Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə740/743
tarix26.03.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#90069
1   ...   735   736   737   738   739   740   741   742   743
Qur\'oni karim ma\'nolari tarjimasi. Abdulaziz Mansur

www.ziyouz.com кутубхонаси 
480
Qur'oni karimning oyatlari bir joyda emas, balki Makka, Madina, Toif, Juhfa, Baytil-maqdis, Hudaybiya kabi 
shaharlarda va Mino, Arafot, Badr, Uhud kabi joylarda nozil qilingan.
* * * 
Qur'oni karim 30 pora 114 sura, 6236 oyatdan iboratdir.
* * * 
Oyatlarning 63 foizini Makkada, 37 foizini Madinida nozil bo'lgan oyatlar tashkil etadi. Ya'ni, makkiya oyatlar 
4780, madaniya oyatlar 1456, jami bo'lib 6236 oyat.
* * * 
Eng qisqa oyatlar “Toho” va “Yosin”, eng uzun oyat Baqara surasining 282-oyatidir.
* * * 
Hijratgacha nozil qilingan suralarning hammasi makkiya, hijratdan keyin xoh Madinada, xoh boshqa joylarda 
nozil qilingan suralarni umumiy holda madaniya deb atalaveradi.
* * * 
Makka ahliga qarata xitob qilingan oyatlar makkiya, Madina ahliga xitob qilingan oyatlar madaniyadir.
* * * 
Qaysi surada “Kallo” so'zi bo'lsa, u makkiyadir. Bu lafz ko'proq Qur'oni karimning ikkinchi yarmida uchraydi.
* * * 
Baqara surasidan boshqa qaysi surada Odam (a. s.) bilan shayton qissasi kelgan bo'lsa u ham makkiya.
* * * 
Qaysi surada kufr va shirk ahli bilan jang, shariat hukmlari bayon etilgan bo'lsa u madaniyadir.
* * * 
Baqara va Oli Imron suralaridan boshqa qaysi sura “hurufi muqattaot” (yakka harflar) bilan boshlangan bo'lsa, 
ular makkiyadir.
* * * 
Tarixiy voqealar bayon qilingan suralar makkiyadir.
* * * 
Qur'oni karim yetti xil arab shevasiga muvofiq keladigan “rasmi xat” uslubida nozil qilingan. Bu uslubga 
asosan o'qilgan yetti qiroat qorilari va o'n to'rtta roviy orqali naql qilingan.
QORILAR HAQIDA 
Qorilar, ya'ni hofizi Qur'onlarning fazlu fazoillari, ularga beriladigan mukofot va martabalar to'g'risida kelgan 
sahih hadislardan namunalar: 
1. “Sizlarning yaxshilaringiz Qur'oni karimni ta'lim olib, ta'lim beruvchilaringizdir” (Imom Buxoriy rivoyati).
2. “Qur'onni mahorat bilan o'quvchi qorilar ulug' farishtalar bilan birgadirlar. Uni tili qiynalib o'qiydigan 
qorilarga ikki hissa ajr berilur” (Buxoriy va Muslim rivoyatlari).
3. “Qur'on o'qingizlar, zero, Qur'on o'zining qorilarini qiyomat kuni shafoat qilur” (Imom Muslim rivoyati).
4. “Kimki Allohning kalomidan bir harf o'qisa, unga bir savob. Savob esa o'n barobar ko'paytirilib yozilur. 
“Alif, Lom, Mim”ni bir harf demayman, balki, Alif – harf, Lom – harf, Mim – harfdir” (Imom Termiziy 
rivoyati).
5. “Har kim Qur'onni o'qib, unga amal qilsa, Alloh taolo qiyomat kuni uning ota-onasi boshiga bu dunyo 
quyoshidan ham chiroyli nur beruvchi tojni kiydirur” (Abu Dovud rivoyati).
6. “Qur'on o'qinglar. Zero, Qur'on joylashgan qalbni Alloh azoblamas. Ushbu Qur'on Allohning ziyofatidir. Har 
kim uning mehmoni bo'lsa, u omonda bo'lur. Kimki Qur'onni sevsa, unga xushxabar bordir” (Imom Dorimiy 
rivoyati).


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
481
7. “Sochi islomda oqargan mo'ysafed, Qur'onni yod olib, unda g'uluv (chuqur ketib, chalg'ish)ga mubtalo 
bo'lmagan qori, odil podshohlarni izzat-ikrom qilish – Allohni ulug'lashning turlaridandir” (Abu Dovud 
rivoyati).

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   735   736   737   738   739   740   741   742   743




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin