Matn kiritish
Foydalanuvchi matn kiritishi uchun matn qatori va matn maydoni elementlari ishlatiladi.
Java dasturlash tilidi matn kiritish uchun
JTextField
va
JTextArea
klasslari mavjud.
JTextField
klassi bitta qatordan iborat matnni,
JTextArea
klassi bir nechta qatordan iborat matnni qabul
qiladi.
Matn qatorini xosil qilish uchun quyidagi dastur kodidan foydalanish mumkin:
JTextField matnQatori = new JTextField("Kiritiladigan matn", 20);
Ushbu dastur kodi yangi matn qatorini yaratib unga “Kiritiladigan matn” matnini qo’shib
beradi.
JTextField
konstruktoriga uzatilayotgan ikkinchi qiyat matn qatorini kengligini bidiradi,
ya’ni bizning xolda matn qatori 20 simvol kenglikka ega.
Agar matn kiritish uchun foydalanuvchiga bo’sh matn qatori berish kerak bo’lsa quyidagi
dastur kodidan foydalanish mumkin:
JTextField matnQatori = new JTextField(20);
Bu xolda 20 simvol kenglikka ega bo’sh matn qatori yaratiladi.
Matn qatoridagi matnni o’zgartirish uchun
setText()
metodidan, foydalanuvchi kiritgan
matnni olish uchun
getText()
metodidan foydalanish mumkin.
matnQatori.setText("Yangi matn");
String matn = matnQatori.getText();
Foydalanuvchi kiritadigan matn bir qatordan ortiq bo’lsa matn qatori o’rniga matn maydoni
ishlatiladi. Matn maydoni
JTextArea
klassi tomonidan yaratiladi. Matn maydoniga foydalanuvchi
istalgan sondagi matn qatorini kiritishi mumkin. Matn maydoni quyidagi dastur kodi orqali
yaratiladi:
JTextArea matnMaydoni = new JTextArea(6, 20);
Ushbu dastur kodi 6 qator va 20 simvol uzunlikdagi bo’sh matn maydonini xosil qiladi.
Oldindan kiritilgan matn maydonini xosil qilish uchun quyidagi dastur kodidan foydalanish
mumkin:
JTextArea matnMaudoni = new JTextArea("Oldindan kiritilgan matn", 6, 20);
Matn qatori singari matn maydonidagi matnni o’zgartirish uchun
setText()
metodidan va
foydalanuvchi kiritgan matnni olish uchun
getText()
metodidan foydalaniladi. Agar
foydalanuvchi kiritayotgan matn qatorga sig’masa qolgan matnni keyingi qatorga avtomatik
ravishda o’tkazish uchun
setLineWrap()
metodidan foydalanish mumkin. Biron bir matnni
maydondagi matn oxiriga qo’shish uchun
append()
metodidan foydalanish mumkin. Matn
maydonida joylashgan barcha matnni ko’rib olish uchun
JScrollPane
klassidan foydalanib
maydon chetlariga gorizontal va vertikal surgichlar joylashtirib olish mumkin.
Quyidagi misolda matn qatori va matn maydoni joylashgan oyna keltirilgan:
JTextField
va
JTextArea
klasslari yordamida yaratilgan matn qatori va matn maydoni
Ushbu oyna quyidagi dastur yordamida yaratilgan:
import java.awt.*;
import javax.swing.*;
public class MatnKiritish
{
public static void main(String[] args)
{
JFrame frame = new JFrame("Matn kiritish");
JPanel panel = new JPanel();
JTextField matnQatori = new JTextField("Matn qatori", 20);
JTextArea matnMaydoni = new JTextArea("Matn maydoni", 6, 20);
JScrollPane scrollPane = new JScrollPane();
scrollPane.getViewport().setView(matnMaydoni);
panel.add(matnQatori);
panel.add(scrollPane);
frame.getContentPane().add(panel);
frame.setDefaultCloseOperation( JFrame.EXIT_ON_CLOSE );
frame.setSize(300,200);
frame.setVisible(true);
}
}
|