Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
70
16. u bilan Alloh rizosini topishga intilganlarni (U) tinchlik va salomatlik yo'llariga yo'llab, O'z izni bilan
ularni zulmatlardan nurga chiqarur va to'g'ri yo'lga hidoyat qilur.
17. "Maryamning o'g'li Masih Allohdir" deganlar kufrga ketdilar. Ayting: "Agar Alloh Maryamning
o'g'li Masihni, uning onasini va Yerdagi hamma (odamlar)ni halok etishni iroda qilsa, kim ham biror
narsaga qodir bo'lar edi?!" Osmonlar, Yer va ular o'rtasidagi borliq ustidan hukmronlik faqatgina
Allohga tegishlidir. Xohlagan narsani yaratadi, Alloh har narsaga qodirdir.
Dostları ilə paylaş: