Adabiyotshunoslik asoslar


SHu jihatidan konflikt quyidagicha 3 xil bo`ladi



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/49
tarix25.03.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#89956
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   49
adabiyotshunoslik asoslar

 
SHu jihatidan konflikt quyidagicha 3 xil bo`ladi: 
- qarama-qarshi kuchlar yoki tendentsiyalar kurashi tarzidagi konflikt
- qarama-qarshi xarakterlar kurashi tarzidagi konflikt; 
- qarama-qarshi tuyg`ular kurashi tarzidagi konflikt yoki kolliziya
konflikt; 
Bularning birinchisi eng qadimgi asarlar uchun xos bo`lib, unga Xomerning 
«Iliada», Navoiyning «Farhod va SHirin» asarlari misol bo`ladi. Bunday konflikt 
hozirgi adabiyotda ham bor. Masalan, Oybek-ning «Qutlug` qon», romanidagi boylar 
va kambag`allar kurashi tasviri, O.YOqubovning «Ko`hna dunyo» romanidagi 
Mahmud G`aznaviy boshchiligi-dagi saltanat va ularning muxoliflari - xurufiylar 
o`rtasidagi kurash tasviri.
Konfliktning ikkinchi turi Shaxsning jamoadan ajrab chiqishi natijasida paydo 
bo`lgan bo`lib, oldingi adabiyotda uning ayrim un-surlari mavjud edi. CHunki 
Navoiy asarlarida ham xarakterning o`zi yo`q. A.Qahhorning «Sinchalak» qissasida 
Saida va Qalandarov, O.YOqu-bovning «Ko`hna dunyo» romanidagi haqiqiy Ibn 
Sino va soxta Ibn Sino, ya’ni Ibn Shaxvoniy o`rtasida, Tohir Malikning «Shaytanat» 
qissasida Asadbek va Hosilboyvachcha o`rtasidagi kurash xarakterlar kurashiga misol 
bo`ladi.
Kolliziya konflikt inson ichki dunyosidagi qarama-qarshi kurashdan iboratdir. 
Bunday konflikt qadimdan lirikaga xos bo`lib, hozirda yirik asarlar uchun ham 
xarakterlidir. 
M.Mansurovning 
«Mangu 
jang» 
romanida 
Burxon 
To`kis, 
O.YOqubovning «Ko`hna dunyo» romanida Mahmud G`aznaviy ongidagi tuyg`ular 
kurashi konfliktning ushbu turiga namuna bo`ladi. 
Ayniqsa hozirgi adabiyotda konfliktning bu uch turini alohida asarlardan sof 
holda qidirish samarasizdir. Hozirgi adabiyotda konfliktning bu uch turi murrakab 
sintezlangan holda aralash keladi. O.YOqubovning «Ko`hna dunyo» romanida 
qarama-qarshi kuchlar kurashi ham (Mahmud G`aznaviy saltanati bilan Imom Ismoil 
boshliq xalq qa-soskorlari), xarakterlar kurashi xam (Ibn Sino bilan Ibn Shahvoniy) 


qarama-qarshi tuyg`ular kurashi ham (Mahmud G`aznaviydagi ichki ruhiy kolliziya) 
baravar berilgan. 
Ayniqsa, dramatik asarlar juda kuchli konflikt asosiga quri-ladi. SHuning 
uchun ham dramatik asarlarda kurash juda keskin bo`ladi, voqealar shiddatli 
rivojlanadi. 
Demak, konfliktning qaysi turidan foydalanish san’atkor uchun texnologik 
masala bo`lmasdan, borliqqa munosabat, voqealarning tarixiy tendentsiyasi, ijtimoiy 
ziddiyatlarning rivojlanishi mantiqi, insonning murakkab ruhiy olamini anglash 
masalasidir. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin