362
O‘RXUN-YENISEY BITIKLARIDA TA`LIM-TARBIYA TO‘G‘RISIDAGI
FIKRLARNING YORITILISHI VA ULARNING TARBIYAVIY AHAMIYATI
Hayitov Hamza Ahmadovich,
BuxDUPI o‘qituvchisi (Phd)
Tohirova Barchinoy Sodiq qizi,
BuxDUPI 1-kurs talabasi
Annotatsiya: ushbu maqolada O‘rxun-Yenisey bitiklarida ta`lim-tarbiya to‘g‘risidagi
fikrlarning
yoritilishi va ularning tarbiyaviy ahamiyati ilmiy-nazariy tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar: turk-rumiy yozuvi, runiy yozuvi, dulbarchin yozuvi, optimizm ``Irq yozuvlari``
(Ta`birnoma), V.Tomsan, N.M.Yadrinsev, O‘rxun-Yenisey bitigi, ``Irq bitigi``, xoqon, Bilga xoqon,
Kultegin, yodnoma, qadimgi turkey til, A.Qayumov, N.Qayumov,N.Mallaev, Oybek va hokazo.
Yosh avlod tarbiyasi bugungi davrda dolzarb muammo hisoblanadi. Bunda turkey xalqlarning
yozma ma`rifiy yodgorliklarining o‘rni va ahamiyati bor.
Turkiy xalqlarning yozma ma`rifiy yodgorliklari o‘zaiga xos xususiyatiga ega bo‘lib, pedagogika
tarixi, xususan, yosh avlod tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Bular “ O‘rxun-Yenisey
yodgorliklari” “Irq yozuvlari” (Ta`birnoma”) kabi manbalar bo‘lib , ulardan
yangi davr kishisini
tarbiyalashda foydalanish muhim vazifalardan sanaladi.
Eng qadimgi turkiy tilda yaratilgan va turk-rumiyb yozuvida bitilgan O‘rxun-Yenisey bitiklarini
“toshlarga bitilgan kitoblar” ham deb ataydilar. O‘ziga xos xat (yozuv)da bitilgan bu bitiklar eramizning
VI-VIII asrlarda yozib qoldirilgan. Toshlarga bitilgan mazkur yodgorliklar ta`lim-tarbiyaga oid qimmatli
ma`lumotlarni beradi.
O‘rxun-Yenisey yodgorliklari dastlab Yenisey havzasida , so‘ngra Mo‘g‘ulistonning O‘rxun
daryosi bo‘yida topilib , ushbu yozuvlarni 1893-yilda birinchi bo‘lib daniyalik olim Vilgelm Tomson
o‘qigan. V.Tomsondan keyin so‘ng olimlar N.M.Yadrinsev , V.V.Radlovlar mazkur manbalarni izlab
topib . o‘qishga muvaffaq bo‘ldilar.
O‘rxun-Yenisey yodgorliklari S.E.M alov hamda I.V.Steblevalar tomonidan
rus tiliga tarjima
qilingan. O‘zbekistonda Oybek, O.Sharafiddinov,, N.Mallaev, Aziz Qayumov va N.Rahmonovlar
O‘rxun-Yenisey bitiklari ustida tadqiqot ishlarini olib bordilar va ushbu manbaning ta`lim va tarbiya
ishlarini yo‘lga qo‘yishdagi ahamiyatini yoritib berdilar.
Ma`lumki, eramizning VI asri o‘rtalariga kelib Oltoy, Yettisuv, va Markaziy Osiyo xududlarida
yashovchi turk qabilalaridan iborat Turk xoqonligi davlati tarkib topdi. Bu xoqonlik g‘arbdan Vizantiya,
janubdan Eron vaHindiston, sharqdan Xitoy bilan chegaralangan . Turk
xoqonligi Turkyut deb ham
atalgan. Xoqonlik 604-yilda Sharqiy va G‘arbiy Xoqonlikka ajralgan. Eramizning 745-yiliga kelib esa
turk Xoqonligi barham topgan.
Turk xoqonligi aso9san 3 kishi: Bilga xoqon(Mog‘iliyon)- Xoqon, Kultegin- sarkarda , To‘nyuquq
esa –vazir bo‘lib, ularning hamkorligida boshqarilgan davlat ushbu davrda ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan
taraqqiy topgan.
Bitiktoshlarda turk xoqonlarining yurishlari, yurishlar davrida alp nkishilar , sarkardalar
tomonidan ko‘rsatgan jasoratlar,
ulkarning bilimli, mard, xalqparvar ekanliklari bayon etiladi, o‘z
vatatining mustaqilligi uchun kurashish, xalqni asoratdan olib chiqish, ularning birdamligini ta`minlash
Xoqonlar Bo‘min, Istami, Eltarish , Eltarining o‘g‘illari – Bilga Xoqon, lashkarboshisi Kultegin ,
ma`naviy otalari To‘nyuquqlarning zimmasiga tushgani hikoya qilinadi. Masalan, Kultegin bitigida uning
ta`rifi berilgan.
Kultegin xalqparvar , tadbirkor, xalqning kelgusi taqdirini ham o‘ylaydigan jonkuyar
sarkarda sifatida ta`riflanadi. U o‘z jonidan vatan taqdiri, xalq manfaatini yuqori qo‘ygan shaxs.
Kultegin Eltarish Xoqonining kichik o‘g‘li . U 713-yil 27-fevralda qirq yeti yoshida vafot etadi.
Bitiktosh 732-yilda o‘rnatilgan. Ushbu bitiktoshdav barcha voqealar Kulteginning akasi Bilga xoqon
tilidan hikoya qilinadi. Uning asli ismi Mo‘g‘ilyon bo‘lgan. Bitigini Kulteginning jiyani Yo‘llug‘ tegin
yozgan. Demak , bitigining muallifi ham ma`lum.
Kultegin bitigida Bilga Xoqonning og‘a-inilari va qarindoshlar-urug‘lariga
murojaat qilib,
ularning xatolari tufayli turk elide ko‘p falokatlar yuz berganini bayon etganligi ifodalanadi.
Turkiylarning harbiy yurishlari, ularga qo‘shni bo‘lgan tabg‘achlarning bosqinchiligi tufayli xalq
boshiga tushgan kulfatlar haqida so‘z boradi , shuningdek, xalqning yolg‘onchilik , firibgarlik qurboni
bo‘lganligi ta`kidlanadi: “ Oltin, kumush,ichkilik , ipakni shuncha hisobsiz berayotgan Tabg‘ach xalqi
so‘zi shirin ,ipak kiyimi nafis ekan. Shirin so‘zi ,
ipak kiyimi bilan aldab , yiroq xalqni shu xilda
yaqinlashtirar ekan. Yaxshi qo‘shni bo‘lgandan keyin yovuz ilmni u yerda o‘rganar ekan.
Yaxshi , dono kishini , yaxshi alp kishini yo‘latmas ekan. Biror kishi aldasa, urug‘I ,xalqi ,uyi,
yopinchig‘igacha qo‘ymas ekan. Shirin so‘ziga, nafis ipagiga aldanib , ko‘pturk xalqi o‘lding… Turk
xalqining ayrimini u yerda yovuz kishi shunday pishiqlar ekan: yiroq bo‘lsa yomon ipak beradi,
yaqin