2022 yil 25-noyabr


TALABALARNI ILMIY TADQIQOT FAOLIYATIGA



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix24.03.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#89603
1   2   3   4
Abduakimov Tezis 2

TALABALARNI ILMIY TADQIQOT FAOLIYATIGA 
YO‘NALTIRISHNING MUHIM JIHATLARI 
S.A.Abduakimov-O‘zMU, magistrant
Annotatsiya: Ushbu maqolada talabalarni ilmiy tadqiqot faoliyatiga toʻgʻri 
yoʻnaltirishning muhim jihatlari hamda ilmiy tadqiqotning afzalliklari haqida soʻz 
yuritilgan. 
Kalit so‘zlar: ilmiy tadqiqot, ko‘nikma, talaba, faoliyat. 
Oliy ta’limni 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasida bo‘lajak 
mutaxassislarning o‘z yo‘nalishlarida tadqiqotchilik ko‘nikma va malakalarga ega 
bo‘lishi oliy ta’limni rivojlantirishning strategik vazifalari qatorida keltirilgan [1]. 
Ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanishning asosida shaxsda shakllangan tadqiqotchilik 
qobiliyati turadi. Tadqiqotchilik qobiliyatining dastlabki sifatlari mutaxassisning 
sohaga oid muammolarni aniqlay olishi, kerakli ma’lumotlarni qidirib topishi
topilgan ma’lumotlarni qayta ishlashi, tanqid va tahlil qilish asosida muammoni 
hal etishga ijodiy yondasha olishi kabilarda namoyon bo‘ladi. Olib borilgan 
tadqiqotlar oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining o‘z yo‘nalish va 
mutaxassisliklari bo‘yicha nufuzli tashkilotlarda ishlab ketishlari ko‘p jihatdan 
ularning professional malakalari bilan bog‘liq ekanligini tasdiqlaydi. Shu bois, biz 
oliy ta’lim o‘quv jarayonida talabalarni ilmiy tadqiqot faoliyatiga yo‘naltirishda 


Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo va yechimlar
2022 yil 25-noyabr 
403 
samarali natijalar beruvchi omillarni aniqlashni loyihaning e’tiboriga qaratilgan 
masalalardan biri sifatida belgilab olingan. 
Buni amalga oshirish quyidagi vazifalarni bajarishni taqozo etadi: 
− 
ilmiy tadqiqotning afzalliklarini aniqlash (talaba nima uchun ilmiy tadqiqot 
bilan shug‘ullanishi kerak?); 
− 
o‘quv 
jarayoni 
tashkiliy 
jihatlarining 
talabalarda 
tadqiqotchilik 
ko‘nikmalarini rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatishini asoslash; 
− 
ilmiy-tadqiqot bilan shug‘ullanishga ijobiy va salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi 
omillarni aniqlash. 
Ilmiy tadqiqot – yangi bilimlar va nazariyalarni aniqlash jarayoni. “Har 
qanday ilmiy tadqiqot bu – bilishning maxsus tashkil qilingan jarayoni bo‘lib, unda 
voqelik haqidagi nazariy bilimlar o‘rganiladi, o‘zlashtiriladi va tizimga solinadi” 
Ya’ni, ilmiy tadqiqot bu ‒ yangi bilimlarni qidirish, dalillarga asoslangan holda 
maqsad sari tizimli izlanishlar olib borishdir [2]. Birmuncha torroq ma’noda 
tadqiqot bu ‒ natijasi ilmiy ish bilan yakunlanadigan narsa va hodisalarni 
o‘rganuvchi ilmiy usul yoki jarayondir. 
Umuman olganda, ilmiy tadqiqot – jamiyatni barqaror rivojlantiruvchi 
muhim strategik hodisa bo‘lib, u aynan uzluksiz ta’limning oliy ta’lim bosqichida 
kompleks tarzda shakllanadi va rivojlanadi. Oliy ta’limda tahsil olish jarayonida 
har bir talaba fanlarni o‘zlashtirish orqali ilmiy tadqiqotning muayyan shakllarini 
bajaradi. Jumladan, referat, mustaqil ish, kurs ishi, bitiruv malakaviy ishi va 
magistrlik dissertasiyalarini tayyorlash o‘ziga yarasha tadqiqot olib borishni talab 
etadi. Sanab o‘tilgan ilmiy-ijodiy ishlar bevosita o‘quv jarayoni bilan bog‘liq 
bo‘lganligi bois, erkin ilmiy tadqiqot hisoblanmaydi. Ilmiy ijodkorlik qobiliyatiga 
ega talabalar o‘quv jarayonidagi ushbu vazifalarni bajarish davomida berilgan 
tadqiqot ishlari (referat, kurs ishi, BMI, MD va hokazo)ni haqiqiy ijodiy jarayonga 
aylantira olishi bilan tadqiqotchilik ko‘nikmalarini namoyon qiladilar. Bu esa, 
erkin ijodiy tadqiqotning dastlabki ko‘rinishlari – ilmiy maqola va tezislarning 
yaratilishiga sabab bo‘ladi. 
Tadqiqotchilik ko‘nikmalari talabalarning quyidagi sifatlarida namoyon 
bo‘ladi [3]: 
− 
mutaxassislik bo‘yicha chuqur bilim
− 
tanqidiy va tahliliy fikrlash (voqea-hodisalar mohiyatini sabab va oqibat 
dialektikasi asosida tushunish); 
− 
nostandart, kreativ mulohaza yuritish; 
− 
sohaga oid muammo va muammoli vaziyatlarni anglash; 
− 
amaliy muammolardan ilmiy muammolarni shakllantirish; 
− 
kerakli manbalarni qidirib topish; 
− 
topilgan manbalarni qayta ishlash; 
− 
o‘zlashtirilgan bilimni yangicha taqdim eta olish
− 
ilmiy tadqiqot olib borishdan maqsadga ega bo‘lish;
− 
mas’uliyat va mehnatsevarlik; 


Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo va yechimlar

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin