Grammanfiy va grammusbat mikroorganizmlarning hujayra po’stining
kimyoviy tuzilishi bilan keskin farqlanadi.
Prokariotli mikroorganizmlarning hujayra po’stida 7
gurux himiyaviy moddalar
mavjud, asosini peptidoglikan tashkil etadi.
Grammusbat prokariotlarning
hujayrasining 50-90 % grammanfiylarida oz 1-10 % tashkil etadi. Agarda elektron
mikroskopda qaralsa grammusbatning hujayra po’sti qalin,
bir qavatdan
grammanfiylariniki ko’p qavatli bo’lib ko’rinadi, u ancha murakkab tuzilishga ega
bo’lib himiyaviy tarkibi ham murakkab.
Kapsula. Ko’pchilik bakteriyalarning hujayra po’sti bo’rtadi va
shilimshiqlanadi, bunga kapsula deyiladi. Kapsula bakteriya
hujayrasidan yirik
bo’ladi. Ba’zan juda ham yupqa bo’lishi mumkin. Bakteriyalar noqulay sharoitga
tushib qolgandagina kapsula hosil qiladi. U bakteriyalar hujayrasini himoya qiladi.
Kapsula tarkibida ko’pincha polisaxaridlar uchraydi, ba’zan esa glikoproteidlar va
polipeptidlar (Bacillusga) uchrashi mumkin. Ko’pchilik mikroorganizmlarning ana
shu kapsulasi ostida mahsus shilimshiq (to’siq) qavat hosil bo’lib,
bu hujayrada
katta
ahamiyatga ega, ya’ni birinchidan hujayrani tashqi mehanik ta’sirlardan
muhofaza qilib unga bakteriyalarning kirishiga yo’l qo’ymaydi,bunda ko’p tayyor
oziqalar to’planadi va kerak bo’lganda sintez qila boshlaydi. Bundan tashqari ular
bir-biri bilan birlashib koloniya hosil qiladi.
SAVOLLAR:
1. Bakteriyalar o’lchami jihatdan qanday farqlanadi va o’lchov birliklari qanday?
2. Prokariotlar qanday hujayra tuzilishiga ega?
3. Koklar necha hil bo’ladi?
4. Nima sababdan bakteriyalar grammusbat va gram manfiy bo’ladi?
5. Bakteriyalarning hujayra po’stining tuzilishi nima bilan farqlanadi?