chiqariluvchidirsizlar, deb va'da bermoqdami? 36. Sizlarga va'da qilinayotgan narsa (aqldan) juda-juda uzoqdir! 37. Hayot faqat (shu) dunyodagi hayotimizdir. (Ayrimlarimiz) o'lsak, (boshqalarimiz) yashayveramiz. Biz qayta tiriluvchi emasmiz. 38. U (Hud) faqat Alloh sha'niga yolg'on to'qigan shaxsdir. Bizlar unga imon keltiruvchi emasmiz". 39. (Shunda Hud) aytdi: "Ey, Rabbim! Meni yolg'onchi qilganlari bois menga yordam qilgin". 40. (Alloh) dedi: "Ozginadan keyin ular, albatta, pushaymon qiluvchilarga aylanib qolurlar". 41. Bas, haqiqatan ham ularni (mudhish bir) qichqiriq tutdi. Biz esa ularni xazonga aylantirdik. Zolimlar qavmiga halokat bo'lgay! 42. So'ngra ulardan keyin boshqa avlodlarni paydo qildik. 43. Hech bir ummat o'z ajalidan o'zib ham keta olmas, (uni) ortga ham sura olmas! 44. So'ngra paydar-pay payg'ambarlar yubordik. Har gal biror ummatga (o'z) payg'ambari kelsa, uni inkor etdilar. Bas, Biz ularni birin-ketin (halok) qildik va ularni (odamlar og'zida yuradigan) gapga aylantirib qo'ydik. Bas, imon keltirmaydigan qavmga halokat bo'lgay! 45. So'ngra Biz Muso va uning birodari Horunni mo''jizalarimiz va aniq hujjat bilan yubordik. 46. Fir'avn va uning zodagonlariga (payg'ambar qilib yubordik). Ular esa kibr-havo qildilar. Ular mutakabbirlar qavmi edilar. 47.Bas, aytdilar: "Xuddi o'zimizga o'xshagan ikki kishiga imon keltiramizmi?! Holbuki, ularning qavmi (Isroil avlodi) bizlarga quldirlar". 48. Bas, ikkisini yolg'onchiga chiqarishib, halok qilinuvchilardan bo'ldilar. 49. Darhaqiqat, Musoga hidoyat topishlari uchun Kitob (Tavrot)ni ato etdik.