маъруза соат



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/49
tarix23.03.2023
ölçüsü1,14 Mb.
#89371
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   49
l -b -qodirova-jahon-sivilizatsiyalari

2-savolning bayoni: 
Antik yunon madaniyati uzoq vaqt davomida rivojlanib bordi. 
Yunon madaniyatining eng qadimgi tarixi “Egey” yoki “Krit-Miken” 
madaniyati bilan boshlanadi. Kritda o’ziga xos chiziqli yozuv bo’lgan.
Bu davrda hashamatli me’morchilik kompozitsiyalari, podsho 
saroylari, tasviriy va amaliy-dekorativ san’at namunalari yaratilgan. 
Shunday nodir yodgorliklardan biri ingliz arxeologi A.Evans 
tomonidan Kritdan topilgan Knoss saroyining qoldiqlaridir. Knoss 
saroyida ustunlardan keng foydalanilgan. Saroy devorlariga suratlar 
ishlangan, pollari esa bejirim naqshlar bilan bezatilgan. “Parijlik ayol” 
deb nom olgan tasvirda shaffof materiallardan to’qilgan libos kiyib 
olgan ayol tasvirlangan. Monumental haykaltaroshlik belgisi bu yerda 
uchramaydi. Lekin amaliy-dekorativ haykaltaroshlik va zargarlik 
san’ati borasida kritliklar nodir yodgorliklar qoldirganlar.
Krit madaniyati inqirozga yuz tutgach, Egey madaniyatining 
markazi yunon materigiga - Peloponnes yarim oroliga ko’chdi. 
Bizgacha Mikena va Tirinfdagi baland tepaliklar ustiga m.a. XIV-XIII 
asrlarda qurilgan qal’alar, qo’rg’onlar yetib kelgan. Bu qo’rg’onlarning 
devorlari og’irligi 12 tonnagacha keladigan toshlardan qurilgan bo’lib, 
devorning qalinligi 6-10 m. hatto undan ham ortiq bo’lgan. Masalan, 
Tirinf qo’rg’oni devorining saqlanib qolgan qismining qalinligi -4,5 m, 
balandligi -7,5 m. Mikena qo’rg’onining markaziy darvozasi “Sherlar 
darvozasi” deb nomlangan. Darvoza atrofi yaxlit katta toshlardan 
qurilgan, tepasiga ustunlarni ushlab turgan ikki sherning bo’rtma tasviri 
ishlangan. Bu ustun Mikena podsholari qudrati va birligining ramzi 


112 
bo’lgan.
Eramizdan avvalgi XII asr o’rtalarida Bolqon yarim orollarining 
shimolidan janubga tomon siljiy boshlagan doriy qabilalarining Egey 
orollaridagi davlatlarni bosib olishi Peloponesdagi Egey madaniyatini 
tugashiga sabab bo’ldi. Lekin uning keyingi ellin madaniyatiga ta’siri 
kuchli bo’ldi.
Elladaliklar Egey madaniyatining eng yaxshi yutuqlarini 
o’zlashtirdilar. Ular Krit-Miken diniy-mifologik tushunchalarini qabul 
qildilar. Kulolchilik, mayda plastika san’ati an’analari Ellada san’ati 
taraqqiyotida davom ettirildi.
  
Qadimgi Yunoniston tarixining Gomer davri san’ati va 
madaniyatini o’rganishda “Iliada” va “Odisseya” dostonlari qimmatli 
manba hisoblanadi. Mikena yozuvlarining o’qilishi shu davrga oid 
ma’lumotlarning kengayishiga yordam berdi. Gomer davrida 
hunarmandchilik, ayniqsa, kulolchilik va u bilan bog’liq bo’lgan 
ko’zaga gul solish san’ati ravnaq topgan. Dastlabki ishlangan 
kulochilik buyumlari - ko’zalarda qadimgi yunon amaliy-dekorativ 
san’atining o’ziga xos xususiyatlari namoyon bo’ladi. Bu ko’zalar 
yuzasiga geometrik naqshlar, o’simliklardan ishlangan naqshlar, 
hayotiy voqealarni sxematik talqin etuvchi tasvirlar ishlangan bo’lib, 
ularning shakli ko’rkam, naqshlar kompozitsiyasi aniq (“Dipilon 
ko’zalari”).
Arxaika davrida Gretsiyada ilmiy fikrlar rivojlanadi. Tibbiyot, 
astronomiya, tarix, geografiya, matematika taraqqiy qildi, poeziya, 
adabiyot, teatr kamol topdi. Yunonlar o’zlaridan avvalgi xalqlar, Sharq 
mamlakatlari - Bobil, Misrning fan va madaniyat borasidagi yutuqlarini 
chuqur o’rganib, o’zlarining betakror san’at va madaniyatlarini 
yaratishga muyassar bo’ldilar.
Yunon dunyoqarashi uchun politeizm va tabiatning jonliligi 
haqidagi tasavvurlar xos. Arxaika davrida umumyunon xudolari 
panteoni shakllandi. Bunga misol-Gesiodning “Teogoniya” poemasi. 
Siyosiy tarqoqlik va kohinlar tabaqasining yo’qligi tufayli yunonlarda 
yagona din shakllanmadi. Ko’plab bir-biriga yaqin diniy tizimlar 
vujudga keldi.
Arxaika davri–me’morchilikning shakllanish davridir. Bu
shaharlarning rivojlanishi va qurilishi bilan bog’liq. Bu davr uylari 
sodda va primitiv, asosiy e’tibor mahobatli me’morchilik, birinchi 
navbatda ibodatxonalarga qaratilgan. Yunon ibodatxonalari bir necha 
tipda bo’lib, bularning ichida eng keng tarqalgan tipi peripter 


113 
hisoblangan. Bu tipda qurilgan binoning markaziy qismi muqaddas yer-
sella bo’lib, atrofi esa ustunlar bilan o’ralgan. Yunon 
me’morchiligining o’zga xos xususiyati – orderlar tizimining 
qo’llanilishidir.
Arxaika davrida yunon monumental haykaltaroshligi kamol topa 
boshladi. Persey va Gerakl qahramonligiga, xudolar va gigantlar 
jangiga bag’ishlangan kompozitsiyalar shu davr haykaltaroshligi 
mahsulidir.
Arxaika davrining ko’zaga surat solish san’ati dastlab qora 
figurali vazalarda namoyon bo’ldi. Ayniqsa qora figurali vazalar 
ishlash san’ati m.a. VI asrning II-III choragida rivojlangan. Mashhur 
ustalardan biri, rassom Klitiy bo’lgan. U jahonga mashhur bo’lgan 
“Fransua vazasi”ni bezatgan. Keyinroq qizil figurali vazalar ishlash 
keng tarqaldi. Qizil figuralarda tasvirlangan obrazlar, tasvirlar 
ko’zaning tabiiy rangi - pishirilgan loy rangida (qizg’ish, qizg’ish 
jigarrang) qoldirib, fon, qolgan bo’shliq esa qora lak bilan bo’yab 
chiqilgan. Bu uslub voqelikni real tasvirlashda katta imkoniyatlarga ega 
bo’lib, m.a. VI asrning 3-choragidan IV asrgacha davom etdi.
Arxaika davrining eng katta yutug’i yunon yozuvining paydo 
bo’lishidir. Finikiya bo’g’inli tizimini o’zgartirgan holda yunonlar 
axborotni aks ettirishning oddiy usulini yaratdilar.
Yevropa madaniyati uchun ulkan ahamiyatga ega bo’lgan 
falsafaning vujudga kelishi ham arxaika davri bilan bog’liq. Yunon 
falsafasining ilk shakli - naturfilosofiya taraqqiyoti faylasuflar Fales, 
Anaksimen, Anaksimandr nomlari bilan bog’liq. Bu davrda 
pifagorchilar maktabi ham yuzaga keldi. 
Eramizdan avvalgi V asrning ikkinchi yarmidan boshlab, Gretsiya 
madaniy ravnaqining oltin davri boshlandi. Yangi an’analar dastlab 
shaharsozlikda ko’zga tashlandi. Bu davrda miletlik Gippodamaning 
shahar qurilishi borasidagi sistemasi muhim rol o’ynadi. Shu plan 
asosida qurilgan Milet, Olinf shaharlarining ko’chalari ochiq va keng 
prospektlardan tashkil topgan. V asrning birinchi yarmida doriy 
me’morchiligining mashhur namunasi bo’lgan Olimpdagi Zevs 
ibodatxonasi barpo etildi. 
San’atning hamma tur va janrlari rivojlanib, yuqori klassika davri 
kishilarining estetik ideal haqidagi tushunchalarini mukammal badiiy 
obrazlarda ko’rsatadi. Bu taraqqiyotda, so’zsiz, shu davrning yirik 
davlat arbobi Perikl muhim rol o’ynadi. Yuqori klassika davrida Afina 
akropoli o’zining tugal ko’rinishini egalladi. Perikl tashabbusi bilan 


114 
Afinaning ichki qal’asi - Akropol qayta tiklandi. Bu qal’a Eron-Yunon 
urushida vayron bo’lgan edi. M.a. V asrning uchinchi choragida bu 
yerda Parfenon, katta darvozaxona - Propiley, qanotsiz g’alaba 
ma’budasi Nikaga atab qurilgan Nika Apteros qad ko’tardi. Bu binolar 
badiiy bezakka boy bo’lgan. Masalan, Propiley devorlari davlatning 
jangovor o’tmishini tasvirlovchi suratlar bilan bezatilgan. Akropolning 
ochiq maydonida Afina davlatining kuch-qudratini va ulug’ligini o’zida 
ifodalab, yunon tarixida birinchi bor umumellin birligini namoyish 
etuvchi 
me’morchilik 
ansambli 
edi. 
Yunon 
klassikasi 
me’morchiligining beqiyos namunasi, yuksak aql-zakovat mevasi va 
afinaliklar homiysi bo’lgan Afina ma’budasiga bag’ishlangan Porfenon 
ibodatxonasi hisoblanadi. U m.a. 447-438 yillarda me’morchilik Iktin 
va Kallikrat tomonidan qurilgan. Parfenon ibodatxonasining bezak va 
haykallari esa davrning buyuk haykaltaroshi, Periklning yaqin safdoshi 
Fidiy rahbarligida bajarilgan.
Bu davrga kelib, haykaltaroshlik yuksak kamolot davriga qadam 
qo’ydi. Haykaltaroshlar endilikda odam qomati va yuz tuzilishini 
to’g’ri tasvirlabgina qolmasdan, o’z asarlarida murakkab harakatlarni 
ham ifodashga, kompozitsiya echimining hayotiy bo’lishiga, inson 
ma’naviy olamining turli qirralarini yoritishga alohida e’tibor bera 
boshladilar. Bu xususiyat klassika davrining buyuk haykaltaroshlari 
Miron (“Diskobol”, “Afina va Marsiy”), Poliklet (“Dorifor”, 
“Diadumen”), Skopos (“Menada”) ijodida sezilarli edi. Klassika davri 
tasviriy san’atida ham oealistik an’analarga intilish kuzatiladi. Bu 
davrdagi rangtasvir rivoji Polignot va Appolodorlar nomi bilan bog’liq.
M.a. V asr dramatik san’atning gullab-yashnash davridir. Esxil, 
Safokl, Evripdlar yaratgan tragediyalar, Aristofan yaratgan komediyalar 
o’z davrining muhim muammolarini ochib berishga xizmat qilgan.
M.a. V asrda eng yirik yunon tarixchilari Gerodot va Fukidid o’z 
asarlarini yaratdilar va tarix ilmi rivojiga ulkan hissa qo’shdilar.
Klassika davrida yunon falsafasi ham o’ziga xos tarzda rivoj 
topdi. Geraklit, Empedokl, Anaksagor, Levkipp, Demokrit, Protagor, 
Sokrat kabi faylasuflar bu davrda turli falsafa maktablariga asos 
soldilar.
Ellinizm 
davri 
me’morchiligi 
o’zining 
hashamatliligi, 
dabdabadorligi va katta hajmga intilishi bilan xarakterlanadi. 
Me’morchilik nazariyasi rivojlanadi Uning bosh maydoni atrofi esa 
turli ijtimoiy binolar bilan o’ralgan. 
Ellinizm davri madaniyati yaxlit tusga ega emas edi, u har bir 


115 
hududda mahalliy an’anaviy va yunon madaniyatining o’zaro ta’siri
natijasida shakllangan edi. Shu bilan birga ellinistik madaniyatni 
umumiy xususiyatlarga ega bo’lgan yaxlit hodisa sifatida baholash 
mumkin. Ellinistik madaniyatning vujudga kelishida ellin turmush tarzi 
va ellin ta’limotining tarqalishi muhim omil bo’ldi.
Ellinistik shaharlar o’ziga xos qiyofaga ega edi. Masalan, Misr 
Ptolemeylar podsholigining poytaxti Aleksandriya ellinistik dunyoning 
yirik madaniy-siyosiy markazi, yirik port shahri edi. Bu davrda jamoat 
binolarining yangi tiplari paydo bo’ldi: kutubxonalar (Aleksandriya, 
Pergam va b.), Museyon (Aleksandriya, Antioxiya), spetsifik binolar- 
120 metrlik Faross mayog’i va Afinadagi Shamollar minorasi.
Ellinizm davrida sharq va yunon dunyosida to’plangan 
bilimlarning solishtirilishi uning klassifikatsiyasi va yanada taraqqiy 
etishiga asos bo’ldi. Matematika (Evklid, Appoloniy, Arxime), 
astronomiya (Kiden, Naburian, Aristarx, Gipparx), geografiya 
(Erastofen, Posidoniy, Gippal, Strabon), botanika (Feofrast), meditsina 
(Gerofil xalkedonskiy, Erasistrat) kabi fanlarda ulkan yutuqlar qo’lga 
kiritildi.
Adabiyotda eski janrlar-epos, tragediya, lirika, ritorika va tarixiy 
proza yanada rivojlandi va yangi janrlar-filologik tadqiqotlar, lug’atlar, 
biografiyalar va h.k. yuzaga keldi.
Monumental haykaltaroshlik bu davrda yanada rivoj topdi. 
Ellinistik haykaltaroshlikka mifologik mavzular, mahobat, murakkab 
kompozitsiyalar xos. Masalan, Rodos kolossi-Xeres tomonidan 
yaratilgan Geliosning 35 metrlik bronza haykali san’at va texnika 
mo’’jizasi edi. Pergamdagi Zevs mehrobida aks ettirilgan xudolar va 
gigantlar kurashi sahnalari ( uzunligi 120 m.) dinamikasi, ifodaliligi va 
dramatizmi bilan ajralib turadi. Bu davrda Lisipp, Skopas va Praksitel 
an’analarini davom ettirgan rodoss, pergam va aleksandriya 
haykaltaroshlik maktablari shakllandi. Aleksandrning “Melos orolidagi 
Afrodita” (“Venera Miolsskaya”), noma’lum haykaltaroshlarning 
“Samofrakiya orolidagi Nika”, “Anadiomen Afroditasi”, Agesandr, 
Polidor va Afinodorlar tomonidan yaratilgan “Laokoon”, “Farnez 
buqasi”, “O’layotgan gall”, “O’zi va xotinini o’ldirayotgan gall” kabi 
asarlar ellinistik haykaltaroshlikning durdonalaridir.
Portret haykaltaroshligi va rangtasviri ham yuksak darajada 
taraqqiy etdi. Bu haqida Fayum vohasi portretlari orqali xulosa 
chiqarish mumkin.
Ellinistik davrdagim tarixiy va falsafiy asarlarda insonning 


116 
jamiyatga, o’z davrining siyosiy va ijtimoiy muammolariga munosabati 
aks etgan. Bu davr falsafasida kiniklar va skeptiklar maktabining roli 
o’sdi. Stoiklar va Epikur falsafasi yangi davrning dunyoqarashining 
asosiy xususiyatlarini o’zida aks ettirdi.
Ellinistik davr diniy e’tiqodlarida ham yunon va sharq diniy 
tasavvurlarining o’zaro ta’sirini ko’rish mumkin. Bu davrda an’anaviy 
yunon xudolari bilan bir qatorda sharq xudolariga (Aarapis, Isida, 
Kibela) topinish ham keng tarqaldi. Ellinistsik podsholar, qadimgi 
Sharq an’analaridan foydalangan holda podsholarga topinishni keng 
yoyishga harakat qilardilar.
Rim tomonidan ellinistik davlatlarning zabt etilishi, Sharqiy 
O’rtayer dengizi mamlakatlariga siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy 
munosabatlarning rimcha shaklining yoyilishi o’z navbatida aks 
ta’sirga ega edi-Rimga ellinistik madaniyat, mafkura va ijtimoiy-siyosiy 
tuzilmalar kirib kela boshladi. Ellinistik dunyoning ko’plab 
xususiyatlari Rim imperiyasi tomonidan meros qilib olindi. 
Назорат саволлари: 

Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin