Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar Pedagogical Education Cluster: Problems and Solutions Кластер педагогического образования: проблемы и решения Chirchik, Uzbekistan 801 International Conference va nazorat qilishga imkon beradigan o„zgaruvchan mexanizmga ega ekanligi bilan
farqlanadi.
Shu bilan birgalikda, xalqimiz o„tmishi va hozirgi hayotida yaratilgan
ma‟naviy-madaniy va g„oyaviy-mafkuraviy qadriyatlardan yurtimizdagi ta‟lim-
tarbiya tizimi va ijtimoiy-madaniy tuzulmalardagi turli bosqich, shakl va
yo„nalishlar: oila, bog„cha, maktab, oliy va o„rta maxsus o„quv yurtlarining,
shuningdek, yurtimizdagi mahallalar, madaniy-ma‟rifiy muassasalar, ommaviy
axborot vositalari, jismoniy tarbiya va sport, adabiyot, san‟at va din bilan bog„liq
sohalarning faoliyatida milliy g„oyani xalqimiz ongi, qalbi va ichki dunyosiga
yanada chuqur singdirishda keng foydalanish kutilgan natijalarni berishi muqarrar.
Yosh avlodga milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari va ozod va obod
Vatanni meros qoldirar ekanmiz, ular mutafakkirlarimizning, davlat rahbarlarining
ulug„ ishlarini davom ettirishlarini niyat qilar ekanmiz, yoshlarning ma‟naviy
uyg„oqligiga ahamiyat berishimiz lozim. G„aflat uyqusidan uyg„onib, yorqin ko„z
bilan kelajakka nazar tashlaydigan zamon keldi. Shu boisdan ham, milliy g„oyani
xalq qalbi, ongi va ichki dunyosiga singdirish muayyan inovatsoin texnologiya
asosida olib borilganida tadbirlarning ketma-ketligi, miqyosi va me‟yori,
davomiyligi va tamoyillari singari jihatlar bevosita qamrab olinadi. Ularning
muhimligi shunda ko„rinadiki, masalan, targ„ibotda me‟yorning buzilishi, milliy
mafkura to„g„risida hadeb va noo„rin gapiraverish, me‟yorni bilmaslik teskari
samara berishi mumkin. Targ„ibot texnologiyasi milliy g„oya va milliy mafkura
mazmun-mohiyatiga mos bo„lgan taqdirdagina kutilgan natijaga erishish mumkin.
Demak, milliy istiqlol mafkurasining:
-
muayyan g„oyaga ishontirish;
-
uyushtirish;
-
safarbar qilish;
-
ma‟naviy-ruhiy rag„batlantirish;
-
g„oyaviy tarbiyalash;
-
g„oyaviy immunitetni shakllantirish;
-
harakat dasturi tuzish;
kabi maqsadlarini ro„yobga chiqarish dolzarb vazifaga aylandi [5;20]. Zero,
ana shunda O„zbekiston xalqi oldida turgan milliy istiqlol mafkurasining bosh
g„oyasi “Milliy – tiklanishdan – milliy yuksalish sari” ishi o„zining ta‟sirchan,
amaliy vositasiga ega bo„ladi.
Targ„ibot milliy g„oya va milliy mafkura mazmun-mohiyatiga mos bo„lgan
taqdirdagina kutilgan natijaga erishish mumkin. Jumladan, milliy g„oyani targ„ib
qilishda ishtirok etuvchi barcha bo„g„in va ayrim pog„onalarda: