Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
267
28. Lut o'z qavmiga: "Albatta, sizlar shunday fahsh ishni qilmoqdasizlarki, sizlardan oldin olamlardan
hech kim uni qilmagan edi.
29. Haqiqatan ham sizlar (xotinlaringizni qo'yib) erkaklarga borasizmi; qaroqchilik qilasizmi;
majlisgohlaringizda yomon ishlar qilasizmi-a?!" - deganini eslang. Bas, (Lut) qavmining javobi faqat:
"Agar sen rostgo'y kishilardan bo'lsang, bizlarga Allohning azobini keltir", - deyishlari bo'ldi.
30. (Shunda) u aytdi: "Ey, Rabbim, bu buzg'unchilar qavmi ustidan O'zing meni g'olib qil!"
31. Qachonki, elchilarimiz (farishtalar) Ibrohimga (farzand ko'rishi haqidagi) xushxabarni
keltirishgach, aytdilar: "Albatta, bizlar mana shu qishloq ahlini halok qiluvchidirmiz. Chunki, uning
aholisi zolimdirlar!"
32. (Ibrohim): "Axir, u yerda Lut bor-ku?" - dedi. Ular aytdlar: "Bizlar u joyda kim borligini
biluvchiroqdirmiz. Albatta, bizlar uni (Lutni) va ahlini qutqarurmiz. Illo, uning xotini qoluvchi (halok
bo'luvchi)lardandir".
33. Qachonki, elchilarimiz Lutning oldiga kelganlarida, u bundan yomon holga tushdi va ular tufayli
yuragi siqildi. Ular dedilar: "Qo'rqma va g'am chekma! Albatta, bizlar senga va ahlingga najot
beruvchilardirmiz. Magar xotining qoluvchi (halok bo'luvchi)lardandir".
34. Biz fosiq (itoatsiz) bo'lganlari uchun bu qishloq ahli ustiga osmondan azob (tosh) yog’diruvchidirmiz.
Dostları ilə paylaş: