I. psixologik trening haqida tushuncha. Uning maqsad va vazifala
O'yindagi o'zaro ta’sir “Aysberg”i O'yinning ichki pedagogik-psixologik mohiyatini tushunish uchun uni aysbergga o'xashtish
mumkin. Bilamizki, aysberg suvda suzib yuradigan muz tog'i bo'lib, uning faqat 10% i gina suv
yuzida ko'rinib turadi, qolgan 90%i esa suv ostida yashirin bo'ladi. O'yinda ham xuddi shunaqa
holatni kuzatish mumkin. Rossiyadagi “Trening san’ati” kompaniyasi prezidenti, pedagogika fanlari
doktori Levanova Yelena Aleksandrova va uning hamkasblari o'yinda mavjud bo'lgan
“aysberg”ning o'ziga xos qismlarini ajratib ko'rsatganlar. Quyidagi shu qismlami ko'rib chiqamiz:
1. Funksional qism - o'yindagi o'zarol ta’siming eng yuqori qismi bo'lib, hammaga, jumladan
ishtirokchilarga ham ko'rinarli qismdir. Bunda kim qanday o'ynayotganligi, trener va ishtirokchilar
o'zini qanday tutayotganligi va h.k.lar barchaga ko'rinib turadi, xuddi aysbergning suv usti qismi
kabi.
2. Fiziologik qism - ishtirokchilaming organizmidagi fiziologik jarayonlarga to'g'ridan-to'g'ri
ta’sir etadi: harakatli faollik ehtiyojlarini qondiradi, bosh miya funksiyalarining tormozlangan
qismlarini rivojlantiradi, organimning kislorod bilan t a ’minlaydi. O ‘yinning bu ta ’siri aksariyat
kishilarga ko‘rinmaydi.
3. Psixologik qism — bu qismda o'yinning shaxs psixikkasiga ta sirini 9 ko‘rish mumkin:
Xotira, Diqqat, Tafakkur, Xayol kabi psixik jarayonlarining rivojlanishi, emotsional holatlaming
o'zgarishi, kommunikativ ko'nikmalaming o‘zlashtirili va h.k. - bu esa aysbergning haqiqiy suv osti
sohasidir.
4. Pedagogik qism - bu shakllantiruvchi qism bo'lib, ishtirokchilarda ”biz” pozitsiyasini,
kollektivga tegishlilik, kollektiv uchun qayg'urish, atrofdailarga nisbatan tolerantlik kabilar
shakllantiralidi - bu ham aysbergning haqiqiy suv osti sohasidir.
5. Shaxsiy (latent) qism - o‘yindagi yashirin qism bo‘Iib, u 1 ishtirokchilaming shaxsiy
rivojlanishiga ta’sir etadi va o‘yin tugaganidan so‘nggi muhokama jarayonida sodir boiadi - bu
aysbergning haqiqiy suv osti sohasi - eng maxfiy qismidir.