ADABIYOTLAR:
1. I.Sultonov. Adabiyot nazariyasi. T., 1980.
2. T.Boboev. Adabiyotshunoslikka kirish. T.. 1980.
3. N.SHukurov va boshqalar. Adabiyotshunoslikka kirish. T.,1980.
SHe’RSHUNOSLIK ASOSLARI
R e J A:
1. SHe’riy nutqning asosiy xususiyatlari.
2. SHe’rning asosiy komponentlari.
3. Qofiya va uning turlari.
Inson qadimlardan o`z fikrini ta’sirli
qilib ifodalsh, nutqdagi asosiy maqsadni
tashuvchi so`zga asosiy zarbni berib, murojaat qilishga ehtiyoj sezgan. Bu bilan inson
o`zi aytmoqchi bo`lgan fikrinigina ifodalab qolmasdan, o`z his-tuyg`ulari, quvonch
va iztiroblarini ham qo`shib ifodalamoqchi bo`lgan. Ma’lum
ritmga solib aytilgan
nutq uning mehnatini engillashtirgan. Qadimgi dehqon bug`doy yancha turib,
ho`kiziga qarab:
Hayda, ho`kizim, hayda,
Somoni o`zingga foyda,-
deb kuylar ekan, bu bilan u qo`shiq aytib, ruhini engillashtirmoq-chigina bo`lgan
emas, balki shu qo`shiqni aytmasam ish unumli bo`lmaydi, uning vositasida tabiat va
jamiyat hodisalari, mehnat jarayonlari hamda odamlararo munosabatlarga ta’sir
ko`rsatmoqchi bo`lgan.
Aristofanning «Tinchlik» komediyasida hammollar birgalikda og`r yukni erdan
siljitar ekanlar,
O, eyya, eyya, eyya, vot!
O, eyya, eyya, eyya, vsyo!
deb kuylaydilar. Bu qo`shiq kishilarni jamoa bo`lib mehnat va kurashga birlashtiradi.
SHe’riy nutq ana shunday zaruriyat natijasida kelib chiqqan.
Lirik poeziya badiiy turlar o`rtasida alohida o`rin tutadi. SHe’r badiiy ijodning
eng qiyin va murakkabligi bilan ajralib turuvchi sohasidir. SHe’riy nutq emotsional,
ta’sirli nutqdir. SHe’r shoirning atrof borliqdan ta’sirlanishi natijasi bo`lib,
uning
o`zgacha jilo topib Shakllangan fikr-tuyg`ularidir. SHe’rni «na aytib berish va na
izoh qilish mumkin, lekin uni shoir qalamidan qanday chiqqan bo`lsa xuddi shunday
o`qib berish bilan ikkinchi odamda ta’sir qoldirish mumkin»,- deydi V.G.Belinskiy.
SHe’rda fikr, his-tuyg`u siqiq Shaklda, yorqin, musiqiy ifoda etiladi. SHe’riy asarda
hayotning ob’ektiv manzarasi aks ettirilmaydi, aks ettirilsa ham, u asosiy bo`lmaydi.
SHe’riy asar voqeaning o`zi emas, ung munosabat, uning muallifda, shoirda
qo`zg`otgan ta’siri, hayajonidir.
SHe’riy nutq vazn talabi bilan ma’lum
tartibga solingan, ritmli, ohangdor
nutqdir. SHe’r tuzilishi she’riy nutqning ma’lum o`lchovda tuzilishidir.
Nasr she’rdan nutqdagi so`zlarning erkin joylashuvi bilan farq qiladi. SHe’riy
nutq nasriy nutqdan so`zlarning ritmik uyushtirilganligi bilan farq qiladi.
SHe’riy nutq ritmik o`lchovga solingan bo`adi. Unda umumiy ritmik bo`laklar,
tovushlar, uzun-qisqa hijolar bor, urg`uli-urg`usiz bo`g`inlar ma’lum tartibda
takrorlanadi.
SHe’rda ohang muhim o`rin egallaydi. SHe’riy
nutq siqiq, ixcham, g`oyaviy-
hissiy, ifodali bo`ladi. SHe’riy nutqda g`oyaviy mazmun faqat yorqin manzara va
obrazlar vositasidagina ochilmasdan, so`zning tovush jihatdan tashkil etilishi
(evfoniya), so`z va obrazlarni o`ziga xos ravishda joylashtirish (poetik sintaksis),
hissiy ifodalilik va mukammallik yordamida ham ochiladi.
BO`G`IN - har qanday she’rning asosini tashkil etadi. Bo`g`in she’riy nutqdagi
dastlabki bo`lak bo`lib, bir nafas bilan aytiladigan tuvushlar guruhidir. Bir so`z bir
necha bo`g`ingacha bo`lishi mumkin. Oz bo`g`inli so`zlar she’riyatda
ayniqsa faol
bo`ladi. CHunki ular yordami bilan rang-barang turoq tovlanishlari yaratish
imkoniyati tug`iladi.
Bo`g`in nasrda ham bor, biroq nasrda bo`g`inning aytarli darajada ahamiyati
yo`q. SHe’riy nutqda esa bo`g`in ritm yaratuvchi asosiy unsur sanaladi. Ritm yaratish
uchun bo`g`inlar ma’lum tartibda guruhlanishi kerak.
Bo`g`inlar
guruhlanishi jihatidan yopiq, ochiq, qisqartirilgan va belgisiz
bo`ladi. Masalan, va-tan, va-zn, GES (va - ochiq bo`g`in, tan-yopiq bo`g`in; GES -
qisqartirilagn bo`g`in; zn- belgisiz bo`g`in).
Sifat jihatidan bo`g`inlar uzun, qisqa, urg`uli, urg`usiz bo`ladi. Bo`g`inlarning
ana shu xususiyatlaridan qaysinisiga asoslanishiga qarab bir nechta she’riy sistemalar
mavjud. Masalan, barmoq tizimi bo`g`inlarining soni, miqdoriga asoslanadi, aruz
sistemasida bo`g`inlarning uzun-qisqaligi, tonik sistemada urg`uli yoki urg`usizligi
asosiy o`rin egallaydi va she’rni yaratuvchi asos bo`lib qoladi. Hijolarning tartibi va
miqdori barmoq sistemasida turoqni, aruzda ruknni keltirib chiqaradi.
SHe’riyatdagi bo`g`in har doim ham grammatikadagi bo`g`inga teng
kelavermaydi.
RITM - she’rni tashkil qiluvchi muhim komponetlardan biridir.
Mehnatda,
harakatda ritm bo`ladi. Biroq har qanday harakat ritm yaratavermaydi. Ritm yaratish
uchun harakatda muayan qism yoki o`lchov izchil takrorlanishi kerak. Ritm mehnatni
engillashtiradi, insonga ruhiy ozuqa beradi. Ritmli nutq ta’sirli bo`ladi. SHuning
uchun Aristotelp ritmli nutqni «zinnatli nutq» deb aytdi. Poeziyaning ilk
bosqichlarida mehnat qo`shiqlari bevosita ana shu ritmik undovlarni o`zida aks
ettirgan. Keyinchalik bunday ritmik sadolar mehnat va san’atning boshqa turlaridan
airalib chiqib she’riy nutqqa asos bo`ladi.
Ritm she’riy nutqning muhim xususiyatlaridir. Ritmsiz she’r bo`lmaydi.
Ritm bu muayyan bo`laklarning monand ravishda
takrorlanishidan hosil
bo`ladigan zarb, ohang, musiqadir. SHe’rda turoq, misra va bandlarning bir xil
o`lchov va miqdorda takrorlanishi ritmni hosil qiladi.
Ritm jumlaga teng emas. SHe’riy qatorda bir emas bir nechta jumla bo`lishi
mumkin. Bir jumlaning bir qismi bo`lishi ham mumkin.
Ritm nutqqa ko`tarinkilik bag`ishlaydi, uni oddiy so`zlashuv nutqidan
farqlaydi. Ritmning o`zi ma’no anglatmaydi. SHe’rda boshqa vositalar
bilan
birgalikda, ritm poetik fikrni ochish vositasi bo`ladi. SHe’rda ritm vositasi bilan ham
obraz yaratiladi. Ritm mazmunni ochish vositasi bo`ladi. Lekin ritmning o`zi bilan
mazmunni berishga urinish to`g`ri emas. SHe’rda narsalarning ritmini berishga
urinish Shaklbozlik (formalizm)ga olib keladi. Masalan,
Dostları ilə paylaş: