dengizdagi narsalarni (ham) bilur. Biror yaproq (uzilib) tushsa (ham) uni bilur. Yer zulmatlari (qa'ri)dagi urug' bo'lmasin, ho'lu quruq bo'lmasin, (hammasi) aniq Kitob (Lavhul-Mahfuz)da (yozilgan)dir. 60. U tunda sizlarni "vafot ettiradigan" (uxlatib ruhingiz ixtiyorini oladigan), kunduzi qilgan ishlaringizni biladigan zotdir. So'ngra belgilangan muhlat ado etilishi uchun unda (kunduzi) sizlarni (yana) "tiriltirur" (o'yg'otur). Keyin Unga qaytishlik (bor). So'ngra sizlarga qilgan ishlaringiz xabarini berur. 61. U bandalari ustidan (barcha ishda) g'olibdir. Ustingizga (savob va gunohlaringizni bitib) saqlovchi (farishtalar)ni yuboradi*. Birortalaringizga o'lim kelgan paytda, uni elchi (farishta)larimiz erinmay (o'z vaqtida) vafot ettirurlar*. Izoh: Saqlovchi farishtalar "kiroman kotibin" deb atalmish maloikalardir. Izoh(a): Elchi farishtalar esa, jon oluvchi maloikalardir. Ularni "malakul-mavt" deyiladi. Jon oluvchi farishtalar haqida yana "Noziot" surasidan o'qing. 62. So'ngra (ular) haqiqiy egalari - Alloh (huzuri)ga qaytarilurlar. Hukm esa Unikidir. U hisoblovchilarning tezkoridir. 63. Ayting: "Quruqlik va dengiz zulmat (dahshat va falokat)laridan - Unga oshkora yolvorib va xufyona: "Agar bizga shu (xatar)dan najot bersa, qasamki, albatta, shukr qiluvchilardan bo'lar edik", - deb duo qilganlaringda, kim sizlarni qutqaradi?" 64. Ayting: "Sizlarni ulardan Alloh qutqaradi. So'ngra sizlar (esa yana) shirk keltiraverasizlar". 65. Ayting: "U sizlarga tepangizdan yoki oyoqlaringiz ostidan azob yuborishga yoxud sizlarni (turli) firqalarga aylantirib, ba'zingizga ba'zilar zararini totdirishga (ham) qudrati yetadigan zotdir". Ko'ring, anglab yetsinlar deb oyatlarni qanday (atroflicha) bayon qilamiz.