Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar Pedagogical Education Cluster: Problems and Solutions Кластер педагогического образования: проблемы и решения Chirchik, Uzbekistan 799 International Conference Yoshlarda haqiqatga moyillik yuqori bo„ladi, soxtakorlik, ko„zbo„yamachilik,
so„z bilan amaliyoti boshqa kabi salbiy hodisalardan jirkanadi, nafratlanuvchi
ruhiyati kuchli bo„ladi.
Yoshlarning milliy qadriyatga munosabati, milliy g„oya asosida “Milliy
tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan ulug„ maqsad va manfaatlarini
umumlashtiradigan, tahlil etadigan, shu g„oyalarni boyitish va ishonch, e‟tiqodga
aylantirish bilan bog„liq. Bu ishni yo„lga qo„ymoq uchun to„rtta masalaga alohida
e‟tibor berish lozim va zarurligi ko„rsatilgan:
Birinchidan,
mavjud
vaziyatni,
yaqin
istiqbolimizning
rivojlanish
tamoyillarini, kerak bo„lsa, undagi salbiy holatlarning ijtimoiy sabablarini xolis
o„rganadigan nodavlat, mustaqil tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish, ularning
imkoniyatlaridan to„la foydalanish zarur.
Ikkinchidan, shiddatli sur‟atlarda o„zgarayotgan, to„xtovsiz yangilanayotgan
zamon, hayotimizda muttasil ravishda ro„y berib turgan voqea, hodisa va
jarayonlar, O„zbekiston davlat mustaqilligining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy,
huquqiy,
madaniy-ma‟naviy
zaminlarini bundan-da mustahkamlash va
barqarorlashtirishga bo„lgan talab va ehtiyojlar ma‟naviy, ma‟rifiy-mafkuraviy
ishlarni yanada jadallashtirish, umumiy maqsad yo„lida safarbar etish;
Uchinchidan, milliy g„oyaning kuchi bir tomondan ma‟rifat-targ„ibot ishlari,
uning samaradorligiga bog„liq bo„lsa, ikkinchi tomondan yoshlarning kundalik
hayotda duch kelayotgan muammolarning tushunishlari, ularning munosabatlariga
fikrga fikr bilan, g„oyaga g„oya bilan javob bera olish, uni qanday hal
etayotganliklariga bevosita bog„liqdir. Millat ravnaqi, Vatanga kerak bo„lsa jonini
jabborga berib faoliyat ko„rsatadigan yoshlar bo„lmasa milliy g„oya mafkurasida
ko„zda tutilgan maqsadlarga erishib bo„lmaydi. Bu yoshlarda milliy g„ururni
baland bo„lishini taqozo etadi [2;25].
Jamiyatda milliy g„oya sohasini rivojlantirish yangi texnologiyalarni joriy
etishni taqozo qiladi. Chunki, bu milliy g„oyani yoshlar dunyoqarashiga ta‟sirini
ta‟minlovchi muhim vositadir. Shu bois hozirgi vaqtda milliy g„oyani yoshlar
dunyoqarashiga ta‟sirini oshirishda fundamental va amaliy tadqiqotlar natijalaridan
foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Milliy g„oyani targ„ibot qilishda innovatsiya shu soha sifatini yaxshilashga
yo„naltirilgan holda amalga oshiriladi. Innovatsiyalar dolzarb, muhim ahamiyatga
ega bo„lib, milliy g„oya tizimida shakllangan yangicha yondashuvlardan iborat
bo„ladi. Mazkur yondoshuvlar tashabbuslar va yangiliklar asosida tug„ilib, milliy
g„oya tizimining konseptual mazmunini rivojlantirish uchun istiqbolli asos bo„lib
xizmat qiladi.