Nazorat savollari:
1. Rim sivilizatsiyasining yunon sivilizatsiyasi bilan umumiy
xususiyatlarini ko’rsating.
2. Antik sivilizatsiyaning bugungi kunga qadar o’z dolzarbligini
yo’qotmagan yutuqlarini sanab bering.
16-mavzu: Vizantiya va Rossiya sivilizatsiyalari
Asosiy savollar:
1. Vizantiya sivilizatsiyasi va uning ahamiyati
2. Rus sivilizatsiyasi va uning o’ziga xos xususiyatlari
1-savolning bayoni:
Sivilizatsion taraqqiyotning Qadimgi davrdan keyingi bosqichi
O’rta asrlar bo’ldi. Bu davrda Vizantiya sivilizatsiyasi alohida, yetakchi
o’rin tutdi.
Vizantiya tarixi 324 yilda Bosfor bo’g’ozidagi qadimgi Vizantiy
shaharchasi o’rnida Rimning yangi poytaxti Konstantinopolga asos
solinishi bilan boshlanib, 1453 yilda turklar tomonidan bosib
olinishidan so’ng yakun topdi. Mustaqil davlat va sivilizatsiya sifatida
esa uning tarixi Rim ikki qismga parchalanib ketgan 395 yildan
boshlanadi.
Konstantinopol Rim imperiyasining Yevropa va Osiyo qismlari
tutashgan nuqtada, Sharq va G’arb chorrahasida joylashgan edi.
Darhaqiqat Vizantiya sivilizatsiyasi antik meros va sharqiy – xristian
maslagining o’ziga xos sintezi edi. Uning tabiiy-geografik o’rni muhim
savdo yo’llarini nazorat qilish, bo’g’ozlar ustidan harbiy-strategik
jihatdan hukmronlik qilish imkonini berardi. Vizantiya chegaralari
uning ming yildan ortiq tarixi davomida o’zgarib turdi, biroq o’zining
qudratga erishgan davrida Vizantiya Bolqon yarim oroli, Kichik Osiyo,
Shimoliy Mesopotamiya, Armanistonnig bir qismi, Suriya, Falsatin,
Misr, Krit va Kipr orollari, Qrimdagi Xersones, Kavkazdagi Lazika.
Arabistonning ayrim hududlarini o’z ichiga olgan.
Vizantiyaga kiruvchi viloyatlar iqtisodiy imkoniyatlari jihatidan
bir xil emas edi. Hunarmandchilik taraqqiyoti jihatidan Vizantiya
g’arbiy Yevropa mamlakatlaridan oldinda turgan. G’arbiy Yevropadan
farqli o’laroq Vizantiyaning ichki xo’jalik hayoti nisbatan barqaror edi.
125
Vizantiya aholisi etnik jihatdan rang-barang bo’lib, uning katta qismini
yunonlar tashkil etgan, bu yerda shuningdek suriyaliklar, yahudiylar,
armanlar, gruzinlar, koptlar (Misrda) istiqomat qilgan. Rimliklar
ozchilikni tashkil etgan. X asrga kelib Vizantiyaning aholisi 20-25 mln.
kishini tashkil etgan. VII asrga qadar lotin tili ustunlik qilgan, ammo
vaqt o’tishi bilan yunon tili davlat tiliga aylandi.
Vizantiya sivilizatsiyasi rivojida uch davr ajratiladi. Ilk davrda
(IV-VII asrning birinchi yarmi) Vizantiya davlatchiligi shakllandi va
xristianlik yetakchi dinga aylandi. O’rta davr (VII asrning ikkinchi
yarmi - XII asr) Vizantiya sivilizatsiyasining gullab-yashnagan davri
bo’lib, bu davrda cherkov va davlat uyg’unlashdi, yagona xristian
cherkovi G’arbiy va Sharqiy qismlarga parchalanib ketdi, qonunni
kodifikatsiyalash yakunlandi, yunon tili davlat tiliga aylandi. So’nggi
davr (XIII-XVasrlar) tushkunlik belgilari yuzaga chiqdi va sivilizatsiya
emirila boshladi.
Vizantiya sivilizatsiyasi deyarli har doim urush holatida bo’lgan.
Imperiya varvarlarning hujumlari, xalqlarning Buyuk ko’chishi
to’lqinlarining kirib kelishi sharoitida shakllandi. VII asrda tashkil
topgan Birinchi Bolgar podsholigi uzoq vaqtgacha Vizantiyaning
raqibiga aylandi. Imperator Yustinian (482-565 yy.) Rimni uning
ilgarigi chegaralari doirasida qayta tiklashga harakat qilib, imperiya
hududlarini deyarli ikki barobarga ko’paytirdi. Vizantiya davlatchiligini
mustahkamlash uchun qator tadbirlar amalga oshirildi, xususan rim
huquqi kodekslashtirildi.
Vizantiyaning sharqdagi xavfli raqibi Sosoniylarning Yangi fors
podsholigi edi. VI asrda bu podsholik o’z qudratiga ko’ra Vizantiya
bilan tenglasha oladigan yagona davlat edi. VII asrdan Vizantiya
arablar bilan kurashga kirishdi. IX asrda Vizantiyaning bolgarlar bilan
uzoq davom etgan urushlari boshlandi. X-XI asrlarda Kiev Rusi ham
bir necha marta Vizantiyaga qarshi yurishlar uyushtirdi. XI asr oxirida
Orolbo’yidan kelgan saljuqiy turklar Vizantiyani Kichik Osiyodan siqib
chiqarishdi. 1204 yildagi to’rtinchi salib yurishidan so’ng Vizantiya
parchalanib ketdi. Ko’p o’tmasdan u qayta tiklangan bo’lsa-da, o’zining
ilgarigi qudratiga erisha olmadi. Endilikda Vizantiya kuchsiz markaziy
hokimiyatga ega tarqoq feodal davlat edi. Iqtisodiy jihatdan Vizantiya
Italiya shaharlari – Genuya va Venetsiyaning ta’siriga tushib qoldi. XV
asrga kelib Vizantiya saljuqiy turklar mulkalarining qurshovida qoldi.
1453 yilda Konstantinopol turklarning zarbasi ostida quladi.
126
Vizantiya sivilizatsiyasi Rim sivilizatsiyasi merosining barcha
asosiy elementlarini saqlab qola oldi – hunarmandchilik va savdo
taraqqiy etgan yirik shaharlar, jamoa dehqonchiligi bilan birlashgan
qulchilik, yunon elementlari ustunlik qilgan rivojlangan madaniyat,
rivojlangan rim huquqiga asoslangan kuchli davlat. Vizantiyaning katta
yer egaligi munosabatlariga o’tishi G’arbiy Yevropaga qaraganda
birmuncha oson kechdi va kechroq, XI asrga kelib yakunlandi. X-XII
asrlarga kelib Vizantiyada yirik yer egaligi yuzaga keldi, biroq
vizantiyalik feodal - yer egasi o’z mulkining to’la xo’jayini emas edi.
Vizantiya sivilizatsiyasining o’ziga xos jihatlaridan biri shunda ediki,
kuchli markazlashgan hokimiyat yirik xususiy yer egaligining o’sishiga
to’sqinlik qilgan, feodal mulklarning mustaqilligini chegaralagan. Shu
bilan
bir
vaqtda
Vizantiyada
yerga
xususiy
egalikni
qonuniylashtiruvchi rim huquqi saqlanib qolgan edi.
Vizantiya
imperiyasining
imperatori
(vasilevs)
deyarli
cheklanmagan hokimiyatga ega bo’lgan, ammo o’zini hech qachon
qonundan ustun qo’ymagan. Unga ko’p sonli sud, harbiy va soliq
muassasalari, davlat amaldorlari, shuningdek, maslahat organiga
vazifasini bajargan sinklit (lotincha senat) bo’ysungan. Vizantiyada
nafaqat zodagonlar, balki iqtidorli va bilimli oddiy kishilar ham yuqori
darajalarga erishish imkoniga ega bo’lgan.
Vizantiyaliklar imperiya g’oyasini Rimdan qabul qilib olganlar.
Xristianlik
muqaddaslik
tusini
berib,
imperiya
g’oyasini
mustahkamlagan. IV asrda Buyuk Konstantinning safdoshlaridan biri
Evseviy Kesariyskiy Vizantiya davlatchiligining diniy asosiga aylangan
siyosiy nazariyani ishlab chiqqan. Unga ko’ra Vizantiyada dunyoviy va
diniy hokimiyat qo’shilib, simfoniya (uyg’unlik) ni vujudga keltiradi.
Imperator nafaqat dunyoviy hukmdor, shu bilan birga cherkov
boshlig’i. Imperator hokimiyatining o’zi muqaddaslashtirilgan, shunga
qaramasdan nomaqbul imperatorlarni ko’pincha taxtdan ag’darishgan.
Yevseviy Kesariyskiy nazariyasiga ko’ra Vizantiya xristianliknng
tayanchi, u xudoning homiyligi ostida boshqa xalqlarni najotga
yetaklaydi. Imperiya g’oyasi Vizantiyaga yaxlitlikni, saltanatni saqlab
qolish imkonini berdi. Ammo shu bilan birga an’analar va odatlarni
saqlab qolishga yo’naltirilgan imperiya g’oyasi, vizantiya avtoritarligi
jamiyat rivojiga to’sqinlik qildi.
Xristian dini Vizantiya sivilizatsiyasining hukmron mafkurasiga
aylandi. IV asrdan boshlab davlat dini bo’lgan xristianlik Vizantiyaning
ma’anaviy hayotini belgilab berdi. Vizantiyada xristianlikning joriy
127
etilishi nafaqat ma’jusiylik, balki bid’atchilikka qarshi kurash bilan
birga bordi. O’z obro’sini mustahkamlash uchun cherkov har qanday
o’zgacha fikrlashga qarshi chiqdi. Sobit e’tiqodlilar va bid’atchilar
o’rtasidagi bahslar mavzusi xristianlikning azaliy isbotsiz qabul
qilinadigan qoidalari edi: Muqaddas Uchlik aqidasi, Masih tabiatini
anglash, insondagi ma’naviylik va jismoniylik nisbati. Eng ko’p
tarqalgan bid’atlar arianlik, monofizitlar, pavlikianlar, bogomillar
ta’limotlari edi. Bid’atlar ko’p hollarda ijtimoiy norzilikning
mafkuraviy shakli bo’lib xizmat qilgan.
Ilohiyotga
masalasidagi
qarama-qarshiliklar
1054
yilda
cherkovning parchalanishida (sxizma) tashqi omil bo’lib xizmat qildi.
Bu hodisa xristianlikning ikki yirik markazi – Rim va Konstantinopol
o’rtasida IV asrda boshlangan ma’naviy va siyosiy rahnamolik uchun
kurashning yakuniy marrasi edi. Ikki cherkov o’rtasidagi kurashda
ilgarilari ham bunday keskin choralar qo’llanilgan. Cherkovning
parchalanishi diniy ta’limotning o’zidagi ixtilofning namoyon bo’lishi
ham edi.
Vizantiyada
din
birlashtiruvchi
va
barqarorlashtiruvchi
funktsiyalarni ham bajargan. U Vizantiya ma’naviyati va
madaniyatining shakllantiruvchi yagona qobiq edi. Vizantiyada
ma’jusiy antik davr madaniy qadriyatlari ham rad etilmagan. Antik
adabiyot va falsafa keng o’rganilgan. Maorif tizimi antik davrdagi
ta’lim tizimiga yaqin bo’lgan va cherkovga bo’ysunmagan. Vizantiyada
xo’jalik boshqaruvi va mamlakat boshqaruvi ehtiyojlariga xizmat
qilgan fan ham antik davr ta’sirida taraqqiy etgan.
Shunday
qilib,
insoniyat
genotipini
boyitgan
Vizantiya
sivilizatsiyasining betakror xususiyatlaridan biri xristian dini, ellin
madaniyati va rim davlatchiligining ajoyib uyg’unligi edi. Ushbu
sivilizatsiya ko’plab Sharqiy Yevropa xalqlari, xususan Rus
tsifilizatsiyasining taraqqiyotiga katta ta’sir ko’rsatdi.
Dostları ilə paylaş: |