Adabiyotshunoslik asoslar



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/49
tarix25.03.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#89956
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   49
adabiyotshunoslik asoslar

NAZORAT SAVOLLARI: 
1. Konfliktni ta’riflang. 
2. Konflikt turlarini ko`rsating. 
3. Lirikada konflikt. 
4. Konfliktsizlik nazariyasi. 
5. Qarama-qarshi kuchlar kurashi tarzidagi konflikt. 
6. Qarama-qarshi xarakterlari kurashi tarzidagi konflikt. 
7. Qarama-qarshi tuyg`ular kurashi tarzidagi konflikt. 
8. Adabiyotshunoslikda konflikt muammosining ishlanishi. 
9. Milliy adabiyot namunalari asosida mavzuni tahlil qiling. 
10. Dramatik asarda konflikt. 
 
TAYANCH IBORALAR: 
1. Konflikt. 2. Konflikt turlari. 3. Lirikada konflikt 
4. Dramada konflikt. 5. Konfliktsizlik nazariyasi. 6. Syujet va
konflikt. 
ADABIYOTLAR: 
1.Rahimov A. Badiiy konfliktning nazariy va metodologik masala-
lari. FDU. Ilmiy xabarlar. 2001 yil. № 1-4. -B. 60-63. 
2. Rahimov A. Roman san’ati. Qo`llanma. Farg`ona, 2001.
3. Rahimov Z. O`zbek romanida konflikt ko`rinishi. FDU. Ilmiy
xabarlar. 1997 yil. № 3-4. -B. 137-138. 
BADIIY ASAR MAVZUI VA G`OYASI 
 
R e J A: 
1. Badiiy asar mavzui. 
2. Badiiy asar g`oyasi. 
Shakl va mazmun komponetlari orasida mavzu va g`oya mazmunga kiradi va 
muhim o`rin tutadi. Mavzu va g`oya ajralmas ajralmas dialektik birlikda bo`ladi: 
mavzu g`oyaviy jihatdan aniqlangan, g`oya esa mavzu rivoji natijasida ochilgan 
bo`ladi. G`oyaning ahamiyati mavzuning ahamiyatiga bog`liqdir. Biroq asarning 
g`oyaviy-estetik ahamiyati o`z-o`zidan mavzu bo`lavermaydi. Mavzu asardagi 
kuchlarning to`qnashuvga olib boradigan harakat - faoliyatdir.
Mavzu asarda ifodalangan hayotiy materialldan hosil bo`ladi. SHunday qilib
mavzu-asarda tasvirlangan hayotiy voqelikdir, asarda nima tasvirlanganidir. 


Mavzu asarning mazmuni bilan mahkam bog`liq bo`lib, mavzu to`g`risida 
gapirganda ma’lum darajada asar mazmuniga ham xarakteristika beriladi. 
San’atkor badiiy asar ustida ishni mavzu tanlash va uni aniqlashdan boshlaydi. 
V.Kattaev aytganidek, «hammadan oldin mavzu paydo bo`ladi». Asar mavzusini 
aniqlashda qaxramonlar va voqealar tilga olinmasligi kerak. CHunki qahramon va 
voqealar ana shu mavzuni ochishga xizmat qiladi, ularning o`zi mavzu bo`la olmaydi. 
Mavzuning katta-kichigi bo`lmaydi. Ba’zan katta mavzu talantsiz yoritilganligi uchun 
ahamiyatsiz bo`lib qoladi, kichkina mavzu esa katta ijtimoiy ma’no bera oladi. Bu esa 
iste’dodga bog`liqdir. Biroq hamma narsa ham iste’dodga bog`liq emas. Aslida 
qamrab olingan voqealar miqdori emas, uni ochishning chuqurligi, kolliziyalarning 
ijtimoiy mazmunini to`la ochishga, uni haqqoniy va emotsional (hissiy); ishonarli 
talqin qilishga bog`liqdir. Asarning taqdirini mavzu emas, uning g`oyaviy-estetik 
ochilishi hal qiladi. Zammoning muhim masalalari ochilgan asar kitobxonni 
to`lqinlantiradi. YOzuvchi mavzuni ochish barobarida, unga o`z munosabatini ham 
ifodalaydi, uni baholaydi. Bu esa yozuvchining ba’zi narsalarga xayrixohligida, 
ba’zilariga qarshiligida ko`rinadi. O`quvchida ham shunday kayfiyat uyg`otadi. 
San’atkor doimo voqealar ustidan hukm chiqaradi. Ana shu hukm badiiy asar 
mazmunining ajralmas qismidir. Mavzuni ochish jarayonida san’atkor hayot uchun 
muhim bo`lgan masalalarni ko`tarib chiqadi. Asarda mavzu bitta bo`lmasligi 
mumkin. Ayniqsa, yirik epik asarlarda asosiy, bosh mavzudan tashqari, xususiy 
mavzuchalar ham bo`lib, ular ham asosiy mavzuga bog`liq bo`ladi va uni ochishga 
xizmat qiladi. Ana shu asosiy va xususiy mavzularning hammasi bir bo`lib, asar 
tematikasi (mavzular doirasi)ni tashkil etadi. YOrdamchi mavzu voqeaga ta’sir 
qiladigan yoki aks ta’sir qiladigan harakatdir. Har bir asarda doimo siyosiy, axloqiy, 
falsafiy va shu singari boshqa g`oyalar ifodalangan bo`ladi. Biroq u g`oyalarning o`zi 
badiiy asarning g`oyaviy mazmuni bo`la olmaydi. Masalan, «Tinch Don» romanida 
ko`p adashuvlardan keyin ham asar oxirida G.Melexov yangi hayotga qaytmaydi. 
«Sarob» romanidagi Saidiy taqdiri ham shunday. Biroq yozuvchilar bu asarlar oxirida 
xalqi bilan bira bormagan, xalqdan ajralgan kishining taqdiri shunday, xalq yo`lida 
yaShab o`tkazilgan, xalqqa bag`ishlangan umur haqiqiy hayot deb o`quvchiga axloq 
o`rgatmaydi. Voqea, obraz va xarakterlar mantiqi o`quvchini ana shunday ob’ektiv 
xulosaga olib keladi. Demak, g`oya asarda tasvirlangan hayotiy voqelikdan kelib 
chiqadigan mantiqiy xulosalardir. YOzuvchining asarda muayan voqealarni 
tasvirlashdan maqsadi nima demoqchiligidir. 
Adabiy asarda yozuvchi g`oyani Shakllantirmaydi. G`oya obrazlarning tabiy 
talqini natijasida ochiladi. Demak, quruq g`oyaning o`zi hali mazmun bo`lmaydi. 
G`oya obrazlar bilan birga yurmaydi xam. U asarning butun ruhida namoyon bo`ladi, 
asarning etakchi xususiyati sifatida mavjud bo`ladi.
G`oya mualifning asarga izohi, komintarisi, Sharhi ham emas. G`oya asar 
strukturasida (tuzilishi) bo`ladi. Masalan, P.Qodirovning «Erk» qissasida yozuvchi 
Sattor, OySha, Roziyalar taqdirini hal etmaydi. Zotan, qahramonlar taqdiri qanday 
hal bo`lganligini ko`rsatish Shart emas. Agar qissada qahramonlar taqdiri aniq hal 
etilganda edi, asarning badiiy qimmatiga putur etgan bo`ladi, yozuvchi o`quvchiga: 
sen ham shunday holga tushganingda ana shunday qil, deb o`rgatgan bo`lur edi. 


YOzuvchi masalani ochiq qoldirdi, uning echimini o`kuvchiga havola qiladi, 
o`quvchini o`ylab ish qilishga chaqiradi. 
San’atkor nasihatiga emas, quruq didaktika haqiqiy san’at uchun begonadir. 
Agarda asarda hayot haqiqati tasvirlangan bo`lsa, asar voqealarida hayotning etakchi 
tendentsiyalari payqab olingan bo`lsa, obrazlarda zamonaning eng muhim ehtiyojlari 
ifodalangan bo`lsa, san’atning badiiy tashviqot bo`lgani shudir.
Badiiy asar qimmati g`oyaning chuqurigi va haqqoniyligi bilan ham 
o`lchanadi. SHunga ko`ra g`oya ob’ektiv, subektiv, haqiqiy va soxta bo`ladi. Soxta 
g`oya asar qimmatini tushiradi, uni halok qilib, g`oyasiz qilib qo`yadi. Masalan, 
M.Boboeavning «Ra’no» qissasida ikki yosh bir-birini sevib, axdu paymon qiladi. 
Biroq ular ota-ona orzusi degan an’anadan tashqari chiqa olmaydilar. Ota-ona orzusi 
yo`lida o`z orzu va g`oyalarini qurbon qiladilar. Muallif ota-ona orzusi deb inson erki 
va muhabbati qurbon qilinishiga qarshi isyon ko`tarmoqchi bo`ladi. Biroq asar echimi 
kitobxonga: baribir ham muhabbating amalga oshmaydi, undan ko`ra bir-biringni 
sevib, axdu-paymon qilma, degan xulosaga olib keladi. Qissani o`qib, shu gapni 
aytish uchun qissa yozish Shartmi, degan fikr keladi. R.Rahmonovning «Sevgi 
qarimas» qissasida ham xuddi shunday holatga duch kelamiz.
YOzuvchi voqealarni haqqoniy tasvirlasa-yu, o`zining dunyoqarashidagi 
cheklanganlik oqibatida kelib chiqadigan g`oya asardan kelib chiqargan mantiqiy 
xulosaga muvofiq kelmasa, bu sub’ektiv g`oya (niyat) deyiladi. Bunda muallif 
ixtiyoridan tashqari, o`z-o`zidan boshqa, to`g`ri xulosa ham kelib chiqadi. Bu 
ob’ektiv g`oya bo`ladi. Asar qimmati ana shu bilan belgilanadi. SHuning uchun ham, 
Dobrolyubov aytganidek, muallifning nima demoqchiligi emas, nima deganligi 
muhimdir. 
Badiiy ijod jarayonida san’atkorning sub’ektiv maqsadi bilan ob’ektiv g`oya 
bir-biriga zid kelib qolishi mumkin. Ko`pincha shunday bo`ladiki, g`oya 
yozuvchining irodasiga qarama-qarshi uning asarlaridan ob’ektiv ravishda kelib 
chiqadi. Yozuvchi o`z oldiga bir g`oyaviy maqsadni qo`yadi, asardan kelib 
chiqadigan ob’ektiv xulosa esa butunlay boshqacha bo`ladi, natijada yozuvchi 
g`oyasi soxta bo`lib qoladi. Asar asosidan kelib chiqadigan g`oya qanchalik haqqoniy 
bo`lsa, badiiy ijodning natijasi ham shunchalik yuksak bo`ladi. 
G`oya obrazlar tizimi orqali ochiladi. San’atkor zo`r bo`lsa, aytmoqchi 
bo`lganidan ham ko`proq narsani aytishi mumkin. G`oya aniq hayot materiali asosida 
ochiladi. Masalan, «Qutlug` qon» romanining mavzusi 1916 yilgi milliy-ozodlik 
qo`zg`olonidir. G`oyasi esa qo`zg`olon saboqlari bekor ketmaydi, degan fikrdir. 
Badiiy asar asosida yotgan g`oyani aniqlash osonlik bilan qilinadigan ish deb 
bo`lmaydi. Asar g`oyasini aniqlash juda qiyin ish bo`lib, faqat kuchli tafakkur bilan 
birlashgan estetik hissiyotninggina qo`lidan keladi. xolos. «Poetik g`oya silogizm 
emas, aqida ham emas, qoida ham emas. U jonli ehtiros, pafosdir», - deydi 
V.G.Belinskiy.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin