Ўзбекистон репсбуликаси халқ таълими вазирлиги навоий давлат педагогика институти


II. Talaba mustaqil ishining maqsad va vazifalari



Yüklə 339,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/17
tarix24.03.2023
ölçüsü339,27 Kb.
#89434
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
islom dini asoslari va manaviyati-2

II. Talaba mustaqil ishining maqsad va vazifalari 
2.1. Talaba mustaqil ishining asosiy maqsadi o`qituvchi rahbarligi va nazorati 
ostida talabada muayyan o`quv ishlarini mustaqil ravishda bajarishi uchun zarur 
bo`lgan bilim va ko`nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat. 
Talaba mustaqil ishining vazifalari quyidagilardan iborat:

Islom dini asoslari va ma’naviyati fanidan qo`lga kiritilayotgan yangi 
bilimlarni mustaqil tarzda puxta o`zlashtirish ko`nikmalariga ega bo`lish; 

Islom dini asoslari va ma’naviyati faniga doir kerakli ma`lumotlarni izlab 
topish, materialni tahlil qilishning qulay usul vositalarini aniqlash; 

axborot manbalari va manzillaridan samarali foydalanish;

an`anaviy o`quv va ilmiy adabiyotlar, me`yoriy hujjatlar bilan ishlash; 

elektron o`quv adabiyotlari va ma`lumotlar banki bilan ishlash; 

internet tarmog’ida yoritilib borilayotgan Islom dini asoslari va ma’naviyati 
yangiliklaridan maqsadli foydalanish; 

berilgan topshiriqni ratsional echimini belgilash; 




Islom dini asoslari va ma’naviyati fanidan ma`lumotlar bazasini tashkil etish; 

mustaqil ishda o`qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishda tizimli 
va ijodiy yondashish; 

talaba tomonidan ishlab chiqilgan g’oyani asoslash va mutaxassislar 
jamoasida himoya qilish. 
III. Talaba mustaqil ishining tashkiliy shakllari 
3.1.Talaba mustaqil ishini tashkil etishda milliy istiqlol g’oyasi Fani 
xususiyatlarini, shuningdek, har bir talabaning akdemik o`zlashtirish darajasi va 
qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalaniladi: 
-ayrim nazariy mavzularni o`quv adabiyotlari yordamida mustaqil o`zlashtirish; 
-berilgan mavzu bo`yicha axborot (referat) tayyorlash;
-amaliy mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko`rish; 
-sayohatlar va uning natijalarini bajarishga tayyorgarlik ko`rish; 
-seminar mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko`rish; 
-malakaviy bitiruv ishini tayyorlash; 
-nazariy bilimlarni amaliyotda qo`llash; 
-amaliyotdagi mavjud muammolarning echimini topish; 
-ilmiy maqola, anjumanga ma`ruza tezislarini tayyorlash. 
O`qitilayotgan fanning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, talaba mustaqil 
ishini tashkil etishda boshqa shakllardan ham foydalanishi mumkin.
3.2. O`quv fanlari bo`yicha namunaviy va ishchi dasturlarda talaba mustaqil 
ishining shakli, mazmuni va hajmi ifoda etiladi.
3.3. Talaba mustaqil ishi uchun ajratilgan vaqt byudjetiga mos ravishda har bir 
fan bo`yicha tegishli kafedralarda mustaqil ishning tashkiliy shakllari, topshiriqlar 
variantlari ishlab chiqiladi va fakul`tet ilmiy-uslubiy kengashida tasdiqlanadi.
3.4. Mustaqil ishni bajarish uchun fanlar bo`yicha talablarga zaruriy metodik 
qo`llanma, ko`rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi.
3.5. Har bir kafedra huzuridagi uslubiy ishlar bayoni tashkil etiladi.

Yüklə 339,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin