4
Islom dini asoslari va ma’naviyati fanidan ma`lumotlar bazasini tashkil etish;
mustaqil ishda o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishda tizimli
va ijodiy yondashish;
talaba tomonidan ishlab chiqilgan g’oyani
asoslash va mutaxassislar
jamoasida himoya qilish.
III. Talaba mustaqil ishining tashkiliy shakllari
3.1.Talaba mustaqil ishini tashkil etishda milliy istiqlol g’oyasi Fani
xususiyatlarini, shuningdek, har bir talabaning akdemik o`zlashtirish
darajasi va
qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalaniladi:
-ayrim nazariy mavzularni o`quv adabiyotlari yordamida mustaqil o`zlashtirish;
-berilgan mavzu bo`yicha axborot (referat) tayyorlash;
-amaliy mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko`rish;
-sayohatlar va uning natijalarini bajarishga tayyorgarlik ko`rish;
-seminar mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko`rish;
-malakaviy bitiruv ishini tayyorlash;
-nazariy bilimlarni amaliyotda qo`llash;
-amaliyotdagi mavjud muammolarning echimini topish;
-ilmiy maqola, anjumanga ma`ruza tezislarini tayyorlash.
O`qitilayotgan fanning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda,
talaba mustaqil
ishini tashkil etishda boshqa shakllardan ham foydalanishi mumkin.
3.2. O`quv fanlari bo`yicha namunaviy va ishchi dasturlarda talaba mustaqil
ishining shakli, mazmuni va hajmi ifoda etiladi.
3.3. Talaba mustaqil ishi uchun ajratilgan vaqt byudjetiga
mos ravishda har bir
fan bo`yicha tegishli kafedralarda mustaqil ishning tashkiliy shakllari,
topshiriqlar
variantlari ishlab chiqiladi va fakul`tet ilmiy-uslubiy kengashida tasdiqlanadi.
3.4. Mustaqil ishni bajarish uchun fanlar bo`yicha talablarga zaruriy metodik
qo`llanma, ko`rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi.
3.5. Har bir kafedra huzuridagi uslubiy ishlar bayoni tashkil etiladi.
Dostları ilə paylaş: