ham) Ibrohim nasliga (Yusuf, Dovud, Sulaymon kabi zotlarga) Kitob, Hikmat berib, yana ularga buyuk mulk (hukmronlik) ham ato etgan edik-ku! 55. Bas, ular ichida unga (Muhammadga) imon keltirganlari ham, undan yuz o'girganlari ham bo'ldi. Jahannam yetarli olovdir. 56. Albatta, oyatlarimizni inkor etuvchilarni do'zaxda toblagaymiz. Azobni totsinlar deb, terilari kuyib bitishi bilan o'rniga boshqa (yangi) terilarni almashtirib turamiz. Albatta, Alloh qudratli va hikmatlidir. 57. Imon keltirgan va solih amallarni qilganlarni esa abadiy yashaladigan, ostidan anhorlar oqib turadigan bog'lar (jannat)ga kiriturmiz. Ular uchun u yerda pokiza juftlar bor va ularni qalin soyalarga kiriturmiz. 58. Darhaqiqat, Alloh omonatni o'z egalariga topshirishingiz va odamlar o'rtasida hukm qilganingizda adolat bilan hukm qilishingizga buyuradi. Albatta, Alloh sizlarga yaxshigina nasihat qilur. Albatta,
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
57
Alloh eshituvchi va ko'ruvchidir. 59. Ey, mo'minlar! Allohga itoat etingiz, Payg'ambarga va o'zlaringizdan (bo'lmish) ish egalari (rahbarlar)ga itoat etingiz! Bordiyu, biror narsada kelisha olmay qolsangiz, Allohga va oxirat kuniga ishonadigan bo'lsangiz, uni Allohga va Payg'ambariga havola qilingiz. Mana shu yaxshiroq va yechimi chiroyliroq (ish)dir. Izoh:Bu oyatdan Allohning va Uning rasulining amriga itoat qilish bilan birga rahbarlarga ham itoat qilishning vojibligi ma'lum bo'ladi. Xalqimizda "Podshohning amri vojib" degan naqlning ham manbai shu oyati karima bo'lishi kerak. Modomiki, rahbar yoki ota-onalar gunoh-ma'siyatga emas, ezgulikka, foydali ishlarga buyurar ekanlar, oyat va hadislar taqozosiga ko'ra, ularga itoat etish vojibdir. (Tahoviy "Aqoidi"ga qaralsin). Mazkur oyati karimadan fiqh (Islom huquqshunosligi)da qo'llaniladigan shariat ahkomlarining asosiy to'rt manbaiga ham ishorat mavjudligi aniqlangan. Allohga itoat etishdan - Qur'on, Payg'ambariga itoat etishdan - Sunnat, rahbarlarga itoat etishdan - Ijmo', nizoli masalani Alloh va Rasuliga havola qilishdan Qiyos usullari ma'lum bo'ladi.