Xarakterlardagi o`zgarishlar syujetga ham ta’sir qiladi. Syujetning faolligi
mazmunning to`laroq ochilishiga yordam beradi.
Konflikt - personajlar o`rtasidagi to`qnashuvdir. Xarakterlar qanchalik aniq,
yorqin individuallashtirilgan bo`lsa, konflikt shun-chalik shiddatli va keskin bo`ladi.
Intriga ham asli konflikt bo`lib, chalkash voqealarga
quriladi va asosan
komediyada bo`ladi.
Bir vaqitlar konfliktsizlik nazariyasi hukm surgan bo`lib, o`Sha davrda
yaratilgan romanlargina emas, dramalarda ham konflikt yo`qolib
ketdi yoki juda
kuchsizlandi. Konfliktsizlik nazariyasining tuga-tilishi adabiyot va san’at
taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko`rsatdi.
Badiiy konfliktni borliqdagi real konfliktlar bilan tenglashtirib bo`lmaydi.
Konfliktni antogonistik va noantogonistik turlarga bo`lib kelinardi. Biroq bunday
qarama-qarshiliklar san’atda o`z ifodasini topsa ham,
ular aslida ijtimoiy hayot
hodisasi bo`lgan sotsial kategoriyalardir. Barcha janr va davrda yaratilgan asarlar
konfliktini bunday turlarga bo`lib tasnif qilib bo`lmaydi.
Aslida konflikt estetik kategoriya bo`lib, u badiiy asarlarda hayotdagi qarama-
qarshiliklarni ifoda etish vositasidir.
Dostları ilə paylaş: