Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo va yechimlar
2022 yil 25-noyabr
403
samarali natijalar beruvchi omillarni aniqlashni loyihaning e’tiboriga
qaratilgan
masalalardan biri sifatida belgilab olingan.
Buni amalga oshirish quyidagi vazifalarni bajarishni taqozo etadi:
−
ilmiy tadqiqotning afzalliklarini aniqlash (talaba nima uchun ilmiy tadqiqot
bilan shug‘ullanishi kerak?);
−
o‘quv
jarayoni
tashkiliy
jihatlarining
talabalarda
tadqiqotchilik
ko‘nikmalarini rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatishini asoslash;
−
ilmiy-tadqiqot bilan shug‘ullanishga ijobiy va salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi
omillarni aniqlash.
Ilmiy tadqiqot – yangi bilimlar va nazariyalarni aniqlash jarayoni. “Har
qanday ilmiy tadqiqot bu – bilishning maxsus tashkil qilingan jarayoni bo‘lib, unda
voqelik haqidagi nazariy bilimlar o‘rganiladi, o‘zlashtiriladi va tizimga solinadi”
Ya’ni, ilmiy tadqiqot bu ‒ yangi bilimlarni qidirish,
dalillarga asoslangan holda
maqsad sari tizimli izlanishlar olib borishdir [2]. Birmuncha torroq ma’noda
tadqiqot bu ‒ natijasi ilmiy ish bilan yakunlanadigan narsa va hodisalarni
o‘rganuvchi ilmiy usul yoki jarayondir.
Umuman olganda, ilmiy tadqiqot – jamiyatni barqaror rivojlantiruvchi
muhim strategik hodisa bo‘lib, u aynan uzluksiz ta’limning oliy ta’lim bosqichida
kompleks tarzda shakllanadi va rivojlanadi. Oliy ta’limda
tahsil olish jarayonida
har bir talaba fanlarni o‘zlashtirish orqali ilmiy tadqiqotning muayyan shakllarini
bajaradi. Jumladan, referat,
mustaqil ish, kurs ishi, bitiruv malakaviy ishi va
magistrlik dissertasiyalarini tayyorlash o‘ziga yarasha tadqiqot olib borishni talab
etadi. Sanab o‘tilgan ilmiy-ijodiy ishlar bevosita o‘quv jarayoni bilan bog‘liq
bo‘lganligi bois, erkin ilmiy tadqiqot hisoblanmaydi. Ilmiy ijodkorlik qobiliyatiga
ega talabalar o‘quv jarayonidagi ushbu vazifalarni
bajarish davomida berilgan
tadqiqot ishlari (referat, kurs ishi, BMI, MD va hokazo)ni haqiqiy ijodiy jarayonga
aylantira olishi bilan tadqiqotchilik ko‘nikmalarini namoyon qiladilar. Bu esa,
erkin ijodiy tadqiqotning dastlabki ko‘rinishlari – ilmiy maqola va tezislarning
yaratilishiga sabab bo‘ladi.
Tadqiqotchilik ko‘nikmalari talabalarning quyidagi sifatlarida namoyon
bo‘ladi [3]:
−
mutaxassislik bo‘yicha
chuqur bilim;
−
tanqidiy va tahliliy fikrlash (voqea-hodisalar mohiyatini sabab va oqibat
dialektikasi asosida tushunish);
−
nostandart, kreativ mulohaza yuritish;
−
sohaga oid muammo va muammoli vaziyatlarni anglash;
−
amaliy muammolardan ilmiy muammolarni shakllantirish;
−
kerakli manbalarni qidirib topish;
−
topilgan manbalarni qayta ishlash;
−
o‘zlashtirilgan bilimni yangicha taqdim
eta olish;
−
ilmiy tadqiqot olib borishdan maqsadga ega bo‘lish;
−
mas’uliyat va mehnatsevarlik;