Java 2se dasturlash tili



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/42
tarix24.03.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#89556
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   42
Qurollar paneli 
Qurollar paneli dasturning ko’p ishlatiladigan ammallarini tezda ishga tushirish imkonini 
beruvchi tugmalar to’plamidir. Qurollar paneli 
JToolBar
klassi yordamida yaratiladi. 
JToolBar qurollarPaneli = new JToolBar(); 
Qurollar paneliga tugma joylashtirish uchun 
JToolBar
klassining 
add()
metodidan 
foydalaniladi. 
Icon saqlashIcon = new ImageIcon("saqlash.png"); 
JButton saqlashButton = new JButton(saqlashIcon); 
qurollarPaneli.add(saqlashButton); 
Quyidagi oynada qurollar paneli joylashgan oyna keltirilgan. 
JToolBar
 klassi yordamida yaratilgan qurollar paneli 
Ushbu oyna quyidagi dastur tomonidan yaratilgan: 
import java.awt.*; 
import javax.swing.*; 
public class QurollarPaneliTest 



public static void main(String[] args) 

JFrame frame = new JFrame("Qurollar Paneli Test"); 
JPanel panel = new JPanel(); 
JToolBar qurollarPaneli = new JToolBar(); 
Icon saqlashIcon = new ImageIcon("saqlash.png"); 
JButton saqlashButton = new JButton(saqlashIcon); 
Icon ochishIcon = new ImageIcon("ochish.png"); 
JButton ochishButton = new JButton(ochishIcon); 
qurollarPaneli.add(saqlashButton); 
qurollarPaneli.add(ochishButton); 
panel.add(qurollarPaneli); 
frame.getContentPane().add(panel); 
frame.setDefaultCloseOperation( JFrame.EXIT_ON_CLOSE ); 
frame.setSize(300,200); 
frame.setVisible(true); 


Qurollar panelining boshqa foydalanuvchi interfeysi elementlaridan farqi shundaki uni oyna 
bo’ylab istalgan joyga siljitish mumkin. 
Qurollar panelining kamchiligi shundaki unda joylashgan tugmalar yozuvi odatda faqatgina 
rasmdan iborat va foydalanuvchi qaysi rasm qanday amalga tegishliligini eslab qolishi qiyin. 
Ushbu kamchilikni oldini olish uchun tugmalarga biriktirilgan izohlardan foydalanish mumkin. 
Tugmaga biriktirilgan izoh sichqon ko’rsatkichi ushbu tugma ustiga joylashtirilganda paydo 
bo’ladi. Tumalarga biriktirilgan izohlarni 
JButton
klassining meros qilib olingan 
setToolTipText()
metodi yordamida biriktirish mumkin. 
saqlashButton.setToolTipText("Xujjatni saqlash"); 
Tugmalarga biriktirilgan izoh quyidagi oynada ko’rsatilgan: 


Tugmaga biriktirilgan izoh 

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin