Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə736/743
tarix26.03.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#90069
1   ...   732   733   734   735   736   737   738   739   ...   743
Qur\'oni karim ma\'nolari tarjimasi. Abdulaziz Mansur

www.ziyouz.com кутубхонаси 
476
QUR'ONI KARIM NOMLARI 
1. Qur'on. Mazmuni “O'qish kitobi” demakdir. Lekin, u hamma o'qish kitoblariga emas, balki, faqat 
Muhammad (s. a. v. )ga nozil qilingan ilohiy kitobga qo'llaniladi.
2. Furqon. Haq bilan nohaqlikni ajrim qilib beruvchi. Bu nom bilan gohida Tavrot va Injil kitoblari ham 
nomlanadi. (Anbiyo surasi, 48-oyatiga qaralsin. ) 
3. Burhon. Mazmuni hujjat demakdir. Zero, Qur'onda barcha ilohiy ko'rsatmalarga qaratilgan hujjat va dalillar 
mavjuddir.
4. Zikr. Mazmuni yod etish, zikr etish, eslash. Bu yerda yodnoma, eslatma deb bilish o'rinlidir.
5. Kitob. Mazmuni ma'lum.
6. Haqq. Ya'ni, haqiqat. Haq gap, haq ish, haq e'tiqod va hokazo ma'nolar unda mujassamdir.
7. Nur. Ya'ni, ёg'du. Qur'on bandalarga hidoyat yo'lini yoritib beruvchi ilohiy nur. Bu yerda, albatta, ma'naviy 
nur ko'zda tutiladi.
8. Vahiy. Allohning payg'ambarlarga bevosita va bilvosita o'z ko'rsatmalarini yuborishi vahiydir.
9. Tanzil. Ya'ni, nozil qilingan narsa.
10. Hudo. Hidoyat.
11. Mushaf. Sahifalangan, muqovali kitob.
12. Kalomulloh. Allohning kalomi.
 
QUR'ONI KARIM SIFATLARI 
Alloh taolo Qur'oni karimni bir necha sifatlar bilan zikr etgan. Jumladan: 
1. Arabiy. Arab tilida, arabcha.
2. Mubin. Aniq. Bu sifat sifatlanuvchining sifatini yanada ta'kidlash uchun keladi.
3. Ajab. Odamlarni taajjubga soluvchi.
4. Muborak. Barakotli, tabarruk.
5. Zu zikr. Zikr qilinadigan, sharafli.
6. Musaddiq. O'zidan oldin nozil etilgan ilohiy kitoblarni ham tasdiqlovchi.
7. Hakim. Hikmatli.
8. Aziz. G'olib, quvvat va qudratli.
9. Karim. Karamli, karomatli, mukarram.
10. Majid. Ulug'.
11. Shifo. Hissiy va ruhiy shifobaxsh.
12. Rahmat. Qur'on Allohning rahmatidir.
13. Mav'iza. Nasihat.
14. Bushro. Xushxabar.
15. Bashir. Bashorat beruvchi.
16. Nazir. Ogohlantiruvchi.
Qur'oni karimning barcha nusxalari Hazrat Usmon ibn Affon davrida nuqtalarsiz, e'robu harakatlarsiz (zer-
zabarsiz), qadim ko'fiy yozuvida bo'lgan.
To'rtinchi xalifa Hazrat Ali ibn Abi Tolib davrida esa, qiroatda yanglishish hollari ro'y bera boshlagach, Abul-
Asvad Dualiy degan olim kishiga xalifa oyatlarga nuqta va harakatlar qo'yib chiqishni buyuradi. Ba'zi olimlar 
Dualiyga Ali emas, balki Ziyod yoki Abdulmalik ibn Marvon buyurgan, deydilar.
Shunday qilib, avvalo, soddaroq belgilar bilan boshlangan belgilar, vaqt o'tgan sari takomillashib, hozirgi 
holatiga yetib kelgan. Lekin, rasmi xat o'sha qadimligicha saqlanib kelmoqda. Masalan, rahmat, jannat, 
Rahmon, imon, islom kabi so'zlar alifsiz, uzun te harfi bilan yoziladi.
Lekin, bu qoidaga Qur'onning o'zida yoki rasmi xat saqlanishi shart bo'lgan bitiklarda rioya qilinishi talab 
qilinadi. Ammo oynoma, ro'znoma yoki maktubga o'xshagan joylarda Qur'on oyatlaridan qisqa iqtibos 
keltirilganda, unga rioya qilish shart emas, balki, hozirgi arab adabiy yozuvi imlosida qanday qabul etilgan 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   732   733   734   735   736   737   738   739   ...   743




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin