Adabiyotshunoslik asoslar



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/49
tarix25.03.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#89956
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   49
adabiyotshunoslik asoslar

 
Yo`llarni och, turmushlar soch 


 
 
Tuk-tuk, ship-ship. 
 
 
Tuk-tuk, ship-ship.
 
 
To`q-to`q, sib-sib.
 
 
To`q-to`q, sib-sib. SH.Sulaymon. Turksib ashulasi
Ritm she’rning tomir urushidir. U she’rda muxim estetik ahamiyatga egadir. 
V.Mayakovskiy ritmni she’rning asosiy energiyasi, degan edi. Bir o`lchovdagi 
ohangdosh parchalarning ma’lum tartibda qaytirilishi ritmni keltirib chiqaradi.
 
 
Vodiylarni yayov kezganda
 
4-5=9 
 
 
Bir ajib his bor edi menda
4-5=9 
 
 
CHappar urib gullagan bog`in 4-5=9 
 
 
O`par edim Vatan tuprog`in. 4-5=9
H.Olimjon 
 
 
 
Osmonda bir tilim xandalak 3-3-3=9 
 
 
Misoli muallaq sariq oy
3-3-3=9 
 
 
Otadan ajralgan farzandek
3-3-3=9 
 
 
Taqdirning zarbidan qaddi yoy
3-3-3=9 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Zulfiya 
 
 
Odam zoti dunyodaki bor
 
2-2-4=9 
 
 
Uning bilan muhabbatdir yor 2-2-4=9 
Keltirilgan she’riy parchalarnig har uchovi ham 9 bo`g`inli. Lekin 
bo`g`inlarning turli miqdorda guruhlanishi natijasida, har uch misol-ning ritmi bir-
biridan farq qiladi.
Barmoq tizimida misralardagi bir xil hijolar tizimining takrorlanishi ritm 
yaratadi. Bu kabi takrorlanish natijasida turoq xosil bo`ladi. Aruzda esa uzun va qisqa 
hijolarning bir hilda takrorlanishidan hosil bo`ladigan ohang ritm bo`ladi. Masalan, 
 
 
Bu vatan maqtovlarini har qancha yozsang oz ekan,
 
 
Dilga dil, tilga ko`ngil albatta jo`r ovoz ekan.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
G`.G`ulom. 
 
 
- u - -/- u - -/- u - -/- u - 
 
yoki
 
Bu ishq sirrin kitob etding, kitobing ichra men borman
 
 
Uqurman deb xitob etding, xitobing ichra men borman
 
 
 
 
 
 
 
 
A.Oripov
 
 
u - - -/u - - -/u- - -/u - - -
 
 
Meni Shaydo qiladurg`on bu ko`ngildir, bu ko`ngil,
 
 
Xoru rasvo qiladurg`on bu ko`ngildir, bu ko`ngil.
 
 
Uu - -/uu - -/uu - -/uu -
 
 
Kuzung ne balo qaro bo`libdur
 
 
Kim jonga balo qaro bo`lubdur.
 
 
Navoiy
 
 
- -u/u - - -/u - -  


Erkin she’rda esa, misralarning mazmuniga muvofiq oxang bilan o`qilishi 
natijasida ritm hosil bo`ladi.
Bu yo`llar
3
ko`p qadim yo`llardir
3-3-=6 
jahoning

fotihi Iskandar 
3-3-=6 
Rum qaysari

qotil CHingiz

Botu

Jo`ji

Temurlang

qoldirib 

kimsasiz ish

CHindan mo`g`il o`chi
2-2-2=6 
borliqni

joniga qilib teng
3-3=6 
qon deya

qon deya

bosaroq kechmishdir
3-3-=6
G`.G`ulom 
SHe’rdagi ohang, tinish belgilari (vergul)ga qarab to`xtalish - sukun natijasida 
ritm hosil bo`ladi. Ritm mazmunni chuqurroq ochishga yordam beradi. Ritm ta’sirida 
misralar emotsionallik kasb etadi. Umuman, she’r ritmik nutqqa qurilgan bo`ladi. 
Ritm she’rda qofiya tizimining o`zgarishi bilan ham o`zgaradi. SHoirda ritm tuyg`usi 
rivojlangan bo`ladi. 
PAUZA - nutq davomida zarur bo`lgan to`xtalishdir. Ana shunday to`xtalish 
bilan aytilmoqchi bo`lgan fikr ta’kidlanadi. Pauza ohangga ko`ra bayon, undov yoki 
so`roq ma’nosiga ega bo`lishi mumkin. Ayniqsa she’riy nutqda uning ahamiyati 
beqiyosdir. Pauza turoqni belgilaydi, ayrim so`zlarning ahamiyatini ta’kidlaydi, 
she’rga hayajon bag`ishlaydi. SHe’rdagi bandlar ham pauza bilan bir-biridan 
ajraladi. SHe’rdagi har bir tovush, so`z va misra muayyan ohang, to`xtalish bilan 
o`qiladigan mazmunni to`g`ri ifodalaydi. Pauza har bir intonatsion bo`lak oxirida 
keladi. Intonatsion pauza ritmik pauzadar farq qiladi.
Ritmik pauza misralar oxiridi va turoqlar oxirida yuz beradigan to`xtalishdir. 
Misra oxiridagi pauza misra orasida, turoqdan keyin keladigan pauzadan ikki barobar 
katta bo`ladi:
a) katta ritmik pauza; 
b) kichik ritmik pauza.
Katta ritmik pauza bir turoqdan keyin kelib, misrani ikkiga bo`lib yuborishi 
xam mumkin. Katta ritmik pauza qatorlarning oxirini eslatadi. U shu bilan misralarni 
bir-biridan ajratadi. Katta ritmik pauza tsezura deyiladi. TSezura (yorish, kesish) 
kuchli ohangdor to`xta-lishdir. Msira qanchalik uzun bo`lsa, tsezura shunchalik 
zarur. TSezura she’rdagi uzoq to`xtalishdir. Kichik to`xtalish misradagi so`zlarni bir-
biridan ajratsa, tsezura misrani ikkiga ajratadi. V.Mayakovskiy she’rlarida har bir 


misra undagi tsezuraga ko`ra zinalarga bo`linadi, ba’zan bir so`zning o`zi alohida 
satrda qoladi. 
TUROQ - bo`g`inlarning misralararo ma’lum tartibda guruhla-nishidir. 
Turoqlilik barmoq tizimining o`ziga xos xususiyatidir. Turoq ham she’rda ritmni 
uyushtiruvchi muhim unsur, vosita vazifasini bajaradi. Biroq turoq bilan ruknning 
farqi shundaki, turoq faqatgina so`zdan keyin tushsa, rukn so`zni ikkiga bo`lib, uning 
o`rtasiga ham tushishi mumkin. Aruzda rukn 1 hijodan 5 hijogacha bo`lishi mumkin. 
Barmoqdagi turoq esa 1 bo`g`indan 8 bo`g`ingacha bo`ladi. 
Misralardagi turoqlar soni turlicha bo`lib, 1 dan 4 gacha bo`lishi mumkin. 
Bo`g`inlar miqdori jihatidan bir xil bo`lgan turkum she’rda turoqlar turlicha bo`lishi 
mumkin. 
Na ko`kning fanori o`chmasdan 3-3-3=9 
Vodiylarni yayov kezganda 4+5=9 
Odam zoti dunyodaki bor 2+2+4+1=9 
Turoq ichida ham turoqchalar bo`lishi mumkin. Biroq bunday turoqchalar 
butun she’r davomida izchil takrorlanmasdan, she’rning u yoki bu o`rnida vaqtincha 
keladi va o`Sha o`rinda ritmni kuchaytirish vazifasini bajaradi. 
Meni / qurShar // salqin / bir havo 
Suv ustidan // tun / quyuladi 
SHunda / qancha // qancha // gaplarni 
Esga solib//oy/ham to`ladi.
H.Olimjon 
4 /2-2/-5/2-3/ = 9 
4-5 (1-4) = 9 
4/ 2-2/ -5/ 2-3/=9 
4-5/ 1-4/=9 
Ichki turoq misralararo turoqlar tarkibida paydo bo`lib, she’rning vaznini 
belgilashda betaraf bo`ladi. 
MISRA - she’riy qatordir. Misra ko`pincha tugal jumla bo`ladi. Ayrim hollarda 
misra tugallanmasdan, uning davomi keyingi qatorga o`tib ketishi ham mumkin. 
SHodlik yo`lga boshladi meni,
Baxtiyorlik bo`ldi odatim. 
SHoir bo`lib shodlik va baxtni 
Kuylamaklik zo`r saodatim. H.Olimjon 
BAND - tugal mazmun bilan bir-biriga bog`langan poetik tuyg`uning muxtasar 
bir bo`lagini ifoda etadi va bir nafas bilan aytiladi. Band ma’lum qofiya tartibi bilan 
birlashtirilgan bo`ladi. Qofiya banddagi misralarni payvandlab, o`Sha bandni boshqa 
banddan ajratib turadi. Band ham musiqiylikni keltirib chiqarishda muhim 
ahamiyatga ega. SHe’rda band takrorlanib, she’r so`nggigacha o`zgarmaydi. Ana shu 
kabi bir xil bandlarning takrorlanishi ham she’rda ohang yaratadi. Epigramma, ruboiy 
hamda tuyuqda bandning o`zi tugal g`oyaviy niyatni ifoda etadi. 
Har bir she’rning bandlaridagi misralar miqdori teng bo`lishi kerak. SHe’rning 
bandlarida qfiyalanish tartibi bir xil bo`lmaydi. Ayrim she’rlar hamda ayrim lirik 
janrlarda esa har bir bandning qofiyalanish trtibi turlicha bo`lishi mumkin. Masalan, 


H.Olimjonning «Ishqim bordur o`Sha ohuda» she’ri abbba aavva ggdga ejeja 
tartibida qofiyalangan. 
O`zbek she’riyatida band 1 misradan 14 misragacha bo`ladi. 
QOFIYa poetik asarning muhim bo`lagidir. U she’rni uyushtiradi, 
kompozitsiyani tashkil etadi, she’riy qatorning tugallanganligi haqida ogohlantirib, 
banddagi misralarni bir-biriga payvandlaydi. SHe’rdagi izchil qofiya butun asarni 
Shaklga solib turadi. Ba’zi hollarda esa qofiya janrni hosil qiluvchi asosiy 
vositalardan biri sifatida ham rolp o`ynaydi. «Qofiya bo`lmasa, she’r sochilib ketadi», 
- deydi V.Mayakovskiy. Qofiyada she’rning ritmi, intonatsiyasi, sintaktik qurilishi, 
leksikasi bilan bog`liq bo`lgan barcha kuchaytirgich liniyalar birlaShadi. Qofiya 
she’rdagi ritmni tartbga solishda muhim rolp o`ynab, ritmik qator chegaralarini 
belgilaydi. Qofiya bilan tugallangan qatorlarning almashinib turishi ritmni keltirib 
chiqaradi. 
Qofiya poeziyaning ifoda Shakli bo`lib, ma’noni ta’kidlaydi, fikrni muxtasar, 
tugal va ifodali qiladi. Qofiya ohangdoshlik yaratib, kishi tuyg`usiga ta’sir etadi va 
shu yo`l bilan ma’noni kuchaytirib, alohida ekspressiv hamda emotsional vazifani 
bajaradi. 
Qofiya misra oxiridagi ohangdoshlikdir. U qatordagi undosh tovushlarning 
tasodifiy takrori bo`lgan alliteratsiyadan hamda xalq og`zaki she’riyatidagi keng 
tarqalgan parallelizmdan kelib chiqqan. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin