Sanoat korxonalarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish mexanizmlari



Yüklə 419,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix26.03.2023
ölçüsü419,45 Kb.
#90161
1   2   3
sanoat-korxonalarida-ishlab-chiqarish-samaradorligini-oshirish-mexanizmlari

www.scientificprogress.uz
 
Page 38
xususan, sanoat ishlab chiqarishini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga 
uning raqobatbardoshligini oshirish masalalariga qaratilgan mulohazalar keltirib o‘tildi. 
Bundan tashqari, mamlakat miqyosida sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirishga 
doir bir qancha me’yoriy-huquqiy hujjatlar ham ishlab chiqildi. Dastlabki yo‘nalish 
O‘zbekistonda sanoat ishlab chiqarishining muayyan bir tarmoqlarini rivojlantirishga 
qaratilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlardir. Mamlakatimizda sanoat ishlab chiqarishini 
rivojlantirish, yangi industrial tarmoqlarni shakllantirish, sanoat korxonalarini 
modernizatsiya qilish va ularni qayta jihozlash, mahsulotlar eksportini oshirish bilan 
bog‘liq ishlar bevosita investitsion jarayon bilan bog‘liq. Shunday ekan, sanoat ishlab 
chiqarishini taraqqiy ettirishga doir qabul qilingan me’yoriy aktlar bevosita investitsiya 
faoliyatini yuritishga oid tashkiliy-huquqiy hujjatlar bilan uzviy bog‘liq ravishda ishlab 
chiqilishi va bir-birini to‘ldirishi tabiiy. O‘zbekiston Respublikasida ham investitsiya 
faoliyatiga oid ko‘plab me’yoriy – huquqiy hujjatlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning 
eng asosiysi bu “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 
hisoblanadi 
Mamlakatimiz sanoat korxonalarida innovatsion boshqaruv samaradorligini 
oshirishda korxonaning strategik rivojlanish maqsadlarida innovatsion faoliyatga oid 
rivojlanish yo‘nalishlarini shakllantirish, innovatsiyalarni amaliyotga tabiq etish 
bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadga muvofiq. Bunda innovatsion 
boshqaruv maqsadlari daraxtini shakllantirishda yuqorida taklif etilgan usuldan 
foydalanish yuqori samaradorlikka erishish bilan bir qatorda, korxonaning innovatsion 
rivojlanishining barqarorligini ta’minlash uchun zamin yaratadi 
Sanoat korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish, korxonaning innovatsion 
boshqaruvi samaradorligi ko‘rsatkichlari ta’sirida o‘zgarishi mumkin bo‘ladi. Ya’ni 
sanoat korxonasida innovatsion boshqaruv to‘g‘ri tashkil etilgan bo‘lib, mahsulot ishlab 
chiqarish jarayonlari texnik va yexnologik jihatdan zamon talablariga qanchalik mos 
bo‘lgani sari ishlab chiqarish hajmi shunchalik yuqori sur’atda ortadi. 
Asosiy e’tiborni mamlakatimizda sanoat korxonalarining innovatsion boshqaruvi 
mexanizmini rivojlantirishni rag‘batlantirishga qaratilgan davlat dasturlarini ishlab 
chiqishga qaratish maqsadga muvofiq. Bunda hududiy tamoyil asosida sanoat 
korxonalarini innovatsion rivojlantirish yo‘liga o‘tkazish zarur. Shuningdek, viloyatlar 
kesimida ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlarini 
innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tkazish, ularni global darajadagi raqobatbardoshlik 
indeksi ko‘rsatkichlarini muntazam ravishda takomillashtirish imkoniyati vujudga 
keladi. 
Sanoat korxonalarining innovatsion faoliyati, ularning rivojlanishidagi mavjud 
muammolarini monitoring qilish hududiy innovatsion sanoat markazlari tomonidan 
amalga oshiriladi. Shuningdek, sanoat korxonalarining uzoq muddatli davr uchun 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 7 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
  
Uzbekistan
 

Yüklə 419,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin