Adabiyotshunoslik asoslar


Obraz vositasida san’atkor hayotni jonlantiradi. Biroq obraz hayotning



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/49
tarix25.03.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#89956
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   49
adabiyotshunoslik asoslar

 
Obraz vositasida san’atkor hayotni jonlantiradi. Biroq obraz hayotning 
aynan o`zi emas, balki san’atkor tasavvurlari yaratgan hayotdir. Obraz hayotdagi 
narsa va hodisalarning aynan tasviri emas, uning umumlashtirgan ko`rinishidir. 
Obrazda hayotning, narsa va hodisalarning etakchi xususiyatlari aks etadi. 
San’atkor hayotni tasvirlar ekan, undagi narsa va predmetlarga xos bo`lgan eng 
muhim xususiyatlarnigina oladi. SHu bilan birga, obrazda san’atkorning Shaxsiy 
niyatlari ham mujasamlanadi. Demak, san’atkor obrazlarda hayotni shundayicha 
tasvirlabgina qolmasdan, unga o`zining Shaxsiy niyatlarini ham joylaydi, uni ideal 
bilan boyitadi. Ideal esa san’atkorning maqsad, orzusi, kelajak, ezgulik va baxt 
to`g`risidagi tasavvurlardir.
 
Obrazda narsa va predmetlarning tashqi ko`rinishigina ochilib qolmasdan, 
ichki mohiyati ham ochiladi. Agarda obraz narsa va predmetlarning ichki 
mohiyatini ochmasa, u hayotning quruq nusxasigina bo`lib qoladi. SHunday qilib, 
obraz borliqni o`ziga xos badiiy Shaklda aks ettiruvchi manzara, predmet yoki 
harakatdir. Obraz bo`lish uchun tasvirlangan narsa joli bo`lishi, ayni choqda
o`zidan yozuvchining ma’lum maqsadini ham mujassamlashishi kerak. Obraz 


kishining ongiga emas, uning his-tuyg`ulariga ham ta’sir qilishi zarur. SHunday 
qilib, obraz ma’lum maqsad bilan jonli, hissiy-emotsional qilib tasvirlangan voqea-
hodisalar, narsa va predmetlar, jonzot va odamlardir.
Obraz har doim ham konkret bo`ladi. Unda ko`pchilik narsa va hodisalarga xos 
umumiy xususiyatlardan tashqari, takrorlanmas, o`ziga xos xususiyatlar xam 
mujassamlanadi. Aks holda obraz hayotiy bo`lmaydi. Individuallik deganda faqat 
narsa va hodisalarning o`zigagina xos bo`lgan, uni boshqalardan farqlab turadigan 
jihatlar tushuniladi. Demak, obraz umumiy xususiyatning betakror individual-likda 
namoyon bo`lishidir.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin