shahar-davlat tepasida “En” (janob)-oliy
kohin turgan, ehtimol u saylab qo’yilgan. “En” ning vazifasi kohinlik,
ibodatxona ma’muriyatini boshqarish, ibodatxona, shahar qurilishi-
sug’orish inshootlarini barpo qilish, boshqa jamoa mulki hamda uning
iqtisodiyotini boshqarish bo’lgan. M.a. III ming yillik o’rtalarida “En”
unvoni o’rniga “Ensi” (“kohin-quruvchi” shahar boshqaruvchisi) va
“Lugal”-(“katta odam”, “podsho”, akkadcha “sharru”) paydo bo’ladi.
Shumer tarixini u yoki bu markazning siyosiy yetakchiligiga
qarab m.a. III ming yillikning birinchi yarmida Ilk sulola davrini
tashkil qilgan uch bosqichga bo’lish qabul qilingan. Dastlab Kish (
m.a. XXVIII—XXVII a.), so’ngra Uruk (m.a. XXVII—XXVI a.) va
uchinchi bosqichda Ur ( m.a. XXV—XXIV a.) yetakchilik qilgan.
Vaqt o’tishi bilan ziddiyatlar kuchayib, Ur zaiflashib qo’shni
Lagash shahri kuchayib ketadi. Lagash deyarli barcha Shumer
shaharlarini bo’ysundiradi, Elam ustidan g’alaba qiladi. Ammo ichki
ziddiyatlar
Lagashni
zaiflashtiradi.
Lagashning
ichki
qiyinchiliklaridan foydalangan Umma shahri podshosi Lugalzagissi
28
m.a. XXIV asr oxirida Lagashni bosib olib, butun Shumerda chorak
asr yetakchilik mavqeiga ega bo’ladi.
O’zini Sharrum-ken (“haqiqiy podsho”) deb atagan Sargon (m.a.
2316-2361 yy) Shumer shimolidagi Akkad davlatiga asos soldi va
butun Shumerni istilo qildi. Sargon butun Mesopotamiyani Akkad
davlati qo’l ostiga birlashtiradi. Bundan tashqari u Kichik Osiyo, Kipr,
Suriya, Elam va hatto uzoq Janubiy Erongacha harbiy yurishlar qiladi.
Sargon davlati oldingi Mesopotamiya davlatlaridan farq qilgan
holda markazlashgan davlat edi. Sargon va uning vorislari davrida
mamlakatda iqtisodiyot, tovar-pul munosabatlari, sun’iy sug’orishga
asoslangan dehqonchilik yuksaladi.
Akkad podsholigining qudratiga Mesopotamiyaga Zagros
tog’laridan bostirib kirgan tog’li qabilalardan bo’lgan kutiylar chek
qo’yganlar. Lagash hokimlari kutiylar yordamiga tayanib boshqa
shaharlar ustidan ma’lum darajada hukmronlik qildilar. Kutiylar
Mesopotamiyada yuz yilga yaqin hukmronlik qilganlar. Kutiylar Ur
podshosi Utuxengal tomonidan tor-mor qilinadi va III Ur sulolasi
(m.a. 2112-1996 y.) hukmronligi boshlanadi. Shumer-akkad
podsholigining davlat boshqaruvi III sulola davrida qadimgi Sharq
podsho hokimiyatining tugallangan shakli edi. Uning eng mashhur
hukmdori Shulgi o’z shahsini to’liq ilohiylashtirishga muvaffaq
bo’lgan.
Mamlakat okruglarga bo’lingan, ularni endilikda oddiy
amaldorlarga aylangan ensilar boshqargan va podshoga boj to’lagan.
Yagona davlat xo’jaligi mavjud bo’lib, unda mehnat qilganlar gurushlar
va cho’rilar deb atalgan.
Iqtisodiy tushkunlik, amoriy ko’chmanchi qabilalarining hujumi,
Ur sulolasining yemirilishi siyosiy tarqoqlikka olib keldi. Amoriy va
Akkad davlatlari bir-birlari bilan shafqatsiz urushlar olib bordilar. M.a..
1800-yillar atrofida Mesopotamiya janubini Larsa podsholigi, markazni
Bobil shahri va Eshnunna, Yuqori Mesopotamiyani va Mari
podsholigini M.a. XIX asr oxirida amoriy hukmdor Shamshi-Add
(m.a. 1824-1870-yillar atrofida) davlati egallab olgan edi.
Bu davlatlar o’rtasida uzoqqa cho’zilgan urushlar bo’lib o’tdi. Bu
kurashlar davomida sekin-asta Bobil shahri yuksala boshlaydi. Bu
shaharda I-Bobil yoki amoriylar sulolasi hukmronlik qilib uning
boshqaruvi tarixda qadimgi Bobil (m.a. 1894-1595 yillar) davri deb
nom oldi.
29
Bobilning gullab-yashnashi I-Bobil sulolasining oltinchi podshosi
Xammurapi
(m.a.
1792-1750
yillar)
davriga
to’g’ri keladi.
Xammurapining hukmronligi davomida Bobil kichik shahardan butun
Mesopotamiyani birlashtirgan yangi qudratli davlatning poytaxti, Old
Osiyoning yirik siyosiy–iqtisodiy va madaniy markaziga aylanadi.
Bobil iqtisodiyotida sodir bo’lgan keskin o’zgarishlar faol huquqiy
faoliyat bilan bog’liq edi. Xammurapining 282 moddadan iborat
qonunlari Bobil sivilizatsiyasining ajoyib yodgorliklaridan biridir.
M.a. 1742-yilda Mesopotamiyaga shimoli-sharqdan bu yerda
avval noma’lum bo’lgan “kass” etnomidagi hind-yevropa qabilalari
bostirib kiradilar. Janubda Elam shumer shaharlariga bostirib kiradi.
M.a. 1595 - yildan Bobilda kassit sulolasining hukmronligi boshlanib,
1055 - yilgacha davom etadi. Bu davr “O’rta Bobil davri” deb ataladi.
Kassitlar Bobilni yuksak madaniyatini qabul qiladilar. Kassit sulolasi
keng qamrovli tashqi siyosat olib bordi.
M.a. XII asrda Elam kassitlar sulolasi hukmronligini tugatadi.
Navuxodonosor I (m.a. 1124-1108-yillar) II Issin sulolasi davrida
elamliklar Bobildan haydab yuboriladi.
Bobilning keyingi tarixida Dajla, Frot daryolari, Fors qo’ltig’i
qirg’og’i va janubiy Mesopotamiyaning shaharlari oralig’ida
joylashgan xaldey qabilalari muhim o’rinni egalladilar. Ular yarim
ko’chmanchi chorvador va dehqonlar edilar. Xaldeylar M.a. IX asrda
Bobilning janubiy qismini bosib oladilar va Bobil madaniyatini qabul
qiladilar.
Qadimgi Ossuriya dastlab markazi Ashshur bo’lgan kichik
hududni o’z ichiga olgan edi. M.a. XVIII asr o’rtalarida Ashshur
Bobilga qaram bo’lib qoldi. M.a. XVI asrda Bobil sulolasi qulagach,
Ashshur qudratli qo’shni davlat Mitannining tazyiqiga qarshi Misr
bilan diplomatik aloqa o’rnatadi. Bunga qarshi m.a. XV asr o’rtalarida
Mitanni Ashshurni bosib oladi. Keyingi davrda Ashshur Bobilning
hukmronligini tan olish evaziga Mitanni zulmidan ozod bo’ladi va bir
qancha vaqt o’tgach, Bobildan to’la mustaqil bo’ladi.
M.a. XIV asrda Ossuriya qudratli davlatga aylandi. Zaiflashib
qolgan Mitanni xettlar tazyiqiga qarshi Ossuriyaga ittifoqchi sifatida
chiqadi. Tez orada Ossuriya xettlarni yuqori Mesopotamiyadan haydab
chiqarib, Frot daryosiga chiqadi. Natijada Mitannining sharqiy
viloyatlari, bu yerdagi diniy markaz Nineviya bosib olinadi. Mitanni,
m.a. 729-yilda Bobil ham Ossuriya ta’siri ostiga tushib qoldi.
30
Ossuriya katta-katta hududlarni bosib olishi natijasida hududlar,
shaharlarda savdo-hunarmandchilik, dehqonchilik va chorvachilik
rivojlanadi. Metallurgiya, qurolsozlik sohalari yuqori darajada
taraqqiy qiladi. Talonchilik urushlardan olingan ko’plab o’ljalar va
qullardan Ossuriya shahar va qal’alarni qurishda keng foydalaniladi.
Ossuriyaliklar Bobilda m.a. VII asrgacha hukmronlik qiladilar.
Yangi Bobil podsholigini paydo bo’lishi m.a. 629-yilga to’g’ri keladi.
Lashkarboshi Nabopalasar Bobilda yangi xaldey sulolasiga asos soldi.
Navuxudonosor II ning hukmronlik yillari Bobilning gullab-yashnagan
davri bo’ldi. Navuxodonosor II vafotidan so’ng Bobil zaiflashadi.
M.a. 539 - yilda Bobilni Eron podshosi Kayxusrav II bosib oldi.
Bobil m.a. 331-yilgacha Ahamoniylar davlati tarkibiga kiradi, keyin esa
Makedoniyalik Iskandar davlatiga, uning yemirilishidan so’ng
Salavkiylar davlati tarkibiga kiradi.
Dostları ilə paylaş: |