SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3
ǀ ISSUE 7
ǀ 2022
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Passport:
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 37
SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIGINI
OSHIRISH MEXANIZMLARI
Raxmatillo Avazbek o‘g‘li Alijonov
Shoxruxbek Alisher o'g'li Solijonov
Farg‘ona politexnika instituti talabalari
ANNOTATSIYA
Bugungi kunda jahon iqtisodiyotida inqiroz jarayonlari chuqurlashib, dunyo
miqyosida xarid talabi pasayib bormoqda va shunga muvofiq tarzda xomashyo,
materiallar, ayniqsa, tayyor mahsulotlar boʻyicha raqobat
yildan-yilga kuchayib
bormoqda. Koʻplab rivojlangan va yetakchi mamlakatlar tajribasi shuni koʻrsatmoqdaki,
raqobatdoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda,
iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan oʻzgartirish va diversifikatsiya qilishni
chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan
yangi korxona va ishlab
chiqarish tarmoqlari rivojlanishini taʼminlash, faoliyat koʻrsatayotgan quvvatlarni
modernizatsiyalash va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish talab etilmoqda.
Kalit so’zlar: Milliy iqtisodiyot, sanoat
ishlab chiqarish korxonalari,
raqobatbardoshlik indeksi ko‘rsatkichlari, tadbirkorlik qobiliyati, korxona personali,
kommunikatsiya samaradorligi.
Jahon hamjamiyatiga integratsiyalashayotgan Oʻzbekiston
Respublikasi uchun
ham iqtisodiy rivojlanishning usutuvor yoʻnalishlarini aniqlab olish kabi muhim
masalalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “Oʻzbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida” PF-
4947-sonli Farmonida belgilab berildi. Qayd
etish kerakki, mazkur meʼyoriy-huquqiy
hujjatda Oʻzbekiston Respublikasini taraqqiy ettirishning bir qancha yoʻnalishlari bilan
bir qatorda “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yoʻnalishlari”
boʻlinmasida tarkibiy oʻzgartirishlami
chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi
tarmoqlarini, xususan, sanoat ishlab chiqarishini modernizatsiya va diversifikatsiya
qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish masalalariga qaratilgan mulohazalar
keltirib 0ʼtildi.
Bundan tashqari, mamlakat miqyosida sanoat ishlab chiqarishini
rivojlantirishga doir bir qancha meʼyoriy-huquqiy hujjatlar ham ishlab chiqildi.
Dastlabki yoʻnalish Oʻzbekistonda sanoat ishlab chiqarishining muayyan bir
tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan meʼyoriy-huquqiy hujjatlardir.
Qayd etish kerakki, mazkur me’yoriy-huquqiy hujjatda O‘zbekiston
Respublikasini taraqqiy ettirishning bir qancha yo‘nalishlari bilan bir qatorda
“Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari” bo‘linmasida
tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini,