128. Qaysi bir xotin eridan (unga nisbatan) ko'ngilsizlik yoki voz kechishdan qo'rqsa, ikkalasi o'rtalarini
isloh qilib olishlarida ularga gunoh yo'qdir. Sulh (ajralishdan) yaxshiroqdir. Nafslarga baxillik
(qizg'anchiqlik) bitilgan. Agar (xotinlaringizga) yaxshilik (chiroyli muomala) qilsangiz va Allohdan
qo'rqsangiz, albatta, Alloh qilayotgan ishlaringizdan xabardordir.
129. Har qancha istasangiz ham xotinlaringiz o'rtasida adolatli (hammasiga bir xil munosabatda) bo'la
olmaysiz. Bas, (biriga) butunlay berilib ketib, (ikkinchisini) muallaq holda tashlab qo'ymangiz! Agar
(ular bilan munosabatingizni adolat asosida) tuzatsangizlar va taqvoli bo'lsangizlar, albatta, Alloh
kechirimli va rahmlidir.
130. Agar ikkisi (er-xotin biror sabab bilan) ajralishib ketsa, Alloh (ularning) har birini o'z kengligidan
(rizqi bilan) ta'minlab qo'yadi. Alloh (karami) keng va hikmat sohibidir.
Izoh:Qandaydir sabab bilan turmushi buzilgan er-xotinlar uchun ushbu oyat tasalli beradi. Zero, Allohning o'zi
va'da qilayaptiki, shunday holatga tushganlarni O'zining fazlu karami bilan moddiy va ma'naviy jihatdan
ta'minlaydi.
131. Osmonlar va Yerdagi narsalar Allohnikidir. Sizlardan oldingi Kitob berilganlarga va sizlarga ham,
Allohdan qo'rqinglar, deb vasiyat qilganmiz. Agar kufrni ixtiyor etsangizlar, bas, albatta, osmonlaru
Yerdagi narsalar Allohnikidir. Alloh behojat va hamd egasidir.
132. Osmonlar va Yerdagi narsalar Allohnikidir. Alloh yetarli vakildir.
133. Agar (U) xohlasa, ey, insonlar, sizlarni ketkazib (yo'q qilib), boshqalarni keltiradi. Alloh bunga
qodirdir.
134. Kimki bu dunyo savobini istasa, (bilib qo'ysinki,) Alloh huzurida ham bu dunyoning, ham
Dostları ilə paylaş: |