Qofiya so`zi arabcha bo`lib, «kafo» - biror narsa ichidan borish, tuzilish ma’nosini beradi. Qofiya ayrim tovush yoki tovushlar kompleksining takrori bo`lib, band hosil qiladi. Qofiya she’rni esda saqlashni osonlashtiradi. Qofiyada ohangdosh so`z misra oxiriga chiqariladi. Bu inversiyani keltirib chiqaradi. Qofiyaning intonatsion-stilistik funktsiyasi shundan kelib chiqadi. CHunki ajratib ta’kidlangan so`zga urg`u tuShadi, unga e’tibor kuchayadi. Qofiya bir xil pozitsiyada kelgan so`z yoki tovushlarning ohangdosh
ligiga asoslanadi. Mumtoz adabiyotda qofiyaning tovush jihatdan bir xil bo`lishi
etarli emas, deb hisoblangan. Qofiya bo`lishi uchun hatto harflar ham bir xil bo`lishi
talab etilgan. Qofiyaning keyingi taraqqiyoti natijasida bu talab o`z ahamiyatini
yo`qotdi. SHunga qaramay, qofiyaning ikki turi haqida gapirish mumkin:
1.Grafik - yozish uchun qofiya. Qofiyalangan so`zlardagi tovushlarning
to`la muvofiq bo`lishiga asoslanadi:
Daraxt
paxta
anor
dog`
Karaxt
taxta
kanor
bog`
2.Akustik - eshitish uchun qofiya. Bu qofiya yozuvda harflarning
muvofiqligiga emas, talaffuzdagi ohangdoshligiga asoslanadi.
Qofiyalashda shoir ataylab talaffuzni ko`zda tutadi.
Paxta
daraxt
dog`
sistema
Vaqtda
har vaqt
dor
epidemiya
Asriy tut daraxti, Ayniqsa ellar vaqti.
Akustik qofiya poeziyaning keyingi taraqqiyoti natijasida paydo bo`lgan bo`lib, qofiya taraqqiyotining kelajagi shu bilan bog`liqdir.