Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc


Imon keltirib, solih amallarni qilganlarga xushxabar beringki, ular uchun ostilaridan anhorlar (suvi)



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/743
tarix26.03.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#90069
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   743
Qur\'oni karim ma\'nolari tarjimasi. Abdulaziz Mansur

25. Imon keltirib, solih amallarni qilganlarga xushxabar beringki, ular uchun ostilaridan anhorlar (suvi) 
oqib turuvchi bog'lar (jannatlar) bor. Rizq etilgan mevalardan har gal tanovul qilganlarida: "Bu ilgari 
bizga rizq qilib berilgan mevalarning xuddi o'ziku", - deydilar. Zero, ularga (surati) bir-biriga o'xshash 
mevalar beriladi. Yana ular uchun u yerda pokiza juftlar bordir va ular u yerda abadiy qoluvchilardir.  
Izoh: Jannat ahli noz-ne'matlardan har gal tanovul qilganlarida, ularning bir xillik va oliy sifatlikda bir-
biridan farqsiz holda ko'rib, "bu oldinroq yegan narsalarimizning o'zi-ku," - deb taajjub qilar ekanlar. Ikkinchi 
xil tafsiri shuki, jannatdagi noz-ne'matlarning tashqi ko'rinishi xuddi foniy dunyodagiga o'xshash bo'lib, 
mazasining totliligi bilan farq qilar ekan. Tanovul qilmay turib: "Bu oldin (dunyoda) tanovul qilgan 
narsalarimizning o'zi-ku!" - der ekanlar.  
26. Alloh chivin, balki undan ham yuqori narsalar misolida zarbul-masal aytishdan uyalmaydi. Imonli 
kishilar-ku, u (masal)ni haqiqatan ularning Rabbi tomonidan (yuborilgan) haqiqat deb biladilar. 
Kofirlar esa: "Bu masal bilan Alloh nima demoqchi, o'zi?" - deydilar. U (masal) bilan Alloh ko'plarni 
adashtiradi va u bilan ko'plarni (to'g'ri yo'lga) hidoyat qiladi. Lekin, (Alloh) u bilan faqat fosiq 
kimsalarni adashtiradi,  
Izoh: Bu oyat ikki xil ta'vil etiladi. Birinchidan - Alloh chivin va undan katta narsalar misolida zarbul-masal 
aytishdan uyalmaydi, deb ham tushunish mumkin. Ikkinchidan - chivin va undan ham kichik narsa misolida 
zarbul-masal aytishdan uyalmaydi.  
27. qaysiki, (ular) Alloh ahdini uning bitimidan keyin buzadigan, Alloh bog'lanishiga buyurgan 
narsalarni uzadigan va yer (yuzi)da buzg'unchilik qiladigan kimsalardir. Ular, albatta, ziyon 
ko'ruvchilardir.  
Izoh: Bog'lanishiga buyurgan narsalar deganda, qavm-qarindoshlar bilan bog'lanib, ularga silai rahm qilish
mo'min-musulmonlar bilan yaxshi munosabatda bo'lish, payg'mbarlarni ayirmay hammasiga barobar imon 
keltirish kabi ishlar nazarda tutiladi.  

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   743




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin