boqiydir. Bu taqvo qilganlarning oqibatidir. Kofirlarning oqibati esa do'zaxdir. 36. Biz Kitob (Tavrot, Injil) ato etgan kishilar Sizga nozil qilingan narsa (Qur'on) sababli shodlanadilar. (Yahudiy va nasroniylardan iborat) guruhlar orasida (Qur'onning) bir qismini inkor etadiganlar ham bordir. (Ularga) ayting: "Albatta, men yolg'iz Allohga ibodat qilishga va Unga (birovni) sherik qilmaslikka buyurilganman. O'sha zotgagina (ibodat qilishga) da'vat eturman va qaytishim (ham) Uning huzurigadir". 37. Shuningdek, Biz uni (Qur'onni) arabiy hukm sifatida nozil qildik. Qasamki, agar Sizga kelgan (shu) bilimdan so'ng ularning havo (xohish)lariga ergashsangiz, Siz uchun Alloh (tomoni)dan biror do'st ham, himoyachi ham yo'qdir. 38. Darhaqiqat, Sizdan ilgari ham (ko'p) payg'ambarlar yuborganmiz va ularga xotinlar va zurriyotlar berganmiz. Hech bir payg'ambar uchun Allohning iznisiz biror mo''jiza keltirish mumkin emas. Har bir vaqt uchun (munosib) kitob (hukm) bordir. 39. O'zi xohlagan narsani (ya'ni, hukmni) o'chirur va (O'zi xohlagan hukmni) barqaror qilur. Ona Kitob (Lavhul-Mahfuz) Uning huzuridadir. 40. Agar Sizga (ular uchun) va'da qilgan ba'zi narsalarni (ya'ni, azoblarimizni) ko'rsatsak ham yoki Sizni (oldinroq) vafot qildirsak ham, albatta, Sizning zimmangizda (dinni odamlarga to'la) yetkazish, Bizning zimmamizda esa hisob(-kitob) qilish bordir. 41. (Makka mushriklari) Biz yer(lari)ga kelib, uni atrofidan qisqartirayotganimizni (fath qilinib kelayotganini) ko'rmadilarmi?! Alloh hukm qilur - Uning hukmini ta'qib etuvchi bo'lmas. U tez hisob(- kitob) qiluvchidir. 42. Ulardan ilgarigi kimsalar ham (o'zlarining payg'ambarlariga nisbatan) makr qilganlar. Bas,