ko'p (gunohlar)ni afv etib turur. 31. Sizlar yerda (hech kimni) ojiz qoldiruvchi emassizlar. Sizlar uchun Allohdan o'zga biror do'st ham, yordamchi ham yo'qdir. 32. Dengizdagi tog'lardek suzib yuruvchi (kema)lar ham Uning alomatlaridandir. 33. Agar (Alloh) xohlasa, shamolga taskin berur, bas, ular u (dengiz)ning ustida turib qolurlar. Albatta, bunda har bir (baloga) sabr qiluvchi, (Allohning ne'matlariga) shukr qiluvchi uchun ibratlar bordir. 34. Yoki (kemadagi odamlarni) qilgan gunohlari sababli u (kema)larni halok (g'arq) qilur va ko'plarni (halokatdan qutqarib) afv etur, 35. (toki) oyatlarimiz xususida tortishadigan kimsalar o'zlari uchun (Allohning azobidan) qochib qutuladigan joy yo'q ekanini bilib olsinlar! 36. Bas, (ey, insonlar,) sizlarga ato etilgan narsa(lar) dunyo hayoti matosidir va imon keltirgan hamda yolg'iz Parvardigorlariga suyanadigan zotlar uchun Alloh huzuridagi narsalar (dunyo matolaridan) yaxshiroq va boqiyroqdir. 37. Ular katta gunohlardan va buzuqliklardan chetlanadigan, g'azablangan vaqtlarida esa kechirib yuboradigan zotlardir. 38. Ular Parvardigorlariga ijobat etgan va namozni mukammal ado etgan zotlardir. Ularning ishlari o'zaro maslahat (bilan) bo'lur va Biz ularni rizqlantirgan narsalardan ehson qilurlar. 39. Ular o'zlariga tajovuz qilinganda (unga qarshi kurashib,) g'olib bo'ladigan zotlardir. 40. (Har qanday) yomonlikning jazosi xuddi o'ziga o'xshash yomonlikdir. Bas, kimki afv etib (o'rtani) tuzatsa, bas, uning mukofoti Allohning zimmasidadir. Albatta, U zolimlarni sevmas. 41. Albatta, kimki mazlum bo'lganidan so'ng (zulm qilgan kimsadan) g'olib bo'lsa (intiqom olsa), bas,