yashirayotgan narsangizni ham bilur.
30. (Ey, Muhammad,) mo'minlarga ayting, ko'zlarini (nomahram ayollardan) qo'yi tutsinlar va
avratlarini (zinodan) saqlasinlar! Mana shu ular uchun eng toza (yo'ldir). Albatta, Alloh ular qilayotgan
(sir) sinoatlaridan xabardordir.
31. Mo'minalarga ham ayting, ko'zlarini (nomahram erkaklardan) qo'yi tutsinlar. Va avratlarini
(zinodan) saqlasinlar! Hamda ko'rinib turadiganidan boshqa ziynatlarini ko'rsatmasinlar va
ro'mollarini ko'kraklari uzra tushirib olsinlar! Ular zeb-ziynatlarini erlari yo otalari, yo erlarining
otalari, yo o'g'illari, yo erlarining o'g'illari, yo o'zlarining og'a-inilari, yo og'a-inilarining o'g'illari, yo
opa-singillarining o'g'illari, yo o'zlari (kabi) ayollar, yo qo'l ostilaridagi (cho'ri)lar, yo (ayollardan)
behojat bo'lgan (ya'ni, juda keksayib qolgan yoki aqlsiz-devona) erkak xizmatkorqullar, ayollarning
avratlaridan xabardor bo'lmagan go'daklardan boshqalarga ko'rsatmasinlar! Yana, yashirgan
ziynatlarini bildirib, oyoqlarini (yerga) urmasinlar! Barchalaringiz Allohga tavba qilinglar, ey
mo'minlar! Shoyad, (shunda) iqbolli bo'lsangizlar.
Izoh: Ko'rinib turadigan ziynatlardan murod - hanafiy mazhabimizda - ayolning yuzi, ikki kafti va ikki
oyoqlarining to'pug'idan pastki qismidir. Oyatdagi ziynat so'zidan murod ziynatlantiriladigan joylar, zero,
odatda ayollar yuz, qo'l va oyoqlarini bezab pardozlaydilar. Mazkur joylarni yopib yurishda ayollar uchun
haraj-qiyinchilik bor. Haraj esa shar'iy uzrlardandir.
32. O'z oralaringizdagi tul (erkak va ayol)larni hamda qul va cho'rilaringizdan yaroqlilarini
uylantiringlar. Agar (ular) kambag'al bo'lsalar, Alloh ularni O'z fazli bilan boyitur. Alloh (fazlu karami)
keng va biluvchi zotdir.
Dostları ilə paylaş: |