Adabiyotshunoslik asoslar


- r e t r o s p e k t i v



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/49
tarix25.03.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#89956
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   49
adabiyotshunoslik asoslar

- r e t r o s p e k t i v; 
- k o n ts e n t r i k; 
- a s s o ts i a t i v.
Xronikali syujetda voqealar bir boshdan boshlanib, birin-ketin hikoya qilinadi. 
Xronikli syujet ishonarli bo`ladi. Biroq syujetning bu turi doim ham qulay vosita 
bo`la olmaydi, chunki xronikaning o`zi syujet bo`la olmaydi. Xronikalilik ko`pincha 
naturalistik bayonchilikka olib keladi, yorqin obrazlar yaratishga imkon bermaydi. 
Masalan, Navoiyning «Farhod va SHirin», «Layli va Majnun» dostonlarida, 
Ayniyning «Esdaliklar»ida, P.Tursunning «O`qituvchi»sida voqealar qahramoning 
tug`ilishidan, to ma’lum yoshigacha beriladi. Biroq bu asarlarning kompozitsion 
qurilishi, voqealarni tanlash, saralash, umumlashtirish va ularni badiiy ifodalash 
mahorati, ularni joylash-tirish, ya’ni kompozitsiya shunga olib keladiki, bu asarlarni 
o`qigan kishi unda ortiqcha narsa yo`q, barcha voqealar badiiy-estetik va ijtimoiy 
qimmatga egadir, degan xulosa chiqadi. Ularda e’tiborga loyiq va qiziqarli syujet 
hosil qilinadi.
Retrospektiv (orqaga qaytuvchi) syujetda voqealar bir boshdan birin-ketin 
hikoya qilinmay, balki voqeaning ma’lum joyida to`xtatib qo`yilib, uning o`tmishiga, 
oldingi voqealarga murojaat qilinadi. Ba’zi asarlar umuman ana shunday orqaga 
qaytishga asoslansa, ayrim masalalarda vaqti-vaqti bilan voqealar hamda 
qahramonlarning o`tmi-shiga qaytib turiladi. Masalan, M.SHoloxovning «Inson 
taqdiri» qissasi butunicha orqaga qaytishga asoslangan. A.Qodiriyning «Meh-robdan 
chayon» romanidagi Solih Mahdumning o`tmishi tasviri, H.Olimjonning «Zaynab va 
Omon»ida Zaynab bilan Omonning o`tmishi, O`.Hoshimovning «Tushda kechgan 
umrlar» romanida komissar va T.Malikning «Shaytanat» qissasida bosh qahramoni 
Asadbekning o`tmish hayoti tasviri kabilar vaqti-vaqti bilan orqaga qaytish namunasi 
bo`ladi.
Kontsentrik syujet tadqiqot syujet ham deyiladi. Unda voqea hikoya 
qilinmaydi, o`tmishga ham murojaat qilinmaydi. Kontsentrik syujetda biror 
hodisaning sabablari tahlil qilish jarayonida sodir bo`lgan voqealar kitobxon ko`z 
o`ngida jonlanadi. Masalan, O`.Umarbe-kovning «YOz yomg`iri» qissasi boshida 
CHorsudan Mo`nisning jasadi to-piladi. Uning qanday o`ldirilganligini yozuvchi 
ham, kitobxon ham, asar qahramonlari ham hikoya qilib bermaydilar. Jinoyat 
sabablarini tekshirish jarayonida kitobxon ko`z o`ngida sodir bo`lgan voqealar 
jonlanadi. Sofoklning «SHoh Edip», O.Abdullinning «O`n uchinchi rais» dramalari, 
H.G`ulomning «Mash’al», O.YOqubovning «Larza», O`.Umarbe-kovning «Fotima 
va Zuhra», O`.Hoshimovning «Tushda kechgan umrlar», T.Malikning «Shaytanat» 
kabi asarlari ham syujetning ana shu turiga asoslanib qurilgan. CHunki kontsentrik 
syujet ko`pincha detektiv asarlar uchun xos bo`ladi. 


Assotsiativ syujet ilgarilari asosan lirik asarlar uchun xarak-terli bo`lib, lirika 
tashqi hodisalarga shoirning munosabati yoki tashqi hodisalar ta’sirida shoir Shaxsida 
tug`ilgan tuyg`u va kechinma-larga asoslanardi. Hozirda syujet qurishning assotsiativ 
usuli yirik nasriy va dramatik asarlar uchun ham xos bo`lib qolmoqda. Bunday 
asarlarda hikoya qilinmaydi, balki qahramonning xotiralari, o`y-xayol-lari, 
tasavvurlari oqimi beriladi. Masalan, A.Muxtorning «Davr me-ning taqdirimda», 
«CHinor», S.Anorboevning «Umr», CH.Aytmatovning «Alvido, Gulsari», «Asrga 
tatigulik kun», O`.Umarbekovning «SHoshma quyosh», O.YOqubovning «Ko`hna 
dunyo» asarlari asotsiativ syujet asosida qurilgan. Lirik poemalar syujeti ham 
assotsiativ usulga asoslanadi. 
Asarda har bir personaj o`z xarakteri va vazifasiga ega bo`ladi. Ularning 
barchasi asosiy narsaga, ya’ni voqealar rivojiga birlashti-riladi va shu bilan asar 
syujetini ochishga xizmat qiladi. Syujet bi-lan kompozitsiya ajralmasdir. Syujet 
bo`shligi kompozitsiyaning bo`shli-gini keltirib chiqaradi. Aniq Shakllantirilmagan 
bo`sh kompozitsiya esa syujetni halok qiladi. Biroq yaxshi ishlangan 
kompozitsiyaning o`zi ham muvaffaqiyat keltirmaydi. Kompozitsiyaning qimmati 
g`oyaning qimmati bilan belgilanadi. Yaxshi kompozitsiyada ifodalangan g`oya 
syujetni ham yaxshilaydi. Demak, syujet asar mazmunini ochish Shaklidir.
Kompozitsiya - voqealar, obrazlar va asosiy g`oyani ochishga xizmat qiladigan 
vositalarning joylashtirilishi, me’yori va nisbatidir. Kompozitsiya - asarning qurilishi, 
tuzilishi, uning strukturasidir. 
Kompozitsiya - asardagi barcha qismlarni uyushtiruvchi muvofiq-likdir, 
alohida elementlarning, voqea va epizodlarning joylashishi, elementlarning bir 
butunga xizmat qildirilishidir. Kompozitsiya markaziy figurani belgilab olib, so`ng 
boshqa personajlarni uning atrofida joylashtirishdir. Kompozitsiyaning qurilishi ham 
san’atkor tanlab olgan va tasvirlagan hayotiy materialga bog`liqdir. Badiiy maz-mun 
kompozitsiyaning qanchalik aniq qurilganligiga bog`liqdir. Asarda-gi kompozitsion 
elementlarning barchasi umumiy maqsadga qaratilgan bo`lishi kerak.
Kompozitsiya elementlari: 
- syujet elementlarining tartibi; 
- qoliplash; 
- qistirma hikoyalar; 
- chekinishlar. CHekinishlarda muallif syujetdan chetga chiqib, tas- 
virlanayotgan voqea va qahramonlarga munosabat bildiradi; 
- syujet liniyalarining joylashishi; 
- obrazlarning joylashishi
- qahramonlarning dialog, monologlari, o`z tuyg`ularini ifoda etish-
larining o`rni, ichki monologlar; 
- portret xarakteristikasi. Portretda qahramonlar tashqi qiyofasi-
gina emas, ularning ichki dunyosidagi o`zgarishlar ham mujassam-
lanadi. 
- peyzaj va muhit xarakteristikasi. 
Syujet kompozitsion tartib orqali yuzaga chiqadi. Kompozitsiya syujetdan 
kengroqdir. U syujet bilan bog`liqdir. Asar voqealarini xronologik tartibda 


joylashtirmaslik, tugun va echimini har erda berish mumkin. Bu ham kompozitsiya 
bo`ladi.

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin