Adabiyotshunoslik asoslar


Zulfiya  Grammatik bir xil. Bir xil so`z turkumidan tuzilgan.  OT:OT  yo`lkalar : o`lkalar



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/49
tarix25.03.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#89956
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   49
adabiyotshunoslik asoslar

 
Zulfiya 
Grammatik bir xil. Bir xil so`z turkumidan tuzilgan. 
OT:OT 
yo`lkalar : o`lkalar 
ko`klam : o`lkam 
boyonlar : chayonlar 
Sifatdosh : sifatdosh 
yugirib : sug`urib 
otar : botar 
Fe’l : fe’l 
o`rgayman : ko`rgayman 
kechmasa : ichmasa 
o`payin : ko`payib 
Grammatik har xil. Turli so`z turkumlaridan tuzilgan. 
Osonmas, osonmas shoir yurakka, = ot 
Unda tumanlarning dardi, ohi bor 
Unga bu dunyoda yaShash murakkab = sifat 
CHunki shoir qalbning ishtibohi bor 
E.Vohidov. 
O`zak qofiya. So`zning o`zagidan tuzilgan qofiya. 
yiroq : firoq 
ochiq : oshiq 
Shahar : haShar 
temir : tomir 
Qofiyalarning o`rniga ko`ra turlari.
Boshlanma (anaforik) qofiya. 
Sababi shunda edi, 
Ko`nglim tugunda edi. 
O`lib ketar deb edim, 
CHirib ketar deb edim. 
 
 
 
 
 
 
 
H.Olimjon. 
Ichki qofiya. Misra so`nggidagi qofiyadan tashqari, misra o`rtasidagi so`zlar ham 
ohangdosh bo`ladi. 


Koshki edi, men boshingda 
Turgan bo`lsam o`Sha dam 
Kirmasmidim men qoshingga 
Bermasmidim jonni ham

 
 
 
 
 
 
Zulfiya 
Ichki qofiya mumtoz adabiyotda ham keng tarqalgan.
Qaro zulfing firoqida parishon ro`zg`orim bor 
Yuzingning ishtiyoqida na sabru na qarorim bor 
 
 
 
 
 
 
 
Bobur 
Qo`sh qofiya. Misra ichidagi qofiya misra oxiridagi qofiya bilan ham ohangdosh 
bo`lib keladi. 
Salqin saharlarda, bodom gulida
BinafSha labida, ellarda bahor. 
 
Qushlarning parvozi, ellarning nozi 
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor 
 
 
 
 
 
 
 
Zulfiya 
Bunday qofiyaning mumtoz adabiyotdagi ko`rinishi. 
Labing bag`rimni qon qildi, ko`zimdan qon ravon qildi, 
Nega holim yomon qildi, mening andin so`rorim bor 
Bunday qofiyani Navoiy zulqofiyatayn deb ataydi. 
Bandni uyushtirish jihatidan qofiyaning misradagi o`rni. 
Kesishuvchi qofiya a b a b 
Zamin otli bir Sayyorani 
Ikki bo`lak qilib so`ydilar
G`arb dedilar bitta porani 
Bir porani Sharq deb qo`ydilar
 
 
 
 
 
 
 
E.Vohidov 
Qoliplovchi qofiya: a b b 
Ba’zi tunlar qattiq - qattiq 
Bo`kirdi - da qo`ydi sellar 
Quturadi vaxshiy ellar 
Ucha yozdi ko`rpa - yostiq 
Oybek 
Juft qofiya: a a b b v v g g 
 
Ikki do`stga aytib Sharaf - shon 
Oqar edi toshqin Zarafshon 
Olam sari sochib yangi ong 
Sekin - sekin yoriShardi tong. 
H.Olimjon 
Mumtoz adabiyotda masnaviylar xudda shunday qofiyalanadi. 
Nedur ahvoling, ey zori g`aribim, 
Visolim davlatidin benasibim. 
CHekarding g`am tog`in holing nechundir, 
Bu yukdan jimmi chun noming nechukdir. 


Navoiy. 
Bo`ldi taajjub qiziq hangomalar, 
Arz etayin emdi yozib nomalar. 
Adl qulog`i - la eshit holimi 
Zulm qilur baski menga zolimi
Muqimiy 
SHunday qofiyalash yo`li bilan yozilgan asarlar masnaviy deyiladi. 
Uzilgan qofiya: a b v b 
Tong otarchog`ida juda sog`inib 
Bedil o`qir edim, chiqdi oftob. 
Loyqa haylatlar chashmaday tindi 
Pok - pokiza yurak - bir qatra simob.
G`.G`ulom 
Uchlik qofiya: a a b a
Qofiyaning bu turi xalq qo`shiqlari uchun xarakterli bo`lib, yozma 
adabiyotga ham o`Sha erdan kirib kelgan. 
Olma ekilmasmidi, 
Tagi chopilmasmidi
Nega qariga berding? 
Tegim topilmasmidi 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin