45
O 'y in usuli trening davomida olingan maTumotlami
ishtirokchilar qay t ariqa
o'zlashtirayotganligini ham ko'rsatadi.
7.3. Treningda o'yin orqali erishiladigan natijalar.
Trening jarayonida qo'llaniladigan o'yinlaming o'ziga xos xususiyatlaridan biri shukifl bitta
o'yinni ham u, ham bu maqsadda qo'llasa bo'laveradi. Shunga ko'ra, “Trening 1 jarayonida o'yin
orqali qanday natijaga erishiladi?”, degan savol tug'iladi. Bu savolgal javoblar quyidagicha bo'lishi
mumkin:
1. O'yin orqali ishtirokchilarga hamkorlikni his qilishga imkon beriladi, ya’ni o'yin orqali har
bir ishtirokchi o'zining bu olamda yolg'iz emasligini anglab yetadi. Bu hdat o'ziga
past baho
beradigan kishilar bilan o'tkaziladigan treninglarda katta ahamiyatga ega bo'ladi.
2. O'yin orqali ishtirokchilarga o'z hayotini o'zi boshqarishi mumkinligini his qilishga imkon
beriladi, ya’ni o'yin orqali u o'zining hayotini boshqarishi va muvaffaqiyatlarga erishishi
mumkinligini anglab yetadi. Bu holat tushkunlikka tushgan kishilar bilan o'tkaziladigan
treninglarda katta ahamiyatga ega bo'ladi.
3. O'yin orqali ishtirokchilarga boshqalar bilan muloqotga kirishish madamyatini his qilishga
imkon beriladi, ya’ni o'yin orqali u o'zini va boshqalami hurmat qilish lozimligini anglab yetadi. Bu
holat muloqotga kirishuvchanligi past bo'lgan kishilar bilan o'tkaziladigan
treninglarda katta
ahamiyatga ega bo'ladi.
4. O'yin orqali ishtirokchilar bir-birlariga yordam berishga o'rganadilar, ya’ni o'yin orqali u
o'zi yolg'iz hech narsaga erisha olmasligini anglab yetadi. Bu holat o'ziga
past baho beradigan
kishilar bilan o'tkaziladigan treninglarda katta ahamiyatga ega bo'ladi.
5. O'yin orqali ishtirokchilar o'zi uchun, o'zining xatti-harkatlari uchun,
xulq-atvori uchun
javobgar ekanligini his qiladi, shuningdek boshqalaming xulq-atvori
uchun ham qisman javobgar
ekanligini anglab yetadi. Bu holat muloqotchanligi past bo'lgan kishilar bilan o'tkaziladigan
treninglarda katta ahamiyatga ega bo'ladi.
6. Va nihoyat, o'yin orqali ishtirokchilar insonlami o'rganish va
haqiqatni tahlil qilishga
o'rganadilar, aql va hissiyot, yolg'on
va haqiqat, yaxshilik va yomonlik o'rtasidagi farqlami ko'ra
olishni o'rganadi. Bu holat har qanday muammosi bo'lgan kishilar bilan o'tkaziladigan treninglarda
katta ahamiyatga ega bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: