Java 2se dasturlash tili



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/42
tarix24.03.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#89556
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   42
 
O’zgaruvchilar 
Java dasturlash tilida o’zgaruvchini qo’llashdan oldin uni e’lon qilish kerak bo’ladi. E’lon 
qilish jarayoinida kompyuterga ushbu o’zgaruvchida qanday turdagi ma’lumot saqlanilishi 
aytilib o’tiladi. Masalan, 
int elementlarSoni; 
double elementYuzasi, elementHajmi; 
Birinchi misol elementlarSoni o’zgaruvchisi int turdagi qiymatlarni olishini e’lon qiladi. int 
butun sonlarni anglatadi. Ikkinchi misol elementYuzasi va elementHajmi o’zgaruvchilarni double 
turdagi qiymatlarni qabul qilishini e’lon qiladi. double ratsional sonlarni anglatadi. Ushbu 
misoldan ko’rinadiki, bir turdagi o’zgaruvchilarni vergul bilan ajratib bir qatorda e’lon qilish 
mumkin. 
Java dasturlash tili xarflar (char), xar-xil turdagi butun (byte, short, int, long) va ratsional 
sonlar (float, double), mantiqiy qiymatlarni (boolean) asosiy qiymat turlariga kiritadi. Bu asosiy 
qiymatlar turi sodda qiymatlar deb ataladi. Quyidagi jadval Java sodda qiymatlarini ko’rsatadi. 
Tur nomi 
Qiymati 
Ishlatadigan xotira 
Qiymat chegarasi 
boolean 
true yoki false 
1 byte 
char 
Bitta xarf 
2 byte 
Barcha Unikod xarflari 
byte 
Butun son 
1 byte 
-128 dan 127 gacha 
short 
Butun son 
2 byte 
-32768 dan 32767 gacha 
int 
Butun son 
4 byte 
-2147483648 dan 2147483647 gacha 
long 
Butun son 
8 byte 
-9223372036854775808 dan 
9223372036854775807 gacha 
float 
Ratsional son 
4 byte 
-3.40282347*10
+38
dan -1.40239846*10
-45
gacha 
double
Ratsional son 
8 byte 
±1.76769313486231570*10
+308
dan 
±4.94065645841246544*10
-324
gacha 



Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin