Adabiyotshunoslik asoslar



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/49
tarix25.03.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#89956
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   49
adabiyotshunoslik asoslar

 
 
 
 
 
E.Vohidov 
-
juft so`zdan: 
Uyg`on, quyosh o`ynar yuzingda, 
Bugungi tong shunchalar go`zal. 
Lovillaydi Shafaqlar yal-yal, 
Nechun hayol qotmish ko`zingda. 
Kiprigingda yosh olmos – olmos, 
Nechun sening uyg`onging kelmas. 


-
sostavli so`z yoki jumladan: 
Bo`ydoq to`rt yuz karnay ham
SHo`x qo`shiq, sho`x kulgilar 
Oqsin go`yo SharShara, 
To`rt yuz rubob, to`rt yuz tang, 
To`rt yuz jezu zar nay ham.
Mirtemir 
-
pantorifma: butun misra qofiyalaShadi. 
Yulduzni uzib beray, 
Kunduzni tuzib beray. 
H.Olimjon 
Pantorifma mumtoz adabiyotda ham mavjud bo`lib, uni tarse deb yuritiladi. 
Kirsun bu savodi a’zam ichra, 
Kezsun bu bilodi motam ichra. A.Navoiy 
Omonim qofiya. Shakli bir xil, biroq ma’nosi turlicha bo`lgan so`zlardan 
tuzilgan qofiya. 
Boqib ko`nglim uchun necha martaba
Nega bunday qilding, charxi kajraftor. 
Bir sohilga berib yuksak martaba
Boshqa bir sohilni qilding xokisor. 
E.Vohidov 
Bunday qofiya Shakli mumtoz adabiyotda ham uchraydi. 
Boqar oxulayin har yon o`Shal ikki qaro ko`zlar 
Hadangi g`amzasin otmoq uchun go`yo qaro ko`zlar 
 
 
 
 
 
 
 
Atoyi 
Qofiyaning bu turi mumtoz adabiyotda asosan tuyuq uchun xarakter-lidir. 
Jangga soldi daxr g`urbat norini (anor) 
Ko`z yoshim bo`ldi mo`g`ulning norini (norin) 
Bu arada men degandek bo`lmasa, 
Ko`zlayin Issiq qo`l, undan norini ( nariroq) 
So`z o`yini. Qofiyaning bu turi omonimdan farqli o`laroq bir so`zdan iborat 
bo`lmasligi mumkin. Bundan tashqari, so`z o`yini (kalambur) qofiyada askiya, hazil, 
lutf elementlari ham bo`ladi. 
Tavtologik qofiya ham o`z tuzilishi jihatidan omonim hamda kalambur 
qofiyaga yaqin turadi. Farq shundaki, tavtologik qofiya bir Shakldagi so`zdan tuzilib, 
mazmun jihatidan ham bir-biridan farq qilmaydi. 
Yo`q, kerakmas, qo`ying, kerakmas, 
Menga orom istamang, do`stlar 
Xilvat soz deb qistamang, do`stlar 
Qo`ying, bunday orom kerakmas
A.Oripov. 
Grammatik tuzilish jihatidan qofiyani quyidagicha tasnif qilish mumkin: 
Ot qofiya. Ot hamda ism so`zlar (sifat, son)dan yasalgan qofiya. 


YOg`ar edi pag`a - pag`a qor
Dalalarda izg`ir oq quyun. 
Yo`llar jimjit. Ingrar daraxtzor
Qishloq uzra qoru ko`k tutun 
Oybek 
Fe’l qofiya. Fe’l hamda boshqa yordamchi so`zlardan tuzilgan qofiya. 
Shabboda, men seni ko`rmayman 
Qo`limga tutmayman 
Jamoling ne taxlit so`rayman 
Javobing kutmayman

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin