Obraz yaratishda yozuvchi prototipdan foydalanish ham mumkin. Hayotning o`zida ham haqiqiy tiplar uchraydi. Ular yozuvchi uchun prototip vazifasini o`taydi. Ba’zi hollarda yozuvchi o`z tasavvurida o`ylab yurgan odamga o`xShash kishini hayotda uchratib qolishi mumkin. Bunday holda san’atkor tasavvuridagi obrazni yaratish uchun haligi Shaxs nusxa vazifasini bajaradi. Prototipning ahamiyati shundaki, u to`qima bilan hayot, borliqni birlashtiradi, yozuvchi fantaziyasini hayotga yaqinlash-tiradi. Biroq badiiy obraz hayotdagi prototiplarning barcha Shaxsiy, o`ziga xos xususiyatlarini qamrab olmaydi, balki ma’lum g`oyaviy-estetik nuqtai nazardan tasvirlangan obraz uchun zarur bo`lgan individual hususiyatlarinigina oladi, xolos. Demak, obraz hayotdagi narsa va hodisalarning nusxasi emas, ularning badiiy tadqiq qilingan hamda ma’lum g`oyaviy niyatga bo`ysundirilgan natijasidir. San’atkor obraz yaaratar ekan, hayot faktlarini o`z tasavvurlari bilan jonlantiradi, boyitadi. Faqat yozuvchining to`qimasi yordami bilan yaratilgan obrazgina hayotiy va xaqqoniy bo`ladi. YOzuvchi fantaziyasi voqea-hodisalarning mohiyatini ochish, hayot haqiqatini ro`yobga chiqarish vositasi bo`ladi. YOzuvchi fantaziyasi yordamida yaratilgan obrazgina kishini ishontiradi, shundagina kitobxon uni to`qima emas, haqiqat deb qabul qiladi. YOzuvchi fantaziyasi yordamida yaratilgan obrazlar fantaziyasiz batafsil tasvirlangan asarlarga qaraganda jonliroq va hayotiyroq bo`ladi. Badiy adabiyotda obraz so`z vositasida yaratiladi. So`z ham xuddi rassomning
bo`yog`i, kompozitorning ohanglari singari, inson hayotining ko`z ilg`amas
tomonlarigacha berish imkoniyatiga egadir.