Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
152
78. Ular dedilar: "Ey, aziz, uning bir keksa otasi bor. Sen uning (Binyaminning) o'rniga bizlardan
birimizni olib qolgin. Bizlar sening ezgu ishlarni qiluvchi zotlardan ekaningni ko'rmoqdamiz".
79. (Yusuf) aytdi: "Narsamizni idishidan topib olgan kimsadan o'zgani olib qolishdan Alloh saqlasin!
Aks holda biz zolim kimsalardan bo'lib qolurmiz".
80. Undan umidlari uzilgach, (og'a-inilar) bir chetga chiqib shivirlashdilar. Ularning kattalari aytdi:
"Otalaringiz sizlarning zimmangizga Allohdan vasiqa olib qolganini bilmay qoldingizmi?! Ilgari Yusuf
to'g'risida ham shunday sustkashlik qilgan edinglar. Bas, to otam menga izn bermagunicha yoki Alloh
men uchun (biror) hukm qilmagunicha mana shu yerdan sira jilmayman. U (Alloh) hukm
qiluvchilarning yaxshirog'idir.
81. Sizlar otalaringiz oldiga qaytib, aytinglar: "Ey, ota, o'g'ling o'g'rilik qildi. Bizlar faqat bilgan
narsamizga guvohlik bermoqdamiz. (Oldin va'da qilganimizda) g'aybni (ya'ni, kelajakda nima
bo'lishini) esa, biluvchi emasmiz.
82. Biz bo'lib qaytgan shahar (ahli)dan va birga ketgan karvondan so'ragin. Albatta, bizlar rost
Dostları ilə paylaş: