www.ziyouz.com кутубхонаси
483
Tarjima va izoh muallifi:
Abdulaziz Mansur
Mas’ul muharrir:
Hamidulla Karomatov
TAHRIR HAY’ATI A’ZOLARI:
Abdurashid qori Bahromov, Rahmatulloh qori Obidov, Ne’matilla Ibrohimov, Hayriddin Sultonov,
Hamidulla Karomatov, Najmiddin Komilov, Zuhriddin Husniddinov, Zohidjon Islomov, Botirbek
Hasanov.
O’zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining qarori va
Toshkent islom universiteti
Ilmiy kengashi tavsiyasiga binoan nashr etildi.
TARJIMON HAQIDA
Abdulaziz Mansur Dadajon o'g'li O'zbekiston Respublikasi Farg'ona viloyatining Mindon qishlog'ida 1944 yili
tavallud topgan. O'n yillik o'rta ta'lim maktabini bitirgach, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda viloyatning
ko'zga ko'ringan ulamolari huzuriga qatnab islomiy fanlardan ta'lim olgan.
1975 yilda Toshkent Islom institutiga o'qishga kirib, uni 1979 yili xatm qildi. 1980-1981
yillari Sudandagi
«Ummu Durmon» islom jomeasida tahsil ko'radi. 1983 yilgacha «Sovet sharqi musulmonlari» jurnalida mas'ul
kotib lavozimida ishlab kelib, shu yildan to 1993 yilga qadar O'zbekiston musulmonlari idorasining fatvo
bo'limi mudirligi vazifasida ishladi. 1997-1998 yillari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar
mahkamasi huzuridagi
Din ishlari bo'yicha qo'mitada bo'lim mudiri, 1998-2000 yillarida esa, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining
millatlararo munosabatlar va din ishlari bo'yicha davlat maslahatchisi lavozimida ishlagan. 2000
yilning may
oyidan to hozirgi kunga qadar Toshkent Islom Universitetida ilmiy meros va diniy tadqiqotlar bo'yicha
prorektor bo'lib ishlab kelmoqda.
Abdulaziz Mansur Toshkent va Buxoro madrasalarida dars berish barobarida matbuotda ilmiy maqolalari bilan
muntazam qatnashib kelgan. Adabiy diniy merosimizni o'zbek tiliga tarjima qilishda Abdulaziz Mansur keng
faoliyat ko'rsatib kelmoqda. «Ming bir hadis», «Aqoidi Tahoviya», «Fiqhi akbar», «Bad'ul-amaliy», «Aqoidi
nasafiya», «Unvonul-bayon», «Atvoquz-zahab» kabi asarlarni arab tilidan o'zbek tiliga mahorat bilan o'girgan.
Bundan tashqari Abdulaziz Mansur Respublikada chop etilayotgan ko'pdan-ko'p diniy kitoblar nashrida mas'ul
muharrirlik qilib keladi. Xalqimizning ma'naviy saviyasini yuksaltirishda bu islomshunos
olimning bajarib
kelayotgan xizmatlari tahsinga loyiqdir.